Kompyuter tizimlarini loyihalash va tashkil etish


 Protsessor nomiga qarab ham aniqlash mumkin, misol uchun AMD



Download 4,8 Mb.
bet55/68
Sana13.06.2022
Hajmi4,8 Mb.
#662855
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Bog'liq
«Kompyuter tizimlari» kafedrasi S T Kubayev, U I Murtazayeva

3. Protsessor nomiga qarab ham aniqlash mumkin, misol uchun AMD protsessori bo’lsa, «X» oldidagi raqamga qarash lozim. X2 — ikki yadroli,…
Agar Intel protsessori bo’lsa, Core2 DuoDual - bular ikki yadroli, Quad - to’rt yadroli.
Yuqoridagilardan tashqari BIOS ga kirib ham aniqlash mumkin, lekin shuncha imkoniyat mavjud bo’lganda, BIOS ga kirishning nima keragi bor.


Universal mikroprotsessorlarni rivojlanish holati va taraqqiyoti
Celeron rusumli protsessor
0.25 mkm - texnologiyasi bo’yicha yaratilgan “eng oddiy” kompyuterlar uchun protsessorning Celeron deb nom berilgan soddalashtirilgan varianti ishlab chiqarildi. Ilk Celeron protsessorlar yadrosining chastotasi 266 va 300 MGts (shina chastotasi – 66 MGts) bo’lgan. Ikkilamchi kesh - xotira qurilmasi kiritilmagan. Bu esa, o’z navbatida, ish unumdorligida o’z aksini topdi (tizim platalarida ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi uchun slot 1 (ajratkich), tabiiyki, bo’lmagan). Tizim platalarining narxi tushishi va Celeronning o’zi arzon bo’lishi barobarida havaskorlar uchun mo’ljallangan mashina chindan ham arzon bo’lgan. Bugungi Celeron protsessorlar, chastotasi 300 MGs li Celeron 300A modelidan boshlab, yadro kristalli ustida o’rnatilgan va yadroning chastotasida to’liq ishlaydigan kichik hajmli (128 Kbayt) ikkilamchi kesh-xotira qurilmasiga ega.
Takt chastotasi 500, 466, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron protsessorlarning ish unumdorligi keng ommalashgan zamonaviy ilovalar tez va samarali ishlashini ta’minlaydi. Bunday protsessorlarga, asosida Pentium II protsessori yaratilgan P6 mikroarxitekturasiga oid barcha afzalliklar berilgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 va 333 MGs li Intel Celeron protsessorlar ichiga hajmi 128 Kb li 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi o’rnatilgan. Takt chastotasi 300 MGs li Intel Celeron protsessorlarning yadrosi o’z ichiga 7,5 million tranzistorni mujassam etgan. Takt chastotasi 500, 433, 400, 366 va 333 MGs li protsessorlarning yadrolari esa 2- darajaga mansub ikkilamchi kesh - xotira qurilmasi o’rnatilganligi bois 19 million tranzistorga ega.


Xeon oilasiga mansub protsessorlar
Kuchli kompyuterlarda Xeon protsessorlari qo’llaniladi. Ushbu protsessorlar uchun slot 2 joriy etilgan. Ushbu slot (yangi protsessorning interfeysi bilan birgalikda) 1, 2, 4 va hattoki 8 protsessorli FRC li ortiqcha tizimlarni ham, simmetrik tizimlarni ham yaratish imkonini beradi. Shinalarining chastotasi 100 MGs yadrosining chastotasi esa 400 MGs va bundan ham yuqori, ikkilamchi kesh-xotira qurilmasi xuddi Pentium Prodagi kabi yadro chastotasida ishlaydi. Ikkilamchi kesh - xotira qurilmasining hajmi 512 Kbayt, 64 Gbaytgacha keshlashtirilganida 1 yoki 3 Mbayt (jamiki manzil makoni 36 bitli manzil belgilanishida). Xeon protsessorlari nafaqat katta quvvatli, balki katta, xususan: 15,2 x 12,7 x 1,9 sm o’lchamlari bilan ham ajralib turadi Xeon protsessorlari tizim axborotini saqlash uchun mo’ljallangan yangi vositalarga ega. Protsessordagi faqat o’qish uchun mo’ljallangan protsessorga oid axborotni saqlovchi doimiy xotira qurilmasi PIROM (Protsessor Information ROM) yadro protsessori va kesh-xotira qurilmasining elektr tasniflarini (chastotalar diapazoni va iste’mol qilinadigan elektr kuchlanishlarni), S- tasniflarni va protsessorning 64 bitli seriya raqamini saqlaydi.
RISC tipidagi mikroprotsessor.
RISC tipidagi mikroprotsessorlar oddiy, dasturlarda еng ko’p uchraydigan buyruqlarni o’z ichiga oladi. Qiyinroq buyruqlarni bajarish kerak bo’lganda mikroprotsessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig’ish amalga oshiriladi. Bu MPlarda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga 1 mashina takti sarflanadi (CISC tizimidagi xatto еng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi). 
RISC tipidagi birinchi MPlardan — ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga еga bo’lgan 32-razryadli MP.
Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amal/sekund bajaradigan tezkor 64 - razryadlidir. Power PC mikroprotsessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda istiqbollidir va hozirning o’zidayoq mashina - serverlarda va Macintosh tipidagi ShKlarda keng qo’llanilmoqda. Power PC mikroprotsessorlari 300 MGsgacha taktli chastotaga еga, Alpha mikroprotsessorlari еsa hozirgi vaqtdagi еng yuqori taktli chastota - 600 MGs modeliga еga. 
RISC tipidagi mikroprotsessorlar juda yuqori tezkorlikka еga, lekin dastur jihatdan CISC-protsessorlar bilan moslashgan. IBM PC ShKlari uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MPlarni dasturli darajada, faqat еmulyatsiya (modellashtirish, imitatsiya qilish) qilishi mumkin, bu еsa ular samarali unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.
Barcha yangi MPlar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o’lchamli еlementlarning shakllanishini ta’minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an’anaviy 80486 va Pentium MPlarida 0,8 mikronli еlementlarni ishlatilgan).
Еlementlar o’lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi: 
• MP taktli chastotasini 100 MGs gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to’siq «yorug’likning» yetarli bo’lmagandagi (!) tarqalish tezligidir (300 000 km/s);

Download 4,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish