Kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


Kompyuterlar va kompyuter tizimlar idasturiy ta'minotlari



Download 4,8 Mb.
bet58/68
Sana13.06.2022
Hajmi4,8 Mb.
#662855
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68
Bog'liq
«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S T Kubayev, U I Murtazayeva

4.2. Kompyuterlar va kompyuter tizimlar idasturiy ta'minotlari.
Shaxsiy kompyuter ikkita tashkiliy qismlardan iborat. Bular: apparat ta’minot (hardware) va dasturiy ta’minot (soft­ware) lardir.
Apparat ta’minoti — bu, birinchi navbatda kompyuterning asosiy texnik qismlari va qo’shimcha (atrof) qurilmalaridir.
Dasturiy ta’minot kompyuterning ikkinchi muhim qismi bo’lib, u ma’lumotlarga ishlov beruvchi dasturlar majmuasini va kompyuterni ishlatish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni o’z ichiga oladi. Dasturiy ta’minotsiz har qanday kompyuter bamisoli bir parcha temirga aylanib qoladi.
Kompyuterning apparat va dasturiy ta’minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi?
Avvalo, ular orasidagi bog’lanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish - bu apparat interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa - dasturiy interfeys, apparat qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish - apparat - dasturiy interfeys deyiladi.
Shaxsiy kompyuterlar haqida gap ketganda kompyuter tizimi bilan ishlashda uchinchi ishtirokchini, ya’ni insonni (foydalanuvchini) ham nazarda tutish lozim.
Inson kompyuterning ham apparat, ham dasturiy vositalari bilan muloqotda bo’ladi. Insonning dastur bilan va dasturni inson bilan o’zaro muloqoti — foydalanuvchi interfeysi deyiladi.
Endi kompyuterning dasturiy ta’minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta’minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
tizimli dasturiy ta’minot;
amaliy dasturiy ta’minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’minot (System software) — kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) — bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Tizimli dasturiy ta’minot.
Kompyuter dasturlar ta’minotining to’plami quyidagi guruhlarga ajraladi:
- tizimli dasturlar – xilma-xil qo’shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalarni diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlarning nusxalarini olib qo’yish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang’ich ishga tayyorlash va hokazolar;
- amaliy dasturlar – foydalanuvchilarga zarur bo’lgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn tahrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, informatsion massivlar va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va hokazolar.
- dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar – ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
Tizimli dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
- grafik interfeys – ma’lumotlarni chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar to’plamini hosil qilish mumkin, ya’ni alohida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va hokazolar;
- multidasturlashtirish – bir vaqtning o’zida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;
- dasturlararo ma’lumot almashinishnig kengaytirilgan vositalarini ishlatish.
Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalarni yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda EHM texnik vositalarining imkoniyatlarini ancha kengaytiradi.
EHM dastur ta’minotining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
- dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani EHMda yechishga tayyorlash;
- operator bilan EHMning eng qulay ko’rinishlardagi aloqasini tashkil qilish;
- EHMni nazorat qilish, unga diagnoz qo’yish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yo’l qo’ymaslik.
EHMning dastur ta’minoti strukturasida dasturlashning modulli printsipi amalga oshiriladi, bu printsip, odatda funktsional bog’liq bo’lmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar ko’rinishida shakllanadigan va sozlanadigan bo’lishini talab qiladi. Bunday struktura yoki ularning o’rnini almashtirish, yoxud qo’shimcha modullar kiritish yo’li bilan EHMning dastur ta’minotini nisbatan oddiy kengaytirish va takomillashtirish imkonini beradi.
EHM dastur ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim bo’lib, u turli rejimlarda EHMning eng samarali ishlashini, shuningdek, masalani EHMda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfining kamayishini ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuidan iborat.
EHM funktsional maqsadiga bog’liq holda kompleks monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan displey kiritiladigan katta sonli bo’lmagan oddiy buyruqlarning bajarilishidan tortib, to aniq vaqt davomida har xil qurilmalar bilan boshqarishgacha o’zgarib turadi. Monitorning odatdagi vazifasi xususiy EHM bilan foydalanuvchi o’rtasida o’zaro aloqadorlikni tashkillashtirish, resurslar taqsimlashni boshqarish va xususiy EHM faoliyatida talab etilgan rejimni ta’minlash, tizimli va boshqa dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat ostiga olish, ma’lumotlar almashinish jarayonning bajarilishini boshqarishdir.
Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
Axborotlarning tashqi tashuvchilarga xizmat ko’rsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek, tashuvchilar va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlarni bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlarni qo’llash ishlarini yengillashtiradi. Ular o’zlarining funksional maqsadlari nuqtai-nazaridan turli-tumandir, lekin qoidaga ko’ra, ularning tarkibida matnni tahrirlash dasturlari va kutubxonalar bo’ladi. Displeydan yoki boshqa bir qancha tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali xususiy EHMning operativ yoki tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida o’zgartirilishi mumkin. Ko’plab tahrir dasturlari mavjud, ular bir-biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o’zgarishlar qilish uchun ishlatiladi.
Tizimli dasturiy ta’minot (TDТ) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qism­dan — asosiy(bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xiz­mat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish