Monoblok yoki kompyuter? - Yangi kompyuter olish jarayonida, bir necha savollar tug‘iladi. Ilgari kompyuter va noutbuk tanlovi bo‘lgan bo‘lsa, hozirda tanlash ozgina murakkablashgan, sababi, kompyuter, noutbuk qatoriga, monoblok ham qo‘shildi. Hozirgi kunda monoblokni, internet-magazinlarda keng assortimentlarda uchratish mumkin. Kompyuter tanlashda: oddiy yoki monoblok tanloviga ushbu maqolada ta’rif beraman.
- Kompyuter-monoblok nima?
- Kompyuterning bu ikki turini taqqoslashdan avval monoblokning xususiyatlarini ko‘rish lozim.
Monoblok yoki kompyuter? - Kompyuter-monoblok – bu kompyuter, monitorga sozlangan sistema blok. Bir so‘z bilan aytganda, monoblok – bu monitorni o‘zida, sistema bloki jamlangan ko‘rinishidir(protsessor, ona plata, OZU, vinchester, videokarta, elektr ta’minot bloki(blok pitaniya)). Monoblokka ulanadigan qo‘shimcha qurilmalar(klaviatura, monitor, sichqoncha,…) uchun raz’yem, uning orqa yoki yon qismida joylashgan bo‘ladi.
- Monoblok, noutbuk singari jamlanmalarni o‘zida mujassamlashtiradi. Monoblokka oddiy sistema bloki singari, klaviatura, sichqoncha, printer hatto ikkinchi monitorni xam ulash mumkin. U mukammal ishlashi uchun, klaviatura va sichqonchani ulasangiz bas.
Kompyuter-monoblokni afzallik va kamchiliklari. - Qulaylik jihatidan qarasak, monoblok yuqori o‘rinlarda turadi. Chunki u juda ixcham va yengildir. Stolimiz ustida katta joy egallamaydi va oddiy kompyuter kabi ulanish simlaridan iborat emas. Undan tashqari, uni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish ham muammo tug‘dirmaydi.
- Ko‘rinishiga keladigan bo‘lsak, monoblok odatiy monitordan kattaroq bo‘lib, og‘irligi ham biroz og‘irroqdir.
- Oddiy kompyuterning asosiy va alohida afzalligi, ishlash tezligi va qo‘shimcha qurilmalarni bemalol almashtirishdan iboratligidir. Bardoshliligi jihatidan, oddiy kompyuter monoblokka qaraganda bardoshliroqdir.
Kompyuter-monoblokni afzallik va kamchiliklari. - Biz, sistema blokini qopqog‘ini ochib, qo‘shimcha elementlarni eskisini olib, yangisini qo‘yib, yangilashga o‘rganib qolganmiz, monoblokda esa, avval elementlarni o‘rganib, ularni almashtirish mumkinligiga ishonch xosil qilgandan so‘ng o‘zgartirish mumkin. Ayrim monobloklar modellarida, elementlarni o‘zgartirib ham bo‘lmaydi. Bundan tashqari o‘zgartirish uchun mos bo‘lgan elementlarni topish zarur, buni topish esa biroz qiyinroq.
- Bunga misol qilib, sovutish tizimini olish mumkin. Oddiy kompyuterlarda protsessor uchun kuller, elektr ta’minot bloki uchun kuller hattoki, videokarta uchun ham kullerlar ishlatiladi, kamiga yana qo‘shimcha kuller o‘rnatish ham mumkin bo‘ladi. Monoblokda esa, tizimni sovutish bunchalik rivojlanmagan va issiq kunlarda monoblokni qizishi, uni ishlashiga yomon ta’sir qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |