Qatlamli konlarni qazish tizimlari va ularning tasnifi
Qatlamli konlarni qazish tizimlari deganda qazish maydoni hududida vaqt va makon bo‘yicha o‘zaro bog‘langan qazish va tayyorlov lahimlarini o‘tish tartibi tushuniladi.
Har qanday qazish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi: kon ishlarini olib borish xavfsizligini ta’minlash; qazish ishla- rining samarali bo‘lishi; insonni o‘rab turgan muhit va yerosti boyliklarini saqlash.
Kon ishlarining xavfsizligini ta’minlash uchun qazish kavjoyidan, albatta, ikkita chiqish yo‘li bo‘lishi shart. Shuning- dek, kavjoy oldi bo‘shlig‘i ishonchli mustahkamlangan bo‘lib, ish joylari uzluksiz shamollatib turilishi kerak. Ko‘mir changini bostirish, kon zarbasi va to‘satdan ko‘mir yoki gaz otilib chiqishi hodisalarining oldini olishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi ham talab etiladi.
Qazish tizimining samarali bo‘lishiga 1 t ko‘mirni qazishga sarflanadigan jonli va buyumlashgan mehnat miqdorining mumkin qadar minimal bo‘lishini ta’minlash hisobiga eri- shiladi.
Mehnat unumdorligining yuqori bo‘lishi qazish tizimining samarali bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Chunki 1 t qazib olingan ko‘mir tannarxining qariyb 40% ini ish haqi tashkil qiladi. Mehnat unumdorligini oshirish esa, qazish jarayonlarini mexanizatsiyalash darajasi, ishchilarning kasbiy mahorati, kavjoylarda qazish ishlarini tashkil qilish usuli va shu kabi muhim omillarga bogliqdir.
Yerosti boyliklarini saqlash foydali qazilma yo‘qotilishi, xomashyo konditsiyasi va boshqa sifat ko‘rsatkichlari miq- dorini bclgilovchi asosiy Davlat qonunlari asosida amalga oshiriladi.
Qazish tizimlari quyidagi muammolarni hal qilish asosida ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash, qazish ishlarini konsentratsiyalash (kavjoy yuklamasini ko‘pay- lirish) va ishonchliligini ta’minlash uchun qulay sharoit yaratib bera olishi kerak:
tayyorlov va qazish ishlarining o‘zaro ta’sirini yo‘qotish;
qazish kavjoylarining tashish va shamollatish sharoitlari bo‘yicha avtonomligini ta’minlash;
kon lahimlarini saqlashning samarali usullarini qo‘llab, lava uzunligining turg‘un o‘lchamlarini ta’minlash maqsadida kompleks va agregatlarning yuqori unumdorlik bilan ishonchli ishlashiga sharoit yaratish;
gaz ajralib chiqadigan joylarda gazsizlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish va qazish lavalarida bajariladigan ishlarga gaz ta’sirini kamaytirish;
ko‘zda tutilmagan lavalarning to‘xtab qolishini yo‘q qilish uchun geologik buzilishlarni bashorat qilish.
Qazish tizimini tanlab olishga juda ko‘p kon-geologik va kon-texnik omillar ta’sir etadi. Ulardan asosiylarini ko‘rib chi- qamiz.