Kon ishlari asoslari


— bosh kvershlag; 2 — shamollatish kvershlagi; 3 — ruda shtreki



Download 1,88 Mb.
bet32/91
Sana30.03.2022
Hajmi1,88 Mb.
#518442
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o-fayllar.org

1 — bosh kvershlag; 2 — shamollatish kvershlagi; 3 — ruda shtreki;

4 — maydon shtreki; 5 — ortlar.
Tashish gorizonti tayyorlangandan so‘ng bevosita qazish bloklarini tayyorlashga kirishiladi.

Blokni tayyorlash ishlarining hajmi va tartibi qabul qilingan qazish tizimiga bog‘liq bo‘lib, asosan, quyidagi jarayonlardan tashkil topadi:


  • blok ko‘tarilmalarini o‘tish;


  • ruda tushirgichlarni barpo qilish;


  • ikkilamchi maydalash gorizontlari shtreklarini o‘tish;


  • skreperni o‘rnatish lahimini o‘tish va boshqalar.


  1. Asosiy ishlab chiqarish jarayonlari


Rudalarni qazib olishda quyidagi jarayonlar amalga oshi- riladi:


  • rudani massivdan ajratib olish;


  • ikkilamchi maydalash;


  • rudani blokdan tushirish va tashish gorizontigacha yetkazib berish;


  • kon bosimini boshqarish.


Ana shu jarayonlarga sarflanadigan mehnat ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishga sarflanadigan barcha turdagi mehnatning qariyb 50 foizini tashkil qiladi. Bu jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligi ularning texnik-iqtisodiy korsatkichlariga ta’sir etadi. Masalan, massivdan ajratib olish jarayonida yaxshi maydalanmagan kon jinslari ularning ikkilamchi maydalashga ketadigan xarajatlarini oshirib yuboradi va tashish unumdorli- gini pasaytiradi. Agar ikkilamchi maydalash portlatish asosida bajariladigan bo‘lsa, boshqa jarayonlarni, masalan, rudani blokdan tushirish jarayonining to‘xtab qolishiga olib keladi. Shu sababli har bir jarayonni sifatli va aniq bajarish lozim bo‘ladi.

Ajratib olish — bu rudaning bir qismini maydalab, blok massivdan ajratib olish jarayonidir. Rudani ajratib olish burg‘ilab-portlatish, mexanik usullarda yoki massivning o‘z- o‘zidan qulashi oqibatida amalga oshirilishi mumkin. Rudani ajratib olish usulini tanlab olishga qator omillar ta’sir ko‘rsatadi, ulardan asosiylari — rudaning fizik-mexanik xusu­siyatlari, kon-texnik sharoitlari va qo‘llaniladigan qazish tizimi. Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishda rudani ajratib olish uchun shpurli, skvajinali va minasimon (markazlash- tirilgan zaryad) portlatish usullaridan foydalaniladi.

Shpurli ajratib olish usulida ruda massivida chuqurligi 5 m gacha va diametri 75 mm gacha bo‘lgan shpurlar burg‘ila- nadi. Ruda konlarini qazib olishda, asosan, chuqurligi 2—3,5 m va diametri 40—50 mm shpurlar burg‘ilanadi. Yumshoq rudalarda shpur burg‘ilashda (qattiqlik koeffitsiyenti 4—6 ga­cha) elektr parmalardan, qattiq rudalarda esa zarba-burilma va zarba-aylanma rusumli burg‘ilash mashinalaridan foyda- laniladi. Ruda konlarini qazib chiqarish amaliyotida keyingi mashinalar keng qo‘llaniladi.

Portlovchi modda sifatida patronlashtirilgan kukunsimon (ammoniy № 6 JV, detonit) yoki yumshoq donalashtirilgan (granulit, donagranulit) portlovchi moddalar ishlatiladi. Shpur­lar qo‘lda yoki mexanizmlar yordamida zaryadlanadi.

Shpurli usulda rudani massivdan ajratib olish qatlam, shift- pog‘ona va nimqavat usullarida bajarilishi mumkin (3.6-rasm).





Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish