9-Ma’ruza: Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari.
Kompyuterlararo axborot almashuv jarayoni
Kompyuterlarning o’zaro axborot almashish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmui
kompyuter tarmoqlari deyiladi. Kompyuterlar o’rtasida axborot uzatish va qabul qilish,
ularni o’zaro bog’lashga, ya’ni tarmoq hosil qilishga olib keladi. Tarmoqlarni tashkil etish 3 turli usulda amalga oshiriladi:
Mahalliy (lokal) tarmoq,
Hududiy (territorial) tarmoq,
Milliy (xalqaro), global tarmoq
Ma’lumki, kompyuterlarda tashqi qurilmalari bilan bog’lanish uchun portlari mavjud.
SHunday portlari orqali 2 va undan ortiq kompyuterni bog’lab tarmoq tashkil etiladi. Windows
muhitida ishlayotgan ikkita kompyuterni biror kabel bilan bog’lab (portlariga parallel ravishda)
birini asosiy (boshqaruvchi) hisoblab, ikinchisini unga tobe deb atash mumkin. Bunda axborot
almashuv sekinroq bo’ladi.
Ikkidan ortiq kompyuterni bir-biriga ulab tarmoq hosil qilganda, tarmoq (setevaya)
platasini har bir kompyuterga ulash zarur. Ularni ishlatish esa maxsus dasturiy va texnik
vositalar orqali amalga oshiriladi. Bunday kompyuter tarmoqlarida boshqaruvchi kompyuter
faylli server deb atalib, boshqalari esa ishchi stantsiyalar deyiladi. Bunday tarmoq mijozserverli tarmoq turi hisoblanadi. Bordiyu, maxsus serverli kompyuter bo’lmasa, bunday
tarmoqni bir rangli(odnorangovaya set) tarmoq deb ataladi Bu holda Windows operatsion
sistemasi ishchi stolida Setevoe okrujenie degan belgi yordamida har bir kompyuterga kirib,
uning imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. Bunday boshqaruv sistemali siyosat yoki
sistemali qoidalar deb yuritiladi. SHu turdagi mahalliy tarmoqni boshqaruvchi shaxs – sistema
administratori deyiladi.
Mahalliy tarmoq bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda
o’zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot
almashish aloqa kabellari, ba’zan telefon kanallari yoki radiokanal
orqali amalga oshiriladi. Mahalliy tarmoqning asosiy vazifasi–barcha qurilmalardan va
dasturlardan samarali foydalanish. Mahalliy tarmoqda kompyuterlarni programmalar boshqaradi.
Buning uchun barcha kompyuterlar bir-birini tushunish uchun bir «til»da muloqat qiladi.
Bunday muloqot tilini tarmoq qaydnomasi(protokoli) deyiladi.
Tarmoq qaydnomasi. Tarmoqdagi barcha kompyuterlarda axborot almashuvi tarmoq
qaydnomasi orqali amalga oshadi. Hozirgi kunda tarmoq qaydnomasining paketli turi keng
qo’llanilmoqda. Bunda kompyuterlar almashadigan ma’lumotlar bloklarga ajratiladi (har bir blok
go’yoki biror «konvert»ga solinadi-inkapsulyatsiya). Ulardan paket tashkil etiladi. Paket o’z
ichiga ma’lumotlarni va xizmat (kimdan, kimga va undan keyin qaysi paket jo’natiladi va
hokazo.) vazifasini o’tovchi axborotlarni oladi. Windows operatsion tizimida turli tarmoq
qaydnomalari bilan ishlash imkoniyati mavjud. Buning uchun boshqaruv paketi oynasida «Set»
belgisidan foydalaniladi:
Pusk Nastroyka Panel upravleniya Set Dobavit
Hududiy(mintaqaviy) tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi
kompyuterlarni o’zida mujassamlashtirgan tarmoq.. Bunday tarmoqlarda bir nechta
markazlashgan,ya’ni mahalliy tarmoqlarni birlashtirgan juda quvvatli serverlar mavjud bo’ladi
va ushbu serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sun’iy yo’ldosh radioaloqa
kanallari yordamida havo orqali uzatiladi.
Global tarmoq - dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida birlashtirish
imkoniga ega bo’lgan tarmoq. Hattoki mahalliy tarmoqlarni bir-biri bilan bog’lasa
(kommunikatsiya vositalari: telefon tarmoqlari, radiostantsiyalar, optik-tolali kabellar, kosmik
sun’iy yo’ldoshlar, maxsus kabel vositalari) ham global tarmoq vujudga keladi. Bu tarmoq
Internet deb yuritiladi. Bordiyu, ikki yoki undan ortiq tarmoqlar (turli qaydnomalar bilan
ishlayotgan) kesishib qolinsa, u holda maxsus vazifani (buni shlyuz deb atash qabul qilingan)
o’taydigan kompyuter kerak bo’lib qoladi. Bu kompyuter qaydnomalarni bir formatdan
ikkinchisiga o’tkazishda shlyuz vazifasini o’taydi. Bir xil formatli qaydnomalar bilan
ishlaydigan tarmoqlar kesishsa, bunday kompyuter ko’prik vositasini o’taydi.Demak, Internet
o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta - texnik,
dasturiy va axborotli tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
SHuni qayd etish lozimki, shlyuz vazifasida ishlayotgan kompyuter faqat administratsiya
ruxsati bilan ish yuritib, boshqa tashqi qaydnomalarni qabul qilmasa, u holda uni brandmauer
vazifasida himoya qiladi.
Kompyuter tarmoqlari server(xizmatchi kompyuter), kontsentrator(HUB), axborot
uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Kontsentrator – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi
maxsus qurilma.Ular 8, 12. 16 ta kompyuterni o’zaro bog’lashi mumkin.
Modem – axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o’tkazuvchi maxsus elektron
qurilma.
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim o’rnatilishi
kerak.
Internet va uning imkoniyatlari
Xalqaro kompyuter tarmog’i-Internetning tarkibiga texnik vositalar, dasturiy ta’minot,
kompyuter tarmoqlari bilan bog’lanishni amalga oshiradigan standartlar va shartnomalar kiradi.
Internet ning paydo bo’lishi 70-yillarda AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan taklif
qilingan elektron tarmoq tuzish g’oyasi bilan bog’liq. *80- yilarga kelib AQSH milliy fondini
yaratish g’oyasi asosida Internet ning keyingi taraqqiyot etishi vujudga keldi. Xuddi shu davrga
kelib kommersiya tashkilotlari mahalliy tarmoqlar yarata boshlaydi. SHunday qilib, Internet
tarmog’i jahon bo’ylab tarqala boshladi. Bugun Internetdan istagan kishi foydalanishi mumkin.
Buning uchun nima kerak?
1. Provayder bilan shartnnoma tuzish zarur. Odatda, provayder kompaniyalari-bu
kommersiya tashkilotlari bo’lib, o’z regionida Internet bilan hamkorlik qilishni yo’lga qo’yadi.
Buning uchun qimmatbaho texnik vositalar-serverlar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, tezkor
modemlar, ofis texnikasiga ega bo’lishi kerak. Bundan tashqari, provayderlar Internet va
mahalliy tarmoqlar bilan bemalol ishlay oladigan mutaxassislarga va bir qator telefon
tarmoqlariga ega bo’lishi ham shart.
Bugun O’zbekistonda O’zPAK davlat provayderi va uning ta’sir doirasida 40ga yaqin
kommersiya provayderi mavjud.
2.Raqamli telefon kanali yoki yaxshi ishlayditgan telefon kommunikatsiyasi bo’lishi
kerak. Odatdagi telefon kanalida axborot uzatish 2,5 kGts tezlikda, raqamli telefon kanalida 20-112 kbit/sek. Internetda normal ish yuritish uchun 28-33,6 kbit /sek. tezlikda axborot uzatiladi.
3. Operatsion sistemasi Windows 98 va undan yuqori versiyali shaxsiy kompyuter
bo’lishi shart.
4. Modem (modulyatsiya va demodulyatsiya qurilmasiga ega)raqamli signallarni uzluksiz
signallarga aylantirib telefon orqali uzatadi. Provayderdagi modem tezkorligi 33,6 kbit/sek.
bo’lshi kerak.
5. Programma ta’minoti (modemni ishlatadigan va bog’lanishni tashkil etadigan) lazerli
diskda bo’ladi.
6. Internetdan olingan axborotlarni o’qiydigan maxsus programma –brauzer (Internet
Explorer, Netscape Communicater, Opera).
7. Multimedia vositalari – DVD proigrivatellari, teskari bog’lanishli djoystiklar va
Windows standartlari-kodeklar (kodlaydigan va uning teskarisini amalga oshiradigan qurilmalar
bo’lib, ular-audio va video yozuvlar uchun) va tovush kartasi.
Ma’lumki, Internet-tarmoqlar tarmog’i bo’lib, unda ish yuritish uchun asosan yagona
qaydnoma –TCP/IP zarur. Bu qaydnomaga asosan barcha ma’lumotlar paketlarga
joylashtiriladi. Har bir paket o’z ichidagi ma’lumotlardan tashqari 20 baytli sarlavhaga ega.
Internet-xuddi tirik organizm kabi o’zini tashkil etadi, o’z-o’zini davolaydi va takomillashadigan
strukturaga ega.CHunki jahonda halqaro tarmoqning ishlashiga javobgar na shaxs, na tashkilot
bor. U xuddi ko’zga ko’rinmaydigan «efir»dek tashkilot. Tarmoqdagi axborotning harakatini esa faqatgina TCP/IP boshqaradi. TCP/IP qaydnomasi ikki qismdan iborat :
TSR–axborotlarni paketlar(bloklar)ga bo’linishini va keyin tiklanishini ta’minlasa, IP–
tarmoq orqali paketlar uzatilishi va foydalanuvchiga yetib borishini amalga oshiradi. IP–adresi
odatda raqamlar bilan aniqlanadi (masalan, 193.205.31.47). Bunday ifodalanish kompyuter
uchun qulay, ammo foydalanuvchi-mijoz uchun noqulay. SHuning uchun domen(DNS) nomi
tizimi kiritilgan.
Masalan, WWW. TIU. UZ
bunda birinchi belgi shu domenga qarashli kompyuter ismi, ikkinchi belgi serverning
domen nomi, uchinchi belgi esa domenga tegishli suffiks (mamlakat nomi).
Ma’lumki, «so’rov» mijozlardan serverga (paketlarga bo’lingan holda) chiqib keladi,
serverlardan esa mijozlarga so’ralgan kerakli ma’lumotlar keladi. Halqaro tarmoqqa ta’sir
o’tkazadigan yagona tashkilot–bu Internet axborot markazi–Inter NIC bo’lib, u tarmoq
serverlariga adres jo’natish bilan shug’ullanadi.
SHuni qayd etish lozimki, o’zaro bog’langan kompyuterlar majmuasi «Net»(tarmoq)
deb yuritiladi. Internet tarmog’iga kirgan har bir kompyuter 4 qismdan iborat o’z manziliga ega
bo’lib, ushbu manzil IP (Internet Protocol) deb ataladi. Yagona informatsion muhitni tashkil
etuvchi elektron hujjatlar majmuasi esa Web(to’r) deb yuritiladi. Internet informatsion muhitini
tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri o’zining takrorlanmas, unikal URL (Uniform
Resource Locator) adresiga ega.
Zamonaviy informatika xonasida Internet, Internetga ulanish tartibi
Internet ga bog’lanish usullari
Internetga bog’lanishning bir qator usullari mavjud bo’lib, ular bog’lanishning o’zaro
imkoniyatlari va ma’lumotlarni uzatish tezligi bilan farqlanadi. Bog’lanish imkoniyati va tezligi
Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Bog’lanish turlari narxi ortaborish tartibida
quyidagicha ifodalanadi:
UUCP servisi ma’lumotlarni standart telefon tarmoqlari bo’yicha uzatish imkoniyatiga
ega bo’lib, fayllarni bir sistemadan boshqasiga uzata oladi va Internet pochtasi ham USENET
bilan ishlashga imkon beradi. Bu bog’lanish uchun telefon tarmog’i bilan modem zarur.
«CHaqiruv» («so’rov») yordamida bog’lanish (Dial-up Access, Dial-up)da
foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va parol yordamida Internetga to’g’ridan-to’g’ri kirib ishlay
oladi. Ushbu bog’lanishning sifatli usuli ISDN (Integrated Service Digital Network) bo’lib,
raqamli telefon tarmog’i orqali katta tezlik (128 kbit/sek) bilan ish yuritadi.ISDN turli
ma’lumotlarni uzata oladi. Hozirgi kunda uning 2 ta standarti mavjud bo’lib, ular
B-ISDN -yuqori tezlikdagi Broadband ISDN va quyi tezlikka ega N-ISDN)
SLIP (Serial Line Internet Protocol) va PPP (Point to –Point Protocol) orqali
bog’lanishda oddiy telefon tarmoqlarida standart modem yordamida to’g’ridan-to’g’ri Internetga
kirib ishlashni ta’minlaydi. SLIP ga nisbatan PPP ning imkoniyatlari ko’proq, shuning uchun
ham undan keng foydalaniladi.
To’g’ridan-to’g’ri Internetga ajratilgan kanal (vыdelennaya liniya) orqali kirishni
amalga oshirishda provayder alohida tarmoq ajratadi. Foydalanuvchi kompyuteri server
vazifasini o’taydi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 10 MB/sek bo’lib, har bir kompyuter
Internetning barcha imkoniyatlaridan to’la foydalanish mumkin. Bundan tashqari, to’g’ridanto’g’ri aloqani Radio Ethernet orqali ham amalga oshirish mumkin. Bunda radiotexnika asosiy
rol o’ynaydi va ma’lumotlarni uzatish tezligi 11 Mbit/sek ga yetadi.
Internetga ulanish tartibi.
Internetga bog’lanish uchun avvalambor kompyuter, aloqa kanali, modem va programma
ta’minotiga ega bo’lish kerak. Provayder telefon raqamlarini olish hamda mijozning qayd
qilingan takrorlanmas nomi–login va paroli–Passwordga ega bo’lish zarur. Ulanish tartibi
quyidagicha:
1).Windows ish stolidan Moy kompyuter belgisini izlab topish va unda
«sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bosish lozim. Ekranda «Moy kompyuter» darchasi
ochiladi. Unda «Udalenno’y dostup k seti» belgisini topib, «sichqoncha» chap tugmachasini
2 marta ketma-ket bosiladi. Natijada «Udalenniy dostup k seti» darchasi paydo bo’ladi.
2). Ushbu darchada «Novoe soedinenie» belgisini topib «sichqoncha» chap tugmasini
2 marta bosiladi. Kompyuter ekranida endi «Novoe soedinenie» muloqot oynasi paydo bo’ladi.
Unda «Vvedite nazvanie soedineniya» yozuv tagidagi joyga yangi bog’lanish nomi
kiritiladi(masalan, Sarkor Telecom). Keyin darchaning «Nastroyka» tugmachasi yordamida
kompyuterga o’rnatilgan modem modeli va turi tanlanadi. So’ngra darchadagi Dalee
tugmachasida «sichqoncha» chap tugmasini 2 marta bosiladi. U holda kompyuter ekranida «kod
goroda», «telefon», «kod stran» joylariga foydalanuvchi manzili yoziladi.
Masalan, O’zbekiston-998, Toshkent shahri-371(2), Sarkor Telekom -1386000. Keyin
«Gotovo» tugmachasini bosib ish yuritiladi. Ushbu tashkil etilgan bog’lanish internet xizmati
ko’rsatuvchi provayderga avtomatik ravishda qo’ng’iroq qilib ulanish imkoniyatini beradi.
Web-sahifa tushunchasi va shakli.
Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy birlik. U Websaytning tarkibiy qismidir. Web sahifa biror voqelik, xodisa yoki ob’ekt to’g’risida
ma’lumotlarni o’zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Web serverlar bazasi Web saytlardan iborat
bo’lsa, Web saytlar esa o’z navbatida sahifalardan iborat bo’ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML
turidagi fayldir. Web sahifalar matn, tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa
elementlardan iborat bo’lishi mumkin. Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo’lishi mumkin.
Freymlardan (qismlar) iborat sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Web-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish) so’zining
o’zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish mumkin bo’lgan va
noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil Web-saytning bosh sahifasi
manzilini ko’rsatadi. O’z navbatida, bosh sahifada Web-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa
saytlarga murojaatlari mavjud bo’ladi. Web-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP,
texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik, dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil
topgan bo’lishi mumkin. Web-saytni ochish uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil
maydoniga kerakli Web saytning manzili kiritiladi. Web-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.
Web portal tushunchasi. Web portal (inglizcha “portal” – darvoza so’zidan olingan) -bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash, yangiliklar, forumlar va
x.k) ko’rsatuvchi yirik Web-sayt. Portallar gorizontal (ko’p mavzularni qamrovchi) va vertikal
(ma’lum mavzuga bag’ishlangan, masalan avtomobil portali, yangiliklar portali), xalqaro va
mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli bo’lgan), shuningdek ommaviy va korporativ
bo’lishi mumkin.
Web saytlarning toifalari va vazifalari. Web saytlarning asosiy vazifasi shundan
iboratki, ular biror faoliyat, voqea va xodisa yoki biror shaxsning Internetdagi imidjini yaratadi.
Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan saytlarni bir necha xil toifalarga ajratish mumkin:
Ta’lim saytlari. Bu turdagi saytlarga ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari
va masofaviy ta’lim saytlari kiradi, masalan: edu.uz, eduportal.uz
Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan reklama agentliklari va reklamalarni
joriy qilish saytlari kiradi.
Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do’konlar, internet to’lov tizimlari va
internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz, webmoney.ru,
egold.com
Ko’ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompyuter o’yinlariga, fotogalereyalarga,
sayohat va turizmga, musiqa va kinonamoyishlarga bag’ishlangan saytlarni kiritish
mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz, cinema.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |