QATTIQ DISK (VINCHESTER) Vinchester ham boshqa axborot tashuvchilar kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bogliq bo‘lmagan turli hajmdagi bir necha bolaklarga (“mantiqiy” disklarga) ajratish mumkin. Bu bo’laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo‘laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlarga “Partition Magic”, “Acronis Recovery” kabi dasturlarni misol keltirish mumkin. Ular yordamida vinchester istalgancha bo‘laklarga bo‘linib, har bir bo‘lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar о‘chib ketadi.
DISKNI FORMATLASH Disk yoki flash disklarni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. “Мой компьютер” sistema katalogi ochiladi.
2. Formatlash kerak bo’lgan disk (qattiq disk, flash disk yoki magnit disk) ni tnalab, sichqonchaning o’ng tugmasini bosiladi.
3. Ochilgan kontekst-menyudan “Форматировать…” (Formatlash) amali tanlanadi, natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo’ladi:
4. Tanlangan disni formatlash uchun “Начать” (Boshlash) tugmasi, aks holda “Закрыть” (Yopish) tugmasi tanlanadi.
5. Operatsion sistema diskdagi ma’lumotlar bexosdan о‘chib ketishining oldini olish uchun quyidagi ko‘rinishda ogohlantiradi:
6. Formatlash jarayonini davom ettirish uchun “OK” tugmasi tanlanadi.
DISKLARGA MA’LUMOT YOZISH (KO’CHIRISH) Disklarga ma’lumot yozishning birinchi usulida quyidagi amallarni bajarish kerak:
“Мой компьютер” sistema katalogi orqali kerakli diskni tanlanadi, natijada disk oyna ko’rinishida ochiladi;
ochilgan oynaning bo‘sh joyiga ko‘rsatkichi yo‘naltirilgan sichqoncha yordamida kontekst-menyu ochiladi;
ochilgan kontekst-menyudan “Вставить” (Joylashtirish) amali tanlanadi.
Disklarga yoki boshqa axborot tashuvchi vositalarga ma’lumotlarni yozisni yana bevosita klaviatura orqali ham bajarish mumkin, buning uchun;
kerakli papka yoki fayl tanlanib klaviaturadan Ctrl+C qo’shtugmasi bosiladi;
ma’lumot yozilishi kerk bo’lgan disk ochiladi va yana klaviaturdan Ctrl+V qo’shtugmasi bosiladi.
Diskdagi fayl yoki katalogni ochish yoki o‘chirish uchun ham kontekst-menyudan foydalanish mumkin. Klaviatura orqali esa ochish uchun Enter, o’chirish uchun Delete klavishlaridan foydalanish mumkinligi quyi sinflardan sizga ma’lum.