Kompyuter viruslari va antiviruslar haqida ma’lumot. Mundarija


Dr Solomon's Antivirus Toolkit



Download 171 Kb.
bet2/2
Sana20.01.2020
Hajmi171 Kb.
#35939
1   2
Bog'liq
ANTIVIRUSLAR HAQIDA MA’LUMOT

Dr Solomon's Antivirus Toolkit


Viruslarni aniqlash va ularni yo`qotish bo`yicha eng yaxshi ko`rsatkichlarga ega , shuninig uchun xam narxi qimmat. Narxi yuqoriligiga qaramay (85$) bu dastur «eng yaxshi tanlov» nomiga sazovor bo`ldi. McAfee firmasining VimsScan dasturi ko’proq «yovvoyi» virus-larni uchiradi. Dr Solomon's Antivims Toolkit dasturining interfeysida ixtiyoriy antivirus funkstiyalar, barcha ma’lum viruslarni to`liq ma’lumoti va ularning zararlari hakida ma’lumotlar mavjud. Bu dastur paketiga tarkibiga kiruvchi yuklovchi disketa Bullet («Sexrli uk») ixtiyoriy sistemada viruslarni tez aniqlaydi va yo`q qiladi. Bu paketninig kamchiligi xakida yangi ma’lumotlarni tarmoq orqali yuklay olmasligi xamda yangi versiyalarni almashtirish yiliga 4 marta bo`ladi.

F-Prot Professional

Bu dastur viruslarni yaxshi aniqlaydi, keng sozlash imkoniyatiga ega, viruslarni aniqlaganda elektron aloqa orqali xabar beradi. Dastur kamchiligi yangi vesriyalar bilan almashtirishda parolni zarurligi va dasturni qaytadan o`rnatish zarurligidir. Viruslarni aniqlash bo`yicha o`tkazilgan testda 99 % viruslarni aniqladi, lekin ulardan 78 % ni uchira oldi. Bu dastur paketida doimiy tekshiruvda qaysi disklar , papkalar va fayllar bo`lishi yoki bo`lmasligi imkoniyatlari mavjud. Bu esa vaqtdan yutadi ya’ni avval tekshirilgan fayllarni tashlab o`tishi xisobiga.



IBM AntiVirus v.2.5.

Viruslarni aniqlashda katta imkoniyatga ega bo’lib, 1 ta paketda turli operastiey sistemalar bilan ishlash versiyalari mavjud. Dastur kamligi virusni uchirishda konservativ (eskicha) usuldan foydalanishi. Viruslarni yangi tipini aniqlashda zamonaviy texnologiyadan foydalaniladi. Paket narxi 49 % bo’lib, «yovvoyi» viruslarni yaxshi aniqlaydi va yo`q qiladi.

IBM AntiVirus virus dasturi agarda zararlangan fayl virus uchirishda buzilib ketsa , u xolda bu virusni uchirmaydi. Bunday ҳolatda zararlangan fayl umuman uchiriladi va faylni rezerv nusxasidan qaytadan yuklanadi. IBM AntiVirus dasturi shunday ishlash xisobiga «yovvoyi» viruslarni 32 % ni uchira oladi. Ammo boshqa dasturlar kabi , IBM AntiVirus dasturi yuklovchi sektorni zaralantiruvchi viruslarni 100 % uchiradi. Afzalligi: yangi versiyalar o`rnatish uchun zarur fayllar IBM WEB - server orqali olish mumkin va ularni o`rnatish uchun dastur keng imkoniyatli menyuga ega. Bu dastur paketida Windows 95, 3.x , DOS va OS / 2 sistemalar uchun versiyalar mavjud. ENTERPRISE EDITION ishbilarmonlari uchun dastur paketida Windows NT sistema uchun versiyasi xam mavjud.

Me Afee VirusScan for Windows 95


Viruslarni yaxshi yo`q qiladi, turli operatsion sistemalar bilan ishlay oladi, eng arzon dastur. Kamchiligi: viruslarni yaxshi aniqlay olmasligi va yangi versiyalar uchun qo`shimcha haq to`lanishi. Me Afee VirusScan - mashxur antivirus paketlaridan biri xisoblanadi. O`tkazilgan test natijalariga ko`ra Symantec firmasining Norton Anti Virus dasturi 13 ta makroviruslarni ushladi, McAfee VirusScan 12 ta makrovirus ushladi, 1ta ya’ni Imposter nomli kam uchraydigan virusni ushlay olmadi. Virus Scan dasturi faylli viruslarni «yovvoyi» turlarini qiyin aniqlaydi. Tekshiruv natjalariga ko`ra dastur faylli viruslarni 93 % ni aniqladi. Agarda bu dastur effektivligi yuqori bo`lganda edi, u yaxshi paket xisoblanar edi. Dasturni oson va tez sistema parametrlariga moslashtirib o`rnatish mumkin, bunda dastur parametrlarini o`z ixtyoringizga ko`ra o`zgartirishingiz mumkin.

Virus Scan narxi 45$ bo’lib, Windows 95, 3.x va NT , DOS va OS / 2 asosiy operastion sistemalar uchun versiyalari mavjud. Ammo dasturni imkoniyatlarin kengaytirish uchun qo`shimcha hak to`lash kerak. Ma’lumotlar bazalarini yangilangan versiyalarni WEB da ishlatish mumkin, lekin McAfee WEB - saxifasiga ko`ra yangi versiyalarni kompaniya texnik ta’minotini xam olish sharti bilan ishlatish mumkin. Qayd qilingan foydalanuvchilar birinchi navbatda uch oy davomida bir marta yangi versiyani bepul olishi mumkin. Shundan sung 49 $ ga bir yilga tuzilgan shartnoma asosida cheklanmagan miqdorda dastur yangi versiyalarni va viruslarni yangi belgilarini , xamda doimiy telefon maslaxatlarini olish mumkin.



Norton AntiVirus 2.0 for Windows 95

Afzalligi viruslarni juda yaxshi aniqlaydi, ajoyib interfeys, avtomatik yangilanish. Kamchiligi: «yovvoyi» viruslarni 77 % ni yo`q qiladi. Bu dastur tez, ishonchli va sodda muloqotli bo’lib, foydalanuvchi uchun juda qulay. Mutaxassislar esa o`zlariga moslashtirib olishi mumkin.

Norton AntiVirus dasturining interfeysida Live Update funkstiyasi mavjud. Bu funkstiya Web orqali dasturni va viruslar belgilar to`plamini yangilashi mumkin Shu bilan birga viruslar bilan kurash Ustasi (Virus Repair Wizard ) aniqlangan virus haqida to`liq ma’lumot beradi xamda uni yo`q qilish usullarni tanlash imkonini beradi. Bu usullar : viruslarni avtomatik ravishda yo`q qilish ; bosqichma-bosqich yo`q qilish, bu xolda uchirish jarayonini boshqarish mumkin.

Thunder Byte AntiVirus Utilites.

Afzalligi: faylli viruslarni yaxshi aniqlaydi, tekshirishni juda qulayligi. Kamchiligi: viruslarni uchirishi qiyinroq, yangi foydalanuvchilar uchun uchirish jarayoni murakkab. Birinchi bor Karaganda, Thunder Byte AntiVirus Utilites dasturi (100 $ ) yangi virus belgilarni Web yuklash ikoniyatiga ega. Dastur chuqurroq o`rganilganda, u paketda odatdagi ba’zi bir funksiyalar yo`q , ammo bir qator yangi mukammal funksiyalarga ega. Bu dastur Windows 95 sistemasining «Provodnik» dasturiga o`xshash interfeysiga ega bo’lib, boshqa paketlarda mavjud bo’lmagan bir qator qulayliklarga ega. Tekshirishda siz aloxida disklarni , fayllarni yoki papkalarni belgilashingiz mumkin. Thunder Byte o`tkazilgan test natijalariga ko`ra yuklovchi sektordagi viruslarni 100% ni aniqlaydi, ammo ularni uchira olmaydi. Shu bilan birga dastur siqilgan fayllarni tekshirmaydi, bu esa arxivlangan fayldagi virusni aniqlanmasligiga olib keladi. Thunder Byte dasturi kompyuterda cheklangan ( koorporativ ) holatda foydali bo`lishi mumkin. Faylli viruslarni (makro - viruslardan tashqari) uchirishdan avval TBCLEAN nomli aloxida DOS utilitali disketa xosil qilish kerak. Disketadan yuklanish, tekshirish jarayonida xotiradagi virusni faollashishiga imkon kamayadi, chunki bunda zararlangan yuklovchi sektor va fayllarga murojaat bo`lmaydi.



Evgeniy Kasperskiy Antivirus sistemney.

AntiViral Toolkit Pro by Eugene Kaspersky (AVP) Microsoft kor-porastiyasining test laboratoriyasida sertifikatlangan va "Desig-ned for Microsoft Windows95/NT", " Designed for Microsoft Win-dows 98/NT " belgilarni olgan. Bu sistemaning maxsulotlaridan biri, AVP for Windows'98? Secure Computing (AKSh va Buyuk Bri-taniya) kompyuter xavfsizligi jurnalining test laboratoriyasida IN-the-Wild viruslarni detektirlash bo`yicha tekshirildi va «CheckMark» belgisini oldi. Bundan tashqari , AVP boshka xalka-ro sertifikat va sovrinlarga (ICSA kompyuter xavfsizligi xalqaro amerika korporatsiyasi sovrini ) ega. AVP antivirus sistemasi tarkibiga bir nechta dasturlar kiradi:

• DOS, WINDOWS 3.XX, Windows 95/98/NT , OS/2 operastion tizimlarda ishchi stansiyalar uchun AVP versiyalaridan ;

• AVP inspektori - diskni o`zgarishlardan ximoyalovchi revizor ;

• AVP for Novell Netware va AVP for Windows NT -serverlar uchun AVP versiyalari ;

• Brendmauer (Firewall - 1) lar uchun Internetda antivirus ximoya.


AVP umumiy ҳarakteristikasi.

Umuman sistema:

• Fayllardagi, yuklash sektorlardagi va operativ xotiradagi barcha mavjud turdagi fayllarni izlaydi va uchiradi ;

• «Sikilgan» fayllarda (PKLITE, LZEXE, DIET, SOM2EXE va boshqa dasturlar formatlarida ) viruslarni aniqlaydi va uchiradi ;

• ZIP, ARJ, LHA, RAR formatlardagi arxiv fayllarni tekshiradi ;

• Mashxur elektron alqka sistemalar uchun lokal aloqa qutilarni virusga tekshiradi;

• Evristik mexanizm yordamida noma’lum viruslar va 32-razryadli viruslarni izlaydi ;

• Nostandart zararlaydigan va fayllarni buzuvchi viruslarni aniqlash uchun skanerlash ҳolati mavjud.



Ishchi stanstiyalarni ximoyalash.

Winfows 95, 98 , NT va OS / 2 lar uchun AVP versiyalari rezi-dent monitor yordamida fonli rejimda doimiy ximoyani ta’minlaydi.

DOS uchun AVP versiyasi 2 variantda mavjud : interfeys bilan va buyruq satri ko`rinishida (AVPLITE). AVPLITE avvalgi mashinalarda (INTEL 286) xam ishlashi mumkin. AVPLITE - AVP turkumidagi boshqa skanerlar imkoniyatlariga ega.

AVP INSPECTOR dasturi ishchi stanstiyalarga qo`shimcha ximoyani ta’minlaydi. Bu diskni o`zgarishlardan ximoyalovchi revizor.Dastur Windows 95/98/NT boshchiligida ishlab, fayllar va direktoriyalardagi, sistemali sektorlardagi barcha o`zgarishlarni aniqlaydi. Dastur ajoyibligi, virus xisobiga va virus xisobiga bo’lmagan fayldagi o`zgarishini aniqlay olishi .Masalan, AVP Inspector yordamida sistemaning ish faoliyati (Sistemali reestr) bog`liq bo`lgan resurslardagi o`zgarishlarni aniqlash mumkin. AVP Inspector skanerlash (tekshirish) vaqtini tejaydi, chunki AVP skaneri faqat o`zgargan fayllarni tekshiradi. Bundan tashqari, dastur virus tufayli zararlangan va buzilgan fayllar yoki sektorlarni o`zi tiklash imkoniyatiga ega.

AVP Inspector qulay grafik interfeys (GUI), ko’p maqsadli ish yuritish, ko’p oqimlilik, sof 32-razryadililik, IOS (kiritish-chiqarish supervizori yoki 32-bitli drayver ) drayveri orqali to`g`ridan-to`g`ri fizik va mantiqiy disklarga murojaat qilish imkoniyatlariga ega.

Serverlarni antivirus ximoyalash.

Korporativ tarmoqlarga kirgan viruslar ko’prok salbiy ta’sir o`tkazadi. Shuni xisobiga, ko’plab kompaniyalar o`nlab, ba’zida yuzlab million dbllar yo`qotadi.



AVPN ( yoki NorellNetware uchun Kasperkiy antivirus) - bu skaner, xam filtr bo’lib, doimo serverdagi fayllarni nazorat qilib turadi. AVPN skaner ҳolatida NorellNetware (3.11 versiyadan boshlab va IntranetWare fayl-serverida joylashgan) fayldagi viruslarni izlaydi, filtr ҳolatida fayllarni nazorat qiladi, ya’ni fayllarni o`qishda, ishga tushirishda va serverga yozishda tekshiradi.

AVPN zararlangan fayllarni aniqlagandan so`ng ularni boshqaruvchisiga ko`rsatmasiga binoan, fayllar diskdan o’chirib yuborilishi, ko`rsatilgan joyga faylni ko`chirishi, fayl nomini o`zgartirishi mumkin. Agarda zarurat tug`ilsa AVPN ishchi stanstiyani tarmoqdan uzib, tarmoq administratoriga xabar jo`natadi. AVPN ning skaner holatida bitta tarmoq joylashgan uzoqdagi server tomlarini xam tekshiradi.

Bundan tashqari, AVPN yangi antivirus bazalarini yuklashga imkon beradi yoki antivirus baza ma’lumotlarini AVPN dan chiqmasdan turib to`liq almashtirishga imkon beradi.

Tarmoq boshqaruvchisi, AVPN bilan ishlash mobaynida unga yangi so`zlashlarni kiritishi va xotiraga saqlashi mumkin. Shu bilan birga ishchi stanstiyadan dasturni ishag tushirishi va boshqarishi mumkin. AVPNHH skaner sifatda foydalanilayotganda boshqaruvchi uni jadval asosida hamda ixtiyoriy vaqt mobaynida ishlatishi mumkin.

AVP for Windows NT Server dasturi xam yangi qulayliklarga ega. Uning yordamida sistema boshqaruvchi tarmoқdagi antivirus xavfsizlik strategiyasining markazlashgan xolda boshqarishi mumkin.

Bu dastur ishchi stanstiyalardagi va serverlardagi AVP funkstiyasini tekshirishga imkon beradi, xamda bitta ishchi joyidan butun tarmoq bilan boshqarishga imkon beradi. Xususan, tarmoqning barcha ob’ektlarini moslashtiradi. Dastur boshkaruvchi tarmqқning joriy holati hakida tulik xisobot tuzadi va har bir ishchi stanstiya uchun avtomatik yangilash o`tkazadi.



Brendmauerlar uchun antivirus.

Brendmauerlar xam ximoya uchun tuziladi. Tarmoq ruxsatsiz kirishga to`sqinlik qilgani bilan doimo xam viruslarni yo`qota olmaydi. Kasperskiy laboratoriyasi, CVP (masalan, ChekPoint Fire Wall-1) protokolini ta’minlovchi, ixtiyoriy brendmauerlar uchun AVP for Fire Wall dasturini yaratadi.


AVP for Fire Wall - bu antivirus serveri bo’lib, HTTP, FTP, SMTP va boshqa protokollar bo`yicha qabul qilinayotgan fayllarni tekshiradi. Virus aniqlangan holatda, u faylni davolaydi, zararlangan fayl uzatilishi to`xtatiladi, faylni aloxida katalogga joylaydi va boshqaruviga aloqa orqali xabar beradi.

Xulosa
Hozirgi rivojlangan jamiyatda yashar ekanmiz, biz barchamiz zamon talabi darajasida kompyuter va kompyuter texnikasidan foydalana olish qobiliyatiga ega bo’lishligimiz talab etiladi. Rivojlangan jamiyatni esa kompyuterlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi.

Shunday ekan biz yoshlar barchamiz kompyuterlar haqidagi bilimlarimizni chuqurlashtirishimiz kerak. Hammamizga ma’lumki bugungi kunda “Kompyuter virusi” so’zi notanish so’z emas. Biz bunga tez-tez duch kelib turamiz. Bu viruslarni hatto oddiy uyali aloqa telefonlarida ham uchratish mumkin.

Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda viruslar va antivirus dasturlari haqida ma’lumotlarni keltirib o’tish maqsad qilib qo’yilgan. Viruslardan himoyalanish bugungi kunda global muammoga aylanib ulgurdi desak hato bo’lmaydi. Xususan barcha dunyo banklari viruslardan himoyalanishning yangi va mukammal yo’llarini yaratish bilan ovora bo’lishmoqda. Bu narsa esa o’z-o’zidan viruslarga qarshi dasturlar ya’ni antivirus dasturlarining mukammallashtirilishini talab etmoqda.

Shuningdek ushbu bitiruv malakaviy ishimda viruslar turlari va ulardan himoyalanish usullari haqida ma’lumot berdim.Antivirus dasturlari, ularning ishlash prinsiplari va turlarini tavsiflab o’tdim. Har bir foydalanuvchi xavfsizlik texnikasi qoidalari bilishi kerakligi tufayli kompyuterda ishlashning texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari haqidagi batafsil ma‘lumotlar bayon qilingan.

BMI ni yoritishda bir qancha qo’shimcha adabiyotlardan foydalandim. BMI ning mexnat muxofazasi qismida kompyuter va boshqa orgtexnika vositalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari xaqida bayon etilgan. Xususan Elektr xavfsizligini ta'minlash, Yong’in xavfsizligi va bosh xavfsizlik texnikasi qoidalari aytib o’tilgan.

Xulosa qilib aytganda bitiruv malakaviy ishimni yozish davrida viruslar va antiviruslar dasturlari haqida bir qator yangi tushuncha va tasavvurlarga ega bo’ldim.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. G’ulomov S.S.,Begalov B., Shermuhamedov A. Axborot tizimlari va texnologiyalari.

«Sharq», Toshkent, 2000.

2. Aripov M. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari. Toshkent. 2001. "Universitet"

3. Oxunov M.X., Fozilov I.R. “Informatira” fanidan ma’ruza matnlari.- F.:Texnika, 2005.

4. Денинг В., Эссиг Г., Маас С. Диалоговые системы "Человек-ЭВМ". Адаптация к требованиям пользователя: Пер. с англ.- М.: Мир,1984.-112 с.,ил.

5. Довгялло А.М. Диалог пользователя с ЭВМ: Основы проектирования и реализации.-Киев:Наукова думка,1981

6. Коутс Р., Влейминк И. Интерфейс "человек-компьютер": Пер. с англ.-М.: Мир, 1990.-501 с.

7. Гафурова М.Т., Дадабаева Р.А. Персонал компьютерларнинг программ системалари.- Тошкент, ТДИУ, 1992.-100 бет.

8. Р.Персон Windows 95 в подлиннике: Пер. с англ.-СПб: ВНV- Санкт-Петербург, 1996.-736 с.

9. А.И. Марченко, В.П. Пасько Word 7.0 для Windows 95: К.: Торгово-издательское бюро ВНХ, 1996.-464 с.



10. www.ziyonet.uz
Download 171 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish