SSD disklarning afzalliklari:
Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Shu sababli ular fizik urilishlarga biroz bo'lsa ham chidamli sanaladi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.
Ishlash harorati. Oddiy HDD'ga qaraganda SSD disklarning ishlash harorati yuqori, bu haroratga HDD chiday olmaydi.
O'qish va yozish tezligining yuqoriligi. Ulanish texnologiyasi SATA III hisoblanadi va bu orqali ma'lumotlarni yozish tezligi 3-6 Gb/s ga yetadi.
Ixchamligi. Hajmi ixcham bo'lib, og'irligi ham HDD'ga qaraganda yengildir.
Shovqinsiz. Qurilma mikrosxemalardan tashkil topganligi uchun, uning shovqini mavjud emas. Bir eslang, HDD'ning ishlashida chiqadigan shovqinni, ba'zi paytlarda bu shovqin ish jarayoniga halaqit ham beradi.
Asosiy afzalliklari shulardan iborat, har bir narsani afzalligi bo'lganidek, kamchiligi ham bo'ladi. Demak, SSD disklarining kamchiliklarini ko'ramiz.
Qayta yozish. Eng asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Bu jihozga fayllarni yozish, ularni o'chirish davomiyligi chegaralangan, aytishlari bo'yicha 10000 marotaba yozib-o'chirish amalga oshganidan so'ng, bu SSD diskni ishlatib bo'lmas ekan. Shuning uchun bu diskdan asosan o'qish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yana bir narsa, shunday bo'sa ham, hali hech kimdan «mani SSD diskimning yozish-o'chirish davomiyligi tugab qolibdi» degan gapni eshitganim yo'q. Eng yaxshi yo'li, SSD+HDDasosida ish yuriting. SSD operatsion tizimni yuklash uchun, HDD esa fayllarni saqlash(o'chirib-yozish) uchun.
Kelishish. Operatsin tizim bilan kelishish. SSD disklar barcha operatsion tizimlar bilan kelishib ketaolmaydi(kelishib ishlayolmaydi). Ular uchun eng yaxshi variant Windows 7bo'lib turibdi, Windows 8'ni bilmiman. Shuning uchun SSD ulashda operatsion tizimga ham qarash lozim, ishlashga ishlaydi, lekin siz kutgan natijani bermasligi mumkin.
Narxi. HDD disklariga qaraganda SSD disklarining narxi qimmat. SSD disklari 1 Gb hajm bo'yicha narxlanadi(man bilishimcha bizda bunday emas). Shunday bo'lsa ham yildan yilga SSD'larning narxi pasaymoqdi, shu bilan birga HDD'larning narxi ham :). Demak, bularning narxi bir birga tez kunlarda yaqinlashmasa kerak.
Hulosa qiladigan bo'sak, 64Gblik SSD diskni sotib olib, unga operatsion tizim o'rnatib, yana 1 Tblik HDD disk olib, unga barcha fayllarni saqlab ishlatish samarali hisoblanadi. Shunda operatsion tizim juda tez yuklanadi va qolgan fayllar oddiy HDD diskda saqlanib ishlatishimiz mumkin bo'ladi. Agar SSD disk ishdan chiqsa, fayllarimiz o'chib ketmaydi(chunki ular HDD diskda).
Do'stlaringiz bilan baham: |