Aim.uz
Kompyuterlarning dasturiy ta'minoti
Reja:
Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi
Kompyuterlarning tarkibiy qismlari
Kompyuterlarning dasturiy ta'minoti
Hozirgi zamon kompyuterlari asosan shaxsiy kompyuterlar bo`lib, ularning texnik tuzilishini 3 qismga bo`lish mumkin:
1. Tizimli qurilma (sistemali blok);
2. Klaviatura;
3. Monitor.
Kompyuterning asosiy qismi bu Tizimli qurilmasidir. U o`z ichiga:
kompyuter ishini boshqaruvchi hamma elektron sxemalarni (bular mikroprosessor, tezkor xotira, qurilmalarning kontrollerlari va shinalardan iborat);
- kompyuterning elektron sxemalariga berilayotgan o`zgaruvchi tokni past kuchlanishli o`zgarmas tokka o`tkazuvchi ta'minlash blogini;
- ma'lumotlarni disketlarga yozuvchi va disketlardagi ma'lumotlarni xotiraga kirituvchi diskovodlarni;
- ma'lumotlarni qattiq diskka yozuvchi yoki undan o`quvchi disk(vinchester)ni oladi.
Klaviatura ma'lumotlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun ishlatiladi.
Displey ma'lumotlarni kiritayotganda ekranda ko`rish va xotiradagi ma'lumotlarni ekranda ko`rish uchun ishlatiladi.
Printer matnli va grafikli ma'lumotlarni qog`ozga chiqarish uchun ishlatiladi. Bu qurilmalardan tashqari kompyuterga yana har xil kiritish va chiqarish qurilmalarni ulash mumkin. Bularga quyidagi qurilmalar kiradi:
"Holat"- ma'lumotlarni kiritish ishlarini yengillashtiradigan qurilma.
Modem - telefon tarmog`i orqali boshqa kompyuterlar bilan o`zaro ma'lumotlarni bir-biriga uzatish qurilmasi.
Faks - modem telefaks ishlarini bajaradigan qurilma.
Skaner - qog’ozdagi matnli va grafikli ma'lumotlarni xotiraga kirituvchi qurilma. Uning ishlash prinsipi xuddi ksirokopiyaga o’xshagan bo`ladi.
Plotter - chertejlarni qog`ozga chiqarish qurilmasi.
Audioplata - kompyuterda ovoz chiqarish qurilmasi.
Kompakt diskdan ma'lumotlarni o`quvchi qurilma. Hozirgi vaqtda egiluvchi disklardan boshqa katta hajmli (650M bayt) maxsus disklar ham yaratilgan. Bu qurilma shunday disklardan ma'lumotlarni o`qish uchun ishlatiladi.
Trekbol - xuddi "holat" ishini bajaradigan qurilma.
Tarmoq adapteri - mahalliy tarmoqqa ulovchi qurilma.
Grafik planshet- chertejlarni mashina xotirasiga kirituvchi qurilma.
Kompyuterning dasturiy ta'minoti
Axborot texnologiyasining ikkinchi asosiy qismi - dasturiy ta'minot qismidir. Har qanday takomillashgan, tez ishlaydigan kompyuter bo’lmasin dasturiy ta'minti bo’lmasa, u temirdir, chunki kompyuterning ishlashi faqat dasturlar bilan bajariladi.
Dasturiy ta'minotni ikki guruxga ajratish mumkin:
tizimli dasturiy ta'minot;
amaliy dasturiy ta'minot;
Tizimli dasturiy ta'minotning asosiy vazifasi asbob - uskuna vositalarining ishlarini boshqarish,uning imkoniyatlaridan to`liq foydalanishni, odamnig kompyuter bilan dialog olib borishini va amaliy dasturlarni ishga tushirishni bajarishdir. U kompyuterdan foydalanuvchilarni va amaliy dasturlarni kompyuter qurilmalari bilan muloqatda bo`lishning qulay usullari bilan ta’minlaydi.
Amaliy dasturiy ta'minot dasturlari kompyuterlarda amaliy masalalarni yechishni taminlaydi.
Hozirgi paytda hamma sohalarda bunday amaliy dasturlar juda ko`p, minglab hisoblanadi. Ularni bajaradigan ishlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) matn muharrirlari;
b) nashriyot tizimlari;
c) jadval ma'lumotlarni qayta ishlash tizimlari;
d) ma'lumotlar jamg’armalarini boshqarish tizimlari.
Buning ichiga xalq ta'limi ishlarini boshqarish, xalq ta'limi muassasalari ishlarini boshqarish va fanlarni o’qitish, sinov nazorat ishlarini bajaradigan amaliy dasturlar ham kiradi.
Dastlabki ikki guruh dasturlarining qiladigan ishlari matnni taxrir qilish, nashriyot ishlarini bajarishdir.
Jadval ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlar to`plami berilgan ifodalar bo`yicha har xil ma'lumotlar jadvallarini hisoblash, xar xil diagramma, grafiklar chizish, xar xil jadval ko`rinishida berilgan ma'lumotlarni qayta ishlash ishlarini bajaradi. Keng ommalashgan jadval prosessorlar Lotus 1-2-3, SuperCalc, Microsoft Excel va hokazolardir.
Axborot jamg`armalarini qayta ishlash dasturlari katta hajmdagi axborotlar to`plamlarini boshqarish ishlarini bajarishga mo`ljallangan.
Eng sodda axborot jamgarmalari bu bir ulchamli jadvallar bo`lib, ular ustida kiritish, tuzatish, kidirish, saralash va xar xil xisobatlar tayerlash ishlarini bajarishdan iboratdir.
Hayotda esa ancha murakkab bir-necha o`lchamli jadval axborotlar bilan ishlashga to`g`ri keladi. Bunday hollarda kiritiladigan va chiqariladigan ma'lumotlarni foydalanuvchi qulay holda olish uchun maxsus axborot jamg`armalari tuziladi.Bunday jamgarmalarni qayta ishlash uchun maxsus dastur to`plamlari tuzilgan. Misol qilib DBase, Fox Pro, Clepper, Paradox, Rbaselar dastularini keltirish mumkin.
Shunday dasturlar to`plamlari va texnik hamda dasturiy ta'minot vositalari yordamida juda katta hajmdagi axborotlarni tez qayta ishlab kerakli natijalarni o`z vaqtida olish mumkin.
Bilimingizni tekshirib oling!
Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi nima?
Kompyuterlarning tarkibiy qismlari sanab o’ting?
Kompyuterlarning dasturiy ta'minoti nima?
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |