Filtr-dasturlar yoki «qo’riqchilar» kompyuterning ishlashi jarayonida viruslar uchun xarakterli bo’lgan shubhali harakatlarni aniqlash uchun mo’ljallangan, katta bo’lmagan rezident dasturlarni ifodalaydi. Bunday harakatlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
Filtr-dasturlar yoki «qo’riqchilar» kompyuterning ishlashi jarayonida viruslar uchun xarakterli bo’lgan shubhali harakatlarni aniqlash uchun mo’ljallangan, katta bo’lmagan rezident dasturlarni ifodalaydi. Bunday harakatlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
.com, .exe kengaytli fayllarni tahrirlashga harakat qilish;
fayl atributlarining o’zgarishi;
absolyut manzil bo’yicha diskka to’g’ridan to’g’ri yozish;
diskning yuklovchi sektorlariga yozish;
rezident dasturni yuklash.
Qandaydir dastur orqali yuqorida ko„rsatilgan amallarni bajarishga harakat qilinganida «qo„riqchi» foydalanuvchiga habar beradi va taqiqlash yoki bu amalni bajarishga ruxsat berishni taklif qiladi. Filtr- dasturlar juda foydali, ular viruslarni ko„payishidan avval, boshlang„ich bosqichida aniqlash imkoniga ega. Ammo, ular fayl va disklarni viruslardan «davolamaydi». Viruslarni yo„qotish uchun boshqa dasturlarni qo„llashga to„g„ri keladi, masalan, faglar. MS-DOS utilitlari paketiga kiruvchi Vsafe dasturi filtr-dasturga misol bo„la oladi.
Vaksina-dasturlar yoki immunizatorlar – bu rezident dasturlar bo„lib, fayllarning zararlanishi oldini oladi. Virusni «davolovchi» doktor- dasturlar mavjud bo„lmasa, vaksinalar qo„llaniladi. Vaksina dastur faqat aniqlangan viruslardan himoyalaydi. U diskni shunday modifikatsiyalaydiki, bu ularning ishlashiga ta‟sir qilmaydi, virus ularni zararlangan deb qaraydi va shu sababli unga tadbiq qilinmaydi.
NOD32 – Kasperskyga nisbatan tez ishga tushadi va tizimga yuklamasi har daqiqa kamayib boradi, yangilanish olib turganda foydalanuvchi deyarli sezmaydi, turli xato yoki shu kabi holatlarda esa soddagina yozuvlarni aks etadi.
Kasperskyda esa aksincha, foydalanuvchi qancha ko'p fayllarni ochsa shuncha tizimni og'irlashtiradi, agarda biror bir xato yuzaga kelsa yoki kompyuter internetga ulanmagan bo'lsa – "voxima" solishni boshlaydi.
Qidiruv tizimiga kelsak, ESET – Kasperskyga qaraganda tez qidiradi, lekin samarasi jihatidan nisbatan past hisoblanadi. Kaspersky juda uzoq vaqt tekshiradi, lekin nisbatan ko'proq xatarli fayllarni topadi. Shunga yarasha tizim yuklanadi va qotadi.
ESET da tashqi portlarni (fleshka portlari, diskovod) bloklash imkoniyati mavjud, qo'shimchasiga yangi versiyalarni tarmoqni ko'proq nazorat qilish imkonini beradi. Kasperskyda esa tizimni qayta tiklash, bulutli himoya va shu kabi noodatiy imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |