Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
Axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarining oldini olish.
Axborotni o’zgartirish, yo’q qilish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish, to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish.
Shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf-xatarning oldini olish;
Davlat sirini qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning konfedinsialligini saqlash.
Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda subyektlarning huquqlarini ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |