Kon ishlari asoslari


Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish



Download 1,88 Mb.
bet34/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish


Texnologik jarayonlar talabiga muvofiq massivdan ajratib olingan ruda bo‘laklari ma’lum kattalikka ega bo‘lishi kerak. Alohida olingan bo‘lakning maksimal o‘lchami ruda tushirish voronkasi, yuklash va tashish vositalari o‘lchamlariga mos kelsa, bunday bo‘laklar konditsion bo‘laklar deyiladi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida konditsion bo‘lakning o‘lchamlari 330—400 mm dan 800—1000 mm gacha bo‘lishi mumkin. Biroq rudani massivdan portlatish orqali ajratib olinganda, ma’lum miqdorda nokonditsion bo‘laklar hosil bo‘ladi, bunday bo‘lak- lar nogabarit bo‘laklar deb yuritiladi. Ajratib olingan ruda uyumi tarkibida nogabarit bo‘laklar miqdori 50—12% dan 20—25% gacha bo‘lishi mumkin. Bu bo‘laklarni yuklash va tashish vositalari o‘lchamlariga moslash uchun ularni qo‘shimcha maydalash, ya’ni ikkilamchi maydalash lozim bo‘ladi.

Tushirilgan rudani blok hududi chegaralarida yuklash joyiga yetkazib berish turli mexanik vositalar orqali bajarilishi mumkin (skreperlar, o‘ziyurar mashinalar, konveyerlar va boshqa vositalar).

O‘zining sodda tuzilishi tufayli skreperlar ruda qazish korxonalarida keng qo‘llaniladi. Skreper qurilmasi — bu davriy (siklli) ishlash tamoyiliga ega bo‘lgan transport vositasi bo‘lib, skreper chig‘iri (lebyodkasi), skreper bosh va yordamchi sim arqoni, asosiy va ushlab turuvchi blok (shkiv)lardan tashkil topgan (3.8-rasm). Skreper bilan ruda skreperning mokisimon harakati natijasida bajariladi.

Rudani blokdan tushirish, tushirilgan rudani skreperlash va nogabaritlarni ikkilamchi maydalashga xizmat qiladigan lahimlar majmuyi skreperlash gorizonti deyiladi.

Rudani skreperlashda ikki, ba’zida uch barabanli, quvvati 7 dan 100 kvt gacha bo‘lgan chig‘irlar, hajmi 0,1—2 m3 gacha bo‘lgan sidirib oluvchi yoki kajava shaklidagi skreperlar, diametri 10—28 mm gacha bo‘lgan sim arqonlardan tashkil topgan skreper qurilmalari qo‘llaniladi. Skreper qurilmalarining unumdorligi 20—350 m3/ smenagacha bo‘lish mumkin. Keyingi vaqtlarda rudani yetkazib berish jarayonida o‘ziyurar mexa- nizmlar qo‘llanilishi tufayli skreper qurilmalardan foydalanish biroz cheklanib qolgan.

G‘ildirakli relssiz yuradigan va mustaqil yuritkichga ega bo‘lgan transport vositalari o ‘ziyurar mashinalar deyiladi. Bu mashinalar ochiq kavjoy bo‘shliqlari va yetkazib berish lahimlarida yurishga mo‘lajallangan bo‘lib, yuklovchi, yetka­zib beruvchi va yuklab-tashuvchi mashinalar guruhiga bo‘linadi.

Nogabaritlarni maydalash uchun portlovchi modda yoki mexanik maydalagichlardan foydalaniladi. Eng ko‘p qo‘llani- ladigan usul portlatish usuli bo‘lib, bunda portlovchi moddalar- ning ustquyma va shpurli zaryadlari ishlatiladi. Nogabarit bo‘lakda burg‘ilanadigan shpurning chuqurligi 15—20 sm ni tashkil qiladi.

Ruda bo‘laklarini ikkilamchi maydalash bevosita qazish kavjoyida (agar u yerga yetib borish imkoniyati xavfsiz bo‘lsa) yoki rudani tushirish va tashish lahimlarida amalga oshiriladi. Ayrim hollarda esa, bu jarayon maxsus barpo etilgan ikkilamchi maydalash lahimlarida bajarilishi mumkin.

Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishda noga- baritlarni ikkilamchi maydalashning portlatish usulidan boshqa (mexanik, gidravlik, mexanogidravlik va hokazo) usullar kam qo‘llaniladi. Massivdan maydalab ajratib olingan rudani tushi- rib, tashish gorizontigacha yetkazib berish kon qazish ishlari texnologiyasining jarayonlari hisoblanadi va ularni bajarishga ketgan xarajatlar miqdori qazish ishlari umumiy xarajatlarining 40—50% ini tashkil qiladi.

Rudani yetkazib berish deganda uni massivning ajratib olingan joyidan boshlab blokning tashish lahimlarigacha (shtrek yoki ortlarga) yetkazib berish tushuniladi. Blok hududida, dastlab o‘z og‘irligi ta’sirida ruda massasi skreperlash gorizon- tiga tushiriladi, so‘ngra turli transport vositalari orqali vagon- chalarda yuklash joyiga yetkazib beriladi.

Ruda massasini blokdan tushirish ikki xil, ya’ni ostki yoki chetki bo‘lishi mumkin.

Ostki tushirishda blokning tub qismida maxsus voronka- simon tushirish lahimlari barpo qilinadi. Blokdagi ruda massasi blokning butun maydoni bo‘ylab voronkalar orqali yetkazib berish lahimiga tushadi va skreper qurilmasi bilan ushbu lahim orqali vagonchalarga yuklash joyiga tashiladi. Ruda tushirish voronkalari kesik konus shaklida blok tubining butun maydoni bo‘yicha hosil qilinadi. Voronkaning yuqori qismi diametri 6—12 m bo‘ladi (3.8-rasm).





Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish