Mantiqiy himoyalash — dasturiy vositalar bilan ma’lumotlarga egalik
qilishni taqiqlash uchun qo‘llaniladi.
Тarmoqlararo ekranlar va shlyuzlar — tizimga keladigan hamda undan
chiqadigan ma’lumotlarni ma’lum hujumlar bilan tekshirib boradi va
protokollashtiradi.
Хavfsizlikni auditlash tizimlari — joriy etilgan operatsion tizimdan
o‘rnatilgan parametrlarning zaifligini qidirishda qo‘llaniladigan tizimdir.
Real vaqtda ishlaydigan xavfsizlik tizimi — doimiy ravishda tarmoqning
xavfsizligini tahlillash va auditlashni ta’minlaydi.
Stoxastik testlarni tashkillashtirish vositalari — axborot tizimlarining sifati va
ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladigan vositadir.
Aniq yo‘naltirilgan testlar —
axborot-kommunikatsiyalar
texnologiyalarining sifati va ishonchliligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Хavflarni imitatsiya qilish — axborot tizimlariga nisbatan xavflar yaratiladi
va himoyaning samaradorligi aniqlanadi.