Kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


Intel to'rt yadroli protsessorlari



Download 4,8 Mb.
bet57/68
Sana13.06.2022
Hajmi4,8 Mb.
#662855
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68
Bog'liq
«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S T Kubayev, U I Murtazayeva

Intel to'rt yadroli protsessorlari

2 007 yil yanvar oyi boshlarida Las-Vegasda bo'lib o'tgan CONSUMER ELECTRONICS SHOW (CES) 2007 xalqaro ko'rgazmasida Intel korporatsiyasi yana uchta to'rt yadroli, shu jumladan Intel®Core™2 Quad savdo belgisi bilan ish joyi kompyuterlari uchun protsessor modelini ham rasmiy taqdim etdi. Endi to'rt yadroli protsessori kompyuterlarni barcha sotib olishi mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda Intel korporatsiyasi ish joyi kompyuterlari va korporativ server-tizimlar bozor segmenti uchun mo'ljallangan to'rt yadroli protsessorlar to'qqizta modellarini taqdim etadi. 


Intel®Core™2 Quad protsessori to'rtta hisoblash yadrosiga ega va kompyuter sezgirligi, katta tezligini ta'minlaydi. Bu yangi to'rt yadroli protsessorni distribyuterlar orqali buyurtma bilan olish mumkin va Intel marketing dasturi ishtirokchilari - kompaniyalar-yig'uvchilar ish joyi kompyuterlarida foydalanish uchun olishlari mumkin. Intel kompaniyasi bir protsessorli serverlar uchun to'rt yadroli protsessorlar ikki modellarini ishlab chiqarish boshlanishini ham ma'lum qildi. Yangi protsessorlari eng ilg'or Intel Core 2 Duo va to'rt yadroli protsessorlar oilasini to'ldiradi, hozirda ish joyi kompyuterlari, noutbuklar va serverlar uchun 29 ta ikki yadroli va to'rt yadroli modellari mavjud. 
"Ommaviy kompyuterlar uchun to'rt yadroli protsessorlar texnologiyasini taqdim etib, Intel navbatdagi ildam odimni amalga oshirdi - Intel korporatsiyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Pol Otellini (Paul Otellini) - ish joyi kompyuterlari endi foydalanuvchilarga yangi va ajoyib imkoniyatlarni taqdim etib ilgari faqt superkompyuterlar ega bo'lgan mahsuldorlik darajasiga erishadilar".
Intel ko'p yadroli protsessorlari foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi deyarli barcha tomonlarini yaxshilashga imkon beradi. Intel®Core™ revolyutsion mikroarxitektura asosida yaratilgan bu mikroprotsessorlar yuksak mahsuldorlikka ega va o'yinlar uchun kompyuterlarga mo'ljallangan. Ularning asosiy ustunliklari - zamonaviy qo'shimchalarni bozor shu qismi uchun xos bo'lgan parallellizmni yuksak darajasida ta'minlashidan iborat. To'rt yadroli protsessorlari ustunliklari va qudratli imkoniyatlaridan to'la darajada foydalana oladigan ko'p yo'nalishli qo'shimchalar va keyingi avlod o'yinlari yaratish sohasida Intel korporatsiyasi DT ishlab chiqaruvchilari bilan faol hamkorlik qilmoqda.
To'rt hisoblash yadrosi hisobiga bunday protsessorlar asosidagi kompyuterlar Adobe After Effects*, Premiere Pro 2.0*, Windows Media Encoder*, Snapstream* va Win DVD* kabi yuqori tezlikda hisoblash bilan ko'p oqimli qo'shimchalarni bajarish uchun juda mos yechim hisoblanadi.
Agarda yaqinda Microsoft Windows Vista* taqdim etilganini eslasak, bozorga yangi dasturiy tizim va uning barcha imkoniyatlarini ta'minlaydigan yangi protsessorlar deyarli bir vaqtda chiqarilishi kamdan-kam uchraydigan holatidir.
Mahsuldorlik yangi darajalaridan tashqari to'rt yadroli protsessorlar foydalanuvchilar uchun multimediali axborotlar va raqamli o'yinlarni yaratish, tahrir qilish, ko'rish va tinglash uchun imkoniyatlarni kengaytiruvchi ko'p masalali hisoblash muhitini ta'minlaydi.
Intel®Core™2 Quard protsessori bilan kompyuterlar yuksak aniqlikdagi videoni ko'rish uchun mos keladi. Ulardan oilaviy multimediali dam olish markazlari sifatida ham foydalanish mumkin - chunki bir necha talabchan qo'shimchalarni bir vaqtda bajarilishi mumkin bo'ladi. To'rtta hisoblash yadrolari bir necha multimediali oqimlar bilan ishlashga imkon beradi, shuning uchun Intel® Viiv™ texnologiyasi asosidagi yangi protsessorlar bilan shaxsiy kompyuter o'yinlar, dam olish uchun juda keng imkoniyatlarni ta'minlab raqamli uy konsepsiyasiga juda mos keladi.



Serverlar uchun yangi to'rt yadroli protsessorlar
Intel korporatsiyasi bir protsessorli serverlar uchun 3200 seriyali Intel® Xeon® to'rt yadroli protsessorini ham taqdim etdi. Bu protsessorlar Intel Core mikroarxitekturasi asosida yaratilib, dastlabki darajali serverlar - korporativ elektron pochta serverlari, Web-serverlar, faylli serverlar va bosma serverlari uchun energetika samaradorligi mahsuldorlining yangi darajalarini ta'minlaydi. Intel Xeon 3200 seriyali yangi to'rt yadroli protsessorlaridan 1066 MGs chastota bilan tizim shinasi va 8 MB hajmli 2 darajali kesh-xotiraga ega 2,4 va 2,13 GGs takt chastotalari bilan ikki modeli taqdim etiladi. Intel korporatsiyasi hisoblash texnikasini rivojlantirish yo'lida juda tez va oddiygina navbatdagi evolyusion qadam qo'yishga erisha oldi. Bu yarim o'tkazgichli mikrosxemalar ishlab chiqarish jarayonlari va texnologiyalarini takomillashtirishga doimiy investisiyalar kiritish hisobiga mumkin bo'ldi. Ilg'or texnologiyalar Intel korporatsiyasiga o'z protsessorlarining energiya sarflashini kamaytrishga va tranzistorlar joylashishi zichligini oshirib borishga va shu bilan bir korpusda bir necha hisoblash yadrolarini kiritish hamda yangi mahsulotlarni yanada ma'qul hisoblangan narxlarda ishlab chiqarishga imkoniyat yaratadi.
Narxlari va ularning arzonligi
CES ko'rgazmasida yangi to'rt yadroli Intel®Core™ 2 Quard Q6600 (2,4 GGs takt chastotasi bilan) protsessorini ishlab chiqarish va imkoniyatlarini namoyish etish bo'lib o'tdi. Hozirgi kunda bu protsessor 1000 dona partiyasiga 851 dollar narxdan olish mumkin. Intel® Xeon® X32220 (2,4 GGs) to'rt yadroli protsessorini ham 851 dollar narxda, Intel® X3110 (2,13 GGs) protsessori esa 690 dollar turadi.
Single Core
Bunday protsessorlarning faqat bitta yadrosi bo’lib, u bir vaqtda faqat bitta jarayonni boshlay oladi. Biroq u ba’zi holatlarda yangi jarayonni oldingi jarayon tugallanishidan oldin boshlay oladi. Dastlab hamma protsessorlar yagona yadroga ega bo’lgan. Masalan, Intel Pentium 4 670, AMDI Athlon 64 FX-55.





4.4-rasm. Intel Pentium 4 670, AMDI Athlon 64 FX-55 protsessorlari


Multicore
Ikki yoki undan ortiq protsessorlarning logik yadrosidan iborat yagona fizik protsessor ko’pyadroli texnologiya (multicore technologies) deb ataladi. Bu protsessorlar yagona integral sxemada saqlanadi. Bunga misol qilib, Intel core i7, Intel core 2 duo ni keltirishimiz mumkin.





4.5-rasm. Intel core i7, Intel core 2 protsessorlari




Bir yadroli va ko’p yadroli protsessorlar farqlari






4.6-rasm. Bir yadroli va ko’p yadroli protsessorlar farqlari
Afzalliklari
- Multi-tasking unumdorligi
- SHK xavfsizligi
- mos keluvchi dasturiy ta’minotdan foydalanilganda ko’p yadroli arxitektura bir necha dasturiy oqimlarni baravariga bajarish imkonini ta’minlaydi
- ko’p oqimlar bilan ishlash jarayonida, n ta yadroli protsessorlar har bir oqimni yadrolarga taqsimlash orqali bir vaqtning o’zida n ta oqim jarayonlarini bajara oladi. Agar u n ta oqimdan ko’proq jarayonni amalga oshirishi kerak bo’lsa va uni biz x deb olsak, har bir yadro o’rtacha hisobda x/n oqimlar bilan ko’p oqimli protseduralarga murojaat eta oladi.
Kamchiliklari
- ko’p oqimli jarayonlar bilan ishlashda muammo bo’ladi. Dasturni kompilyatsiya bo’lishida ko’p yadroli protsessorlar imkoniyatlarini tashkillashtirishga qaratilmagan.
- narxlari bir yadroli protsessorlarga qaraganda qimmat turadi.
- cache coherence – ko’p protsessorli tizimlarda bir necha protsessorlar tomonidan bir vaqtning o’zida xotiraga murojaat qilish muammosini keltirib chiqaradi, bunda har bir protsessor shaxsiy kesh-xotiraga ega bo’ladi.
- bir yadroli protsessorlarni zichlikni o’tkazishiga qaraganda ko’p yadroli protsessorlarda issiqlikni boshqarish qiyinroq.


Ko’p yadroli protsessor arxitekturasi




4.7-rasm. Ko’p yadroli protsessor arxitekturasi



Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish