III. Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash Klaster metodi yordamida ochib berish
IV. Mustaqil ish va vazifalar 1. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2.Moodle elektron o’quv kurslari platformalarini yaratish ishchi paneli va imkoniyatlari bilan tanishish va uni amaliy bajarib ko’rish.
Nazorat uchun savollar. 9. Moodle electron o’quv kurslariga misol ayting.
10.Moodle electron o’quv kurslari imkoniyatlari haqida gapiring.
11.Moodle electron o’quv kurslari afzalliklari qanday?
12.Moodle electron o’quv kurslari kamchiliklari qanday?
Amaliy mashg’ulot №16 МАВЗУ:SCORM BILANTANISHISH.SCORM MODULLARINI YARATISH Ishdan maqsad:Scorm bilan tanishish.Scorm modullarini yaratish bilan tanishish va uni amaliyotga tatbiq etish.
I. Nazariy ma’lumot: SCORM / AICC paketlari Moodle MTV da tashqi tizimlarda yaratilgan, SCORM yoki AICC paketlari import qilinadi.
SCORM moduli ihtiyoriy SCORM yoki AICC standart paketlarini yuklashga va ularni o'quv kursining bir qismi sifatida ko'rishga ruxsat beradi.
SCORM-O'qituvchiga SCORM yoki AICC paketini kursga yuklash uchun ruxsat beradigan kurs elementi
Sharable Content Object Reference Model (SCORM) - umumiy tarkibli ob'ektlarni yuborish modeli - masofaviy ta'lim tizimlari uchun ishlab chi?ilgan standart. Standart o'quv materialini va butun masofaviy ta'lim tizimini tashkillashtirishga qaratilgan talablarni o'z ichiga oladi. SCORM komponetalarning bir - biriga to'g’ri kelishini va ularning ko'p martalab ishlatilishi ta'minlaydi. O'quv materiali turli xil o'quv kurslariga qo'shilishi va kim, qaerda va qanday vositalar yordamida yaratilganidan qat'iy nazar, masofaviy ta'lim tizimida ishlatilishi mumkin bo'lgan alohida kichik bloklar sifatida tasvirlangan. SCORM XML standartiga asoslanadi.
AICC - o'quv materiallari bilan almashinadigan halqaro standartlardan biri.Aviation Industry CBT (Computer-Based Training) Committee - aviaciya sanoati (kompьyuter ta'limi) komiteti tomonidan ishlab chiqilgan.
Paket - bu AICC yoki SCORM ni qo'llaydigan kurs fayllaridan iborat zip (yoki pif) kengaytmali alohida fayl.
SCORM paketi kurs, mashg’ulot, modul va sh.o'.lardan iborat bo'lishi mumkin.
SCORM paketi zip-arhivda SCORM paketi strukturasi, resurslarga havolalar va o'quv blokidan iborat fayllarni aniqlaydigan imsmanifest.xml fayliga ega bo'lishi kerak.
AICC paketi aniq kengaytmali (4 dan 7 gacha) bir nechta fayllarni o'z ichiga oladi.quyida kengaytma qiymatlari yoritilgan:
- CRS - Course Description file. Kursni yoritish fayli (kerak).
- AU - Assignable Unit file. O'zlashtirish fayli (kerak).
- DES - Descriptor file. Fayl-deskriptor (kerak).
- CST - Course Structure file. Kurs strukturasining fayli (kerak).
- ORE - Objective Relationship file. Ob'ektlarni o'zaro bo?lash fayli (unchalik shart emas).
- PRE - Prerequisites file. Yuborshdan oldingi fayl (unchalik shart emas).
- CMP - Completition Requirements file. Talablar fayli (unchalik shart emas).
Bu paketlar veb-saxifalar, grafika, Javascript tilidagi dasturlar, Flesh va veb-brauzerlarda qayta ishlanadigan boshqa resurslarni o'z ichiga olishi mumkin.
Kursga SCORM paketini qo'shish uchun Kurs elementini qo'shish ro'yhatidan SCORM ni tanlang.
Bu element parametrlarini sozlang:
Qisqacha tavsif: maydonda paketning juda qisqa tavsifi joylashadi.
Tavsif kurs va ko'rsatilayotgan saxifalar strukturasining yuqori qismida joylashadi.
Paket fayli: kursga yo’lamoqchi bo'lgan SCORM paketi faylini tanlang.