Rudniklarning shaxta maydoni deganda nimani tushunasiz?
Shaxta maydonini ochish va qazishga tayyorlash usullari va sxemalarini aytib bering.
Ruda konlarni qazib olishning asosiy jarayonlari va ularning mazmun-mohiyatini ta ’riflab bering.
Qazib olingan kon massasini ikkilamchi maydalash nima uchun kerak?
Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarishning qanaqa usullarini bilasiz?
Ruda konlarini yerosti usulida qazib olishda qo ‘llanadigan qazish tizimi qanday mezonlar asosida sinflarga ajratiladi?
Har bir qazish tizimiga kiradigan qazish tizimi variantlari va ularning mohiyati hamda qo ‘llanish sharoitlarini aytib bering.
Qazish tizimi sinflarining afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
VI BOB
QATLAMLI KONLARNI YEROSTI USULIDA QAZIB CHIQARISH ASOSLARI
Dunyo yoqilg‘i-energetika balansining holati va O‘zbekiston ko‘mir konlari to‘g‘risida ma’lumotlar
Energiya bilan ta’minlanish muammosi doimo insoniyat- ning nazarida bo‘lib, har bir tarixiy davrda uning oziga xos masalalari namoyon bo‘lib kelgan.
XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda ko‘mir (65%), o‘tin (16%), o‘simlik va hayvonot chiqindilari (16%) ishlatilgan. Yoqilg‘i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni tashkil qilgan. Tabiiy gaz umuman ishlatilmagan.
XX asrning 30-yillariga kelib energobalansdagi ko‘mirning ulushi kamayib (55%), neftning ulushi ko‘paydi (15%) va yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960—1980-yillar) yoqilg‘i-energetika resurs- laridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energo- balans strukturasi keskin o‘zgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta ko‘paydi, qattiq yoqilg‘ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi. Bu davrda barcha turdagi yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t shartli yoqilg‘ini tashkil qildi.
Keyingi yillarda jahon miqyosida ko‘mirdan foydalanish, umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq o‘sib bor- moqda. 1980-yillarda, umuman, energiyadan foydalanish (1970-yilga nisbatan) 17% ga ko‘paygan bo‘lsa, ko‘mirdan foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi ko‘mir va neftning ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi bo‘yicha) bir-biriga tenglashib qolgan (4.1-jadval).
Kelajakda qattiq yoqilg‘i (ko‘mir, yonuvchi slaneslar, torf) konlarini qazib chiqarishni ko‘paytirib borish ko‘zda tutil- moqda. Chunki ular dunyo miqyosida zaxiralari hajmi bo‘yicha 90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda ularning yonish issiqligini hisobga olinadigan bo‘lsa, u holda qattiq yoqilg‘ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26% ni tashkil qiladi.
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |