Lokal tarmoqlarning asosiy turlari
Tarmoq texnologiyasi rivojlanish davri boshidayoq (taxminan 1975 yildan) Digital Equipment Corporation (DEC), Intel va Xegox kabi mashhur firmalar sa'y- harakati bilan Ethernet deb nomlanuvchi juda qulay, ommaviy tarmoq texnolo-giyasi paydo bo'ldi.
U o'zining arzonligi, qulayligi, ishonchliligi bilan ajralib turadi. Kamchiligi ham yo'q emas. Masalan, stantsiyalar soni oshib ketgan yoki uzatiladigan axborot hajmi ortganda, tarmoqning ish tezligi sezilarli tushib ketadi. Binobarin, u bilan videokonferentsiyalar, multimedia vositalarini katta hajmlarda ishlatishning iloji yo'q.
Mazkur tarmoq quyidagicha ishlaydi. Hamma ishchi stantsiyalar uzluksiz ma'lumotlarni uzatish kanaliga quloq soladi, o'ziga uzatilgan axborotlarni angladi deguncha, uni o'qiydi. Agar stantsiya nimanidir uzatishni xohlamasa, u holda oldindan kanalga "quloq soladi". Agar kanal bo'sh bo'lsa, u holda stantsiya ma'lumotlarni jo'natishni boshlaydi, agar bunda qandaydir to'siq bo'lsa (masalan, ikki stantsiyaning bir vaqtda uzatishi), stantsiya ma'lumotlarni jo'natishni to'xtatadi va uni qandaydir oraliq vaqtda jo'natishga harakat qiladi.
Ishning bunday sxemasi CSMAG'CD (Carrier Sense Multiple AccessG'Collision Detect) deyiladi. Qisqacha aytganda, "jo'natishingdan avval eshit; yuborayotganingda eshit; ishda qarshilik bo'lsa, uni to'xtat va yana qayta harakat qil" naqli bu erda o'rinli.
Mazkur tarmoqda "juftli o'ram", koaksial yoki optotola kabellardan foydalanish mumkin. Ethernet umumiy shina va yulduzcha topologiyadan foydalanadi. Ulardagi uzatish tezligi 10 dan 100 Mb/s gacha.
IBM firmasi Token Ring texnologiyali tarmoqlarni nisbatan kech yaratdi. Bu tarmoq xalqa topologiyasi asosida edi. Ular aytarli keng tarqalmadi, biroq yuksak darajada ishonchli va katta axborotlarni qayta ishlashga kafolat beradi.
Ushbu tarmoqda xalqa bo'ylab doimo marker (token) deb ataluvchi elektron "xabar beruvchi" faoliyat ko'rsatadi. Har qanday xabar uzatuvchi kompyuter ana shu "xabar beruvchi" ruxsat berishini kutib turadi, marker kelgach, unga xabarni uzatishga ruxsat beriladi. Xabar adresatga etib borgandagina, marker ozod bo'ladi. Bu holda hamma bir tekis axborot uzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Bu tarmoqning eng katta kamchiligi - qurilmalarning nihoyatda qimmatbaholigidir. Bu erda ham "juftli o'ram", koaksial, optotola kabellardan foydalanish mumkin. Ma'lumotlarni uzatish tezligi 4 dan 16 Mb/s gacha bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, yana bir necha LKTlar mavjud. Ulardan eng ko'p uchraydiganlari ARCNET va FDDI.
ARCNET juda arzon, ishonchli va oddiy ishlaydigan tarmoq, biroq tezligi bor yo'g'i 2,5 Mb/s. Shuning uchun ham ushbu texnologiya mutaxassislar e'tiborini qozonmadi. ARSNETdan farqli ravishda FDDI (Fider Distributed Data Interface) tarmog'i optotola kabel bilan jihozlangan bo'lib, 80-yillar o'rtalarida yaratildi.
Mazkur tarmoqda video va audio axborotlarni uzatish mumkin. Tezligi 100 Mb/s. Dastlab FDDI alohida tarmoqlarni ulash uchun magistral sifatida kashf qilindi. Biroq bu tarmoq ham katta harakat talab qildi. Birgina kompyuterni tarmoqqa ulash 1000 $ dan 2000 $ gacha bo'lishi tarmoqning keng tarqalib ketishiga to'sqinlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |