Bog'liq Kompyuterning tuzilishi va uning qurilmalariga tavsifnoma. Kompyuterlarning operatsion sistemasi
.pas
Paskal tilidagi dastur.
.com
komandali bajariladigai fayl.
.hat
6yypyq fayli.
.sys
sistemali fayl.
Aksariyat matn muharrirlari *.bak kengaytmasidan fayl nusxalari uchun foydalaniladi. Fayl kengaytmasi qanday bo`lishidan qat`iy nazar tahrir va o`zgartirishlardan sung yozilgan fayl bilan birgalikda faylning avvalgi ko`rinishi .bak kengaytmasi bilan saqlanadi. YA`ni tahrir va o`zgartirishlar noo`rin bajarilgan bo`lsa, faylning avvalgi holatiga qaytish imkoniyati mavjud.
Kataloglar (direktoriya) diskdagi fayllar haqidagi axborotlar (fayl nomi, kengaytmasi, uzunligi, so`nggi tahrir vaqti, holati va h.k ) yoziladigan maxsus joydir.
Agar fayl nomi katalogga yozilgan bo`lsa, mazkur fayl ana shu katalogga tegishli deyiladi. Diskda bir necha katalog mavjud bo`lishi va hatto biror katalogning ichida boshqa bir katalog yoki kataloglar joylashishi mumkin. Bunday kataloglar qism kataloglar deyiladi. Har bir qism katalog ham o`z navbatida ichiga joylashtirilgan o`zining qism katalogiga ega bo`lishi ya`ni qism katalogining ona katalogi ham bo`lishi mumkin.
Kataloglar fayllar haqidagi axborotlarni saqlash uchungina emas, balki diskdagi yuzlab ba`zan esa minglab fayllarni tartib bilan saqlash, saralash, ularni axtarish va foydalanishda qo`layliklar yaratish uchun ham zarurdir.
Foydalanuvchi ish olib borayotgan katalog ishchi yoki joriy katalog deb ataladi. Joriy bo`lmagan katalogdagi fayldan foydalanish uchun mazkur fayl joylashgan katalogni ko`rsatish kerak. Uxshash fayllarni birdaniga chaqirish yoki ular ustida ishlash uchun *, ? - belgilari ishlatiladi.
Masalan: DOSkatalogidagi hamma com kengaytmali fayllarni ajratib chaqirish uchun quyidagi komanda ishlatiladi. DIR *.com/w Natijada ekranda bir necha ustun ko`rinishida turli nomdagi .com kengaytmali fayllar ruyxatini ko`rishimiz mumkin.
Bu erda DIR buyrug`ining (*) belgisi fayldagi nom ruxsat etilgan barcha belgi, raqam yoki harflardan iborat bo`lishi mumkinligini ko`rsatadi. Masalan: S harfidan boshlanuvchi ixtiyoriy kengaytmali fayllar ruyxatini ko`rish uchun DIR S *.*/W komandasi ishlatiladi.
Fayllardan nusxa olish quyidagi amallardan foydalanish imkonini beradi.
- biror disk yoki katalogdagi faylni o`zga disk yoki katalogda hosil qilish, - niqob belgilardan foydalanib, fayllar to`plamidai nusxa olish; - fayl nomini o`zgartirib nusxa olish; - ikki yoki bir necha fayllarni yagona faylga birlashtirish. Masalan joriy diskdagi .txt kengaytmali barcha fayllardan A: diskka nusxa olish uchun COPY *.txt A: buyrug`i ishlatiladi.
Fayl joyini o`zgartirmay uning nomini o`zgartirish quyidagi bo`yruq bilan amalga oshiriladi.
REN dip.txt dip1.txt Keraksiz fayllarni o`chirish uchun quyidagi bo`yruq ishlatiladi. DEL *.bak YAngi ARHIV katalogini yaratish uchuy MD ARHIV komandasi ishlatiladi.