II. Ishning bajarilish tartibi
Power Pointda iSpring orqali taqdimot yaratish uchun avvalo iSpring dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak. Power Pointga kirganimizda “iSpring Presenter” tugmachasiga duch kelamiz va shu orqali dasturga kiramiz va undan “Publish” tugmasini tanlaymiz.
“Publish” tugmasi orqali quyidagi hosil bo’ladi. Bu yordamida biz prizintatsiyani nomlashimiz, qayerga saqlashimizni ko’rsatishimiz, Playerini tanlashimiz mumkin.
Bu yerda esa slaydlarni qancha vaqtda o’zgarib turishini belgilaymiz.
Shunday qilib Power Point iSpring paketi yordamida taqdimot shaklida o’quv ilovalarni yaratishimiz mumkin.
III. Mustaqil ish va vazifalar
1. Talabalar kerakli ma’lumotlarni, o`z tushunchalarini daftarlariga qayd etadilar.
2. Amaliy mashgulotbo‘yicha ya'ni, power point + ispring paketi yordamida taqdimot shaklida multimediali o’quv ilovalarini yaratishadiva misol aytib fikrlarini umumlashtirishadi.
IV.Pedagogik texnologiyalarini qo‘llash
FSMU texnologiyasi
F-Fikringizni bayon eting;
S-fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating;
M-ko‘rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring;
U-fikringizni umumlashtiring.
Nazorat uchun savollar.
1. Power Point iSpiring paketi yordamida taqdimot qanday yaratiladi?
2. Multimediali o’quv ilovalari deganda nimani tushunasiz?
3. Power Point + ispring paketi afzallik va kamchiliklari haqida gapiring?
Amaliy mashg’ulot № 4
MAVZU: ISPRING ULTRA DASTURI YORDAMIDA TEST SAVOLLARINI YARATISH
Ishdan maqsad: Ispringdasturi yordamida test savollarini yaratish va undan o’quv jarayonida foydalanishning ilmiy nazariy va amaliy ahamiyatini o'rganish. Shuningdek Ispring dasturi yordamida test savollarini yaratish haqida bilim ko'nikma va malakalarni egallash.
I. Nazariy qism
1- iSpring dasturining interfeysi
EAT resurslari ichida kiruvchi ma’lumotnomalar va lug‘atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• birоr-bir fan bo‘yicha elektron ko‘rinishdagi qulay bo‘lgan glossariy, ma’lumotnoma yoki lug‘at yaratish;
• vaqt shkalasini yaratish;
• 3 o‘lchovli kitob yaratish;
• FAQ yaratish mumkin.
2-rasm. iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari
EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
• tаrmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
• ikki, uch, to‘rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to‘g‘ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
• bir necha to‘g‘ri javobli yopiq test topshiriqlari;
• ochiq test topshiriqlari;
• o‘xshashlikni aniqlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar;
• to‘g‘ri ketma-ketlikni aniqlashga mo‘ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
3-rasm. iSpring QuizMaker dasturining interfeysi
Do'stlaringiz bilan baham: |