Kon ishlari asoslari


-rasm. Nimqavat orqali qazib olishning kamerali tizimi



Download 0,55 Mb.
bet37/91
Sana29.03.2023
Hajmi0,55 Mb.
#922866
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91
Bog'liq
Kon ishlari asoslari

3.10-rasm. Nimqavat orqali qazib olishning kamerali tizimi:

1 — ko‘tarilma; 2tashish shtreki; 3 — voronka;
  1. podsechka gorizonti shtreki; 5nimqavat lahimlari; 6 — shift osti; 7 — shamollatish shtreki.




Og‘ish burchagi 55—60° dan kam bo‘lmagan, qalinligi 6—8 metrli tik ruda yotqiziqlarini qazib olishda massivdan ajratib olingan rudani qazish bo‘shlig‘ida magazinlashga (yig‘ishga) asoslangan qazish tizimi qo‘llaniladi.

Bu tizimda qazish blokidagi rudani massivdan ajratib olingandan so‘ng, maydalangan ruda massasining bir qismi rudatushirgichlar orqali tashish shtrekiga tushiriladi. Natijada magazindagi ruda bilan qulatilmagan ruda massivi orasida ma’lum kenglikda (massivni burg‘ilashga imkon beradigan) bo‘shliq hosil bo‘ladi. Shundan so‘ng burg‘ilovchilar magazin- dagi maydalangan ruda ustida turib, ruda massivida burg‘ilash ishlarini amalga oshiradilar.

Rudani massivdan ajratib olish blokdagi barcha ruda zaxirasi tugamaguncha takrorlanadi va shundan so‘ng blok bo‘shlig‘ida magazinlashtirilgan ruda rudatushirgichlardan tashish shtrekiga to‘la tushirilib, transport vositalariga yuklanadi. Konchilik amaliyotida bu tizimning turli variantlaridan foydalaniladi. Masalan, magazindagi ruda uyumi ustida turib shpurlar burg‘ilash orqali rudani massivdan ajratib olish tizimi, ko‘taril- malardan skvajinalar burg‘ilab, rudani massivdan ajratib olish tizimi va boshqalar.

Blokni tayyorlash ishlari sodda bo‘lib, tashish va shamol­latish shtreklari hamda blok ko‘tarilmalarini o‘tishdan iborat bo‘ladi. Ruda tushirgichlar oralig‘idagi masofa 3—4 m, blok­ning cho‘ziqlik bo‘yicha o‘lchami 80—100 m bo‘lishi mumkin.

Blokni qazib olish ishlari uchta bosqichdan tashkil topadi: dastlab tashish shtreki tepasidan ma’lum masofada kesma o‘tib, magazin (bo‘shliq) hosil qilinadi va uning tubida voronkalar (rudatushirgichlar) barpo etiladi; chuqurligi 2,5 m gacha bo‘lgan shpurlar orqali rudani massivdan ajratib, magazinga uyuladi; rudani tashish shtrekiga to‘la tushiriladi va qavat hamda kameralar o‘rtasida qoldirilgan seliklar qazib olinadi.

Rudani magazinlashtirib qazib olish tizimining texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ruda va atrof kon jinslari mustahkam bo‘lgan konlarni qazib chiqarishda qo‘llaniladi. Magazinda uyulgan ruda jipslashish va o‘z-o‘zidan yonish kabi xususiyatlardan mustasno bo‘lishi kerak.

Ushbu qazish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:


  • kon-tayyorlov lahimlari hajmining kichik bo‘lishi;


  • burg‘ilab-portlatish ishlari samaradorligining yuqori bo‘lishi;


  • mehnat unumdorligining yuqori va ruda tannarxining arzon bo‘lishi.


Shu bilan birga uning qator kamchiliklari ham mavjud:


  • rudani sifat rusumlari (sortlari) bo‘yicha qazib olish mumkin emasligi;


  • ruda massivining to‘satdan bosib qolishi va kameradagi nogabaritlarni maydalashda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi mumkinligi va boshqalardir.


Yuqorida ko‘rib chiqilgan qazish tizimlari qazish bo‘sh- lig‘ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimi sinfining ko‘p qo‘llanadiganlaridandir. Bu sinfning boshqa tizimlari ham mavjud bo‘lib, ularni o‘rganish maxsus fanlarning predmeti hisoblanadi.

Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimi sinfiga kiruvchi tizimlar o‘rtacha va katta qalinlikka ega bo‘lgan ruda yotqiziqlarini qazib olishda keng qo‘llaniladi. Bu sinfga mansub barcha qazish tizimlarida, dastlab blokda katta hajmdagi ruda massivdan ajratib olinadi va maydalangan ruda ustiga ruda massivi (yotqizig‘i) ustida joylashgan kon jinsi qatlamlari qulab tushadi yoki majburiy qulatiladi. Qulatil- gan kon jinslari ostidagi maydalangan ruda qavat (nimqa- vat)ning bor balandligi bo‘yicha tushirib olinadi.

Amaliyotda ruda va atrof jinslarni qulatishga asoslangan qazish tizimiga mansub vertikal yoki gorizontal kompensatsion kamerali va rudani siqilgan muhitda yoppasiga massivdan ajratib, uni blokning osti yoki yonboshidan tushirib olishga mo‘ljallangan qazish tizimlari variantlari keng qo‘llanadi.

Kompensatsion kamerali ruda qazish tizimida rudani ajratib olish ikki bosqichda bajariladi. Dastlab, kamerali qazish tizimi qo‘llanib, kompensatsion kameralar hosil qilinadi. Kame- ralarning hajmi taxminan blokdagi ruda zaxirasining uchdan bir qismiga teng bo‘ladi. Rudaning bu qismi massivdan ajratilganda maydalanib, hajmi ko‘payadi va kameralarni to‘l- diradi. Shundan so‘ng siqiq muhitda qolgan maydalangan ruda blok ostidan yoki yonboshidan tushirib olinadi.

Blokni qazib olishda tayyorlash — tashish va shamollatish shtreklarini o‘tish, skreperlash gorizontiga rudani yetkazib beruvchi lahim barpo etish, blokda kamera hosil qilish, qisqa rudatushirgichlar va blok ko‘tarilmalarini o‘tishdan iborat bo‘ladi. O‘ta qiya va tik, qalinligi 15—25 m gacha bo‘lgan yotqiziqlarni qazib olishda bloklar uzun tomoni bo‘yicha yotqiziqning cho‘ziqlik yo‘nalishida joylashtiriladi.

Blokning cho‘ziqlik bo‘yicha uzunligi 40—60 m bo‘ladi. Ruda yotqizig‘i juda qalin bo‘lgan hollarda blokning uzun tomoni cho‘ziqlikka tik yo‘nalishda joylashtiriladi. Qavat bor bo‘yicha qulatilganda uning balandligi burg‘ilash mashinasining vertikal va o‘ta qiya skvajinalarni burg‘ilash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi va 40—60 m, ayrim sharoitlarda undan ham baland bo‘lishi mumkin.

Ruda konlarini qazib chiqarishda rudani katta hajmda ajratib olish va uni blok ostidan tushirib olish tizimining turli variantlari qo‘llanadi.

Ulardan eng ko‘p qo‘llaniladiganlari: ikki bosqichli (kom- pensatsion kamerali) va bir bosqichli (rudani siqiq muhitda ajratib olish) ruda qazish tizimi; rudani vertikal (bir-biriga parallel yoki veyer shaklida joylashgan) skvajinalar bilan ajratib olish tizimi; rudani gorizontal (veyer shaklida joylashgan) skvajinalar orqali ajratib olish tizimi va boshqalardir.

Ajratib olingan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi blok ostidan tushirib olish tizimiga nisbatan o‘zgacha bo‘lib, bunda blok tubida kamera barpo etilmaydi.

Bu esa blokni qazishga tayyorlashni soddalashtiriladi va kamera hosil qilishga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Qavatni majburiy buzib, maydalangan rudani blok yonboshidan tushirib olish tizimi ham konchilik amaliyotida keng qo‘llaniladi va asosiy variantlardan biri hisoblanadi (3.11-rasm).


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish