Kompyuterga viruslar kirishining asosiy yo‘li egiluvchan va lazerli disklar va kompyuter tarmoqlari hisoblanadi. Virusga ega bo‘lgan dasturni diskdan yuklash orqali qattiq diskni virus bilan zararlash mumkin. Bunday zararlanish tasodifiy bo‘lishi mumkin. Bunda disk tizimli bo‘lishi shart emas. Uni zararlangan kompyuter disk yurituvchisiga qo‘yish bilan virus tushushi mumkin. Kompyuter virus bilan zararlanganda uni aniqlash muhim. Buning uchun virus mavjudligining asosiy belgilarini bilish zarur.

Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
ishning to‘xtashi yoki normal ishlab turgan dasturlarning noto‘g‘ri ishlashi;
kompyuterning sekin ishlashi;
operatsion tizimni yuklash imkoniyatining yo‘qligi;
fayl va kataloglarning yo‘qolishi yoki ular mazmunining o‘zgarishi;
fayllar vaqti va kunining o‘zgarib qolishi; fayllar o‘lchamining o‘zgarishi;
kompyuter ishida tez-tez uzilishlarning yuzaga kelishi.
Viruslardan himoyalanish uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
Diskning fizik buzilishidan, foydalanuvchining noto‘g‘ri harakatlaridan yoki noto‘g‘ri ishlayotgan dasturlardan himoyalanish uchun foydali bo‘lgan axborotni himoyalash umumiy vositalari;
Virus bilan zararlanish ehtimolligini kamaytiruvchi profilaktik choralar;
Virusdan himoyalanish uchun maxsuslashtirilgan dasturlar.
Axborotni himoyalash umumiy vositalari nafaqat viruslardan himoyalanish uchun foydali. Bu vositalarning ikkita asosiy turi mavjud:
Axborotni nusxalash – diskning tizim sohalarini va fayllar nusxalarini yaratish.