Tarmoqda izlash. Tarmoqda kompryuterlarni izlash. Tarmoqda fayllar va papkalarni izlash 1. WINDOWS 9x OS lokal tarmog'ida kompyuterlarni izlashning ikki uslubi mavjud:
-"Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ekti yordamida, boshqacha aytganda, bu usul "qo'lda izlash" deb ham ataladi;
-"Izlash" menyusi yordamida "Ishga tushirish" menyusidan, bu holda izlash kompyuter nomi bilan o'tkaziladi.
Birinchi holda izlash quyidagicha bo'ladi:
- ishchi stolida "Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini oching;
-kompyuter tarmog'iga ulanganlardan Sizga kerakli kompyuterni tanlang;
-tanlangan kompyuter belgisi bo'ylab "sichqoncha"ni ikki marta harakatlantiring.
Ikkinchi holda jarayon quyidagicha bo'ladi:
- "Ishga tushirish" menyusidan "Izlash"ni tanlang;
- "Izlash" menyusidan "Kompyuter" punktini tanlang;
- agar faqat kompyuter nomi ma'lum bo'lsa, uni "Nom" maydoniga kiriting (masalan, Marketing yoki WS1);
- "Topish" tugmasini bosing.
Tarmoqda fayl va papkalarni izlash.
a) "Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ekti yordamida:
"Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini oching;
-hosil bo'lgan tarmoqqa ulangan kompyuterlar ro'yxatidan izlash kerak bo'lgan kompyuter nomini tanlang (bizda qo'shni kompyuter nomi);
- tanlangan kompyuterni oching;
- umumiy papka ro'yxatidan keraklisini tanlab, uni oching.
b) "Izlash" menyusi yordamida "Ishga tushirish" menyusidan:
- "Ishga tushirish" menyusidan "Izlash" menyusini tanlang;
- "Izlash" menyusidan "Kompyuter" bo'limini toping;
-"Nom" qatoriga izlash lozim bo'lgan umumiy papka nomini yozing. Masalan, \\marketing\reports yoki \\WS1\salom, bu erda \\marketing va \\WS1 bu umumiy papkadan qidirish kerak bo'lgan kompyuter nomlari, \reports va \salom qidirilayotgan umumiy papka nomi. Endi ushbu jarayonning umumiy formulasi quyidagicha bo'ladi: “\\”-kompyuterning tarmoqdagi nomi, “\”- papkaning umumiy nomi.
- agar papka topilgan bo'lsa, uni oching.
Tarmoqdagi fayl va papkalarni "Izlash" menyusi fayl va papkalari buyruqlari yordamida izlash:
-"Ishga tushirish" menyusini oching va "Izlash" menyusini tanlang;
-Papka va fayllar bo'limini tanlang;
-"Nom" qatorida qidirilishi lozim bo'lgan fayl yoki papkaning nomini yozing;
-"Sharh" tugmasini bosing
-hosil bo'lgan muloqot oynasidan "Tarmoqlararo bog'lanish" ob'ektini oching;
-kerakli kompyuterni oching;
-izlanayotgan papka yoki fayllarning umumiy papkasini ajrating;
-OK ni bosing;
-"Izlang" tugmasini bosing.