II. Ishning bajarilish tartibi: SCORM da baholash usullari: Baholar sahifasida ko'rsatiladigan SCORM/AICC paketi uchun o'qitish natijalari bir necha usullar yordamida baholanishi mumkin:
- O'qitish ob'ektlari: bu usul tugatilgan (berilgan) o'qitish ob'ektlarining sonini ko'rsatadi. Maksimal qiymati - paketni o'qitish ob'ektlarining soni.
- Yuqori baho: baholar saxifasida barcha berilgan o'qitish ob'ektlaridan talaba olgan eng yuqori natija ko'rsatiladi.
- O'rtacha baho: agar bu usulni tanlasangiz, Moodle barcha natijalarning o'rta qiymatini hisoblaydi.
- Umumiy baho: bu usulda barcha natijalar umumiylashtiriladi.
Maksimal baho: agar siz uchta baholash usullaridanbirini (yuqori baho, o'rtacha baho yoki umumiy baho) tanlagan bo'lsangiz, u holda ko'rsatma baholar saxifasida ko'rsatiladigan maksimal bahoni aniqlaydi. Siz 1 dan 100 gacha qiymatni tanlashingiz mumkin.
Urinishlar soni: urinishlarning cheklanmagan sonini tanlash yoki ularning sonini 1 dan 6 urinishgacha berish kerak.
Urinishlarni baholash: agar urinishlar soni 1 ga teng bo'lmasa, baholash usulini tanlang. Variantlar - yahshi urinish, birinchi urinish, ohirgi urinish yoki ularning o'rta qiymati.
Oyna o'lchami: o'qitish ob'ektini sozlashning ikkita parametri freym yoki oynaning balandligi va enini aniqlaydi.
Sozlashning qo'shimcha parametrlari "Kengaytirilgan sozlashlarni yashirish "/" Kengaytirilgan sozlashlarni ko'rsatish" tugmasini bosish bilan yashirilgan/ko'rsatilgan bo'lishi mumkin.Ularga quyidagilar tegishli bo'ladi:
Oyna parametrlari:
Odatda paketlar huddi shu oynada Moodle navigatsiyasi vositalari bilan yuqorida va TOS paketi bilan chap tomonda ko'rsatiladi. Siz paket tarkibining ko'rinishini yangi oynada tanlashingiz mumkin.
Agarpaketyangioynadako'rinishinixohlasangiz, Quyidagiishlarnibajaring:
1. Paketni ko'rsatish parametrida “Yangi oyna”ni tanlang.
2. Ochiladigan oyna o'lchamini aniqlang.
Ko'p foydalanuvchilar hali ham 800x600 ekranni ishlatadilar.Ko'p hollarda, birinchi maratoba ishlatilganda 600-enlik va 480-balandlikka ko'ra kichik o'lchamli yangi oynani berish yahshi natija beradi.
Agar ikkala maydon uchun ham 100% ni o'rnatsangiz, u holda suzuvchi ekran butun ekranni to'ldiradi. Oyna o'lchamining foizlardagi boshqa qiymati proportsional ravishda ekranni to'diradi.
Agar maydonlar bo'sh qoldirilsa, u holda yangi suzuvchi oyna brauzer uchun jimlik hoidasiga ko'ra o'lchamga ega.
Talaba tomonidan struktura tarkibidagi sahifaga o'tkazish
Agar paketni bitta o'qitish ob'ekti bilan to'ldirsangiz, u holda foydalanuvchilar kurs saxifasidagi SCORM ni tanlashganda, struktura saxifasiga avtomatik o'tkazishga ruxsatni tanlashingiz mumkin.
Siz quyidagilarni tanlashingiz mumkin:
hech qachon - tarkib strukturasining saxifasini o'tkazib yubormaslik.
Birinchi marta - .struktura saxifasini faqat bir marta o'tkazib yuborish.
har doim struktura saxifasini o'tkazib yuborish.
Oldindan ko'rib chiqish rejimini o'chirish: agar bu bo'lak “Ha” ni o'rnatsa, u holda SCORM/AICC paketi saxifasidagi “OldindanKo'rish” tugmasi yashiriladi.
Jimlik qoidasiga ko'ra, talaba natijani oldindan ko'rish usulini tanlashi mumkin.Agar tugma yashirilgan bo'lsa, u holda talaba urinishni oddiy usul bilan bajaradi.
O'qitish ob'ekti oldindan ko'rishni ishlatish bilan yakunlangan bo'lsa, u ikonkasi bilan beriladi.
Avto davom ettirish: agar “Ha” o'rnatilgan bo'lsa, u holda O'qitish ob'ekti “yaqindan o'zaro ishlash” usulini chaqiradi va keyingi unga tegishli o'qitish ob'ekti avtomatik ravishda boshlanadi.
Agar “Yo'q” tanlansa, u holda keyingi Ob'ektga o'tish uchun foydalanuvchilar “Davom ettirish” tugmasini bosishi kerak.