17- rasm.
Lokal tarmokda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selekciyalash lozim bo‘ladi. 17- rasm
Marshrutlash bu — kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo‘lini aniqlash jarayonidir.
Selekciyalash — tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir.
Lokal tarmoqlar axborotni marshruglash va selekciyalash usuli bo‘yicha ikki sinfga ajratiladi.
Lokal tarmoklar selekciyalash orqali axborotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga uzatishni ta’minlaydi.
Ishchi tizimlar katta mikdordagi ma’lumotni saklash, izlash, murakkab hisoblashlar, modellashtirish, dasturiy ta’minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma’muriyat tizimlari tarmoqni boshqaradi. Kommunikacion tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog‘lanishlarni kommutaciya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq— biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarmoq.
Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo‘ladi va bunday serverlar o‘rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki sunhiy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq— dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Intenet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farklanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi.
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Tarmoqlarning texnik vositalari
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), koncentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har bir qurilmaning xususiyatini qisqacha yoritib o‘tamiz.
Server — tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter.
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar omborlari va boshqalar saqlanadi. Bundan tashqari serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo‘yilishiga ko‘ra cheklangan bo‘lishi mumkin.
Koncentrator (RShV)—tarmoqda kompyuterlarni o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma (18-rasm). Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o‘zaro bog‘lashi mumkin.
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi). 18-rasm.
Modem —axborotii kompyuterdan uzatish kabeliga o‘tkazuvchi maxsus elektron qurilma.
Modem «modulyator» va «demodulyator» so‘zlari birikmasidan hosil bo‘lgan. Bu qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga aylantiriladi. Boshqacha aytganda, modemning vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko‘rinishida tasvirlangan ma’lumotni ikki asosiy chastotalik telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida kodlangan axborot ko‘rinishiga o‘tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy xarakteristikasi bodlarda o‘lchanadigan ma’lumotlarni uzatish tezligidan iborat. Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan foydalanish mumkin.
Kompg‘goterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operacion tizim o‘rnatilishi kerak. Bunday operacion tizimlar ikki turga bo‘linadi. Masalan, Windows for Workdows 95, Windows – 1 Workstation operacion tizimi serversiz tarmoqdarni tashkil etish imkoniga ega bo‘lgan operacion tizimlar hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huqukli hisoblanadi. Ikkinchi turdagi operacion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Bunday operacion tizim kompyuter ishini ishonchli va samarali qilib amalga oshiradi.
Tarmoq topologiyasi
Tarmoq topologiyasi – bu kompyuterlar aloqa kanallari birlashuvining mantiqiy sxemasi. Lokal tarmoqlarida ko‘pincha asosiy uch topologiyadan biridan foydalaniladi: Monokanalli, aylanma yoki yulduzsimon. Boshqa ko‘pgina topologiyalar shu uchtasidan kelib chiqadi. Tarmoq uzellarining kanalga kirish ketma-ketligini aniqlash uchun kirish uslubining o‘zi zarur.
Kirish uslubi – bu moddiy darajada uzellarni birlashtiruvchi ma’lumotlarni uzatish kanalidan foydalanishni belgilovchi qoidalar tuplamidir. Lokal tarmoqlarida eng keng tarqalgan kirish uslublari Ethernet, Token – Ring, Arenet sanaladi. Tarmoq platalari moddiy qurilma bo‘lib, har bir kompyuter tarmog‘iga o‘rnatiladi va tarmoq kanallari bo‘yicha axborot uzatish hamda qabul qilishni ta’minlaydi.
Monokanal topologiya tarmog‘i
Monokanal topoldogiya tarmog‘i barcha kompyuter tarmog‘ini birlashtiruvchi bitta aloqa kanalidan foydalaniladi. Topologiya tarmog‘ida eng keng tarqalgan uslub – bu eltuvchi chastotani va ihtiloflarni aniqlovchi kirish uslubidir (CSMA/CD)
Monokanal topologiyaning lokal tarmog‘i
Bunda avvolo, tarmoqning kirish uslubida kommunikatsiya kanali bo‘yicha ma’lumotlarni jo‘natishdan oldin kanal tinglab ko‘riladi va u bo‘sh ekanligiga ishonch hosil qilingandan so‘nggina, paket jo‘natiladi. Agar kanal band bo‘lsa, uzel tasodifiy vaqt oralig‘ida paketni uzatishga qayta urinib ko‘radi. Bitta tarmoq uzeli orqali uzatiladigan ma’lumotlar barcha uzellarga etib boradi, ammo bu ma’lumotlar uchun mo‘ljallangan uzelgina ularni aniqlaydi va qabul qiladi. Kanal bandligi oldindan eshitilib ko‘rilsa-da, ikkita uzel orqali paketlarni bir vaqtda uzatish paytda ihtilof paydo bo‘lishi mumkin. Bu shu narsa bilan bog‘liqki, signal kanal bilan uzatailayotganda vaqtinchalik ushlanib qolishi mumkin: signal yuborilgan lekin eshitib ko‘radigan uzelgacha yetib bormagan bo‘ladi, natijada uzel kanalini bo‘sh deb hisoblab uzatish boshlanadi. Bunday kirish uslubiga ega tarmoqqa Ethernet tarmog‘ida lokal tarmoqlar uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 10 Mbitga teng (Mbit/s). Kichik EHM, mikro EHM va nihoyat shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarni qayta ishlash imkonini kengaytirdi.
Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlash – bu ma’lumotlarni mustaqil holda, lekin taqsimlangan tizimni ifodalovchi, bir-biriga bog‘langan kompyuterlar tomonidan qayta ishlash demakdir.
Shuningdek, uzatish tezligi 100 Mbit/s ga teng Fast Ethernet mavjud. Giqabit Ethernet texnologiyasi yuzaga kelmoqda. Ma’lumotlarni taqsimlangan holda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko‘p mashinali assosatsiya tashkil etilgan. Uning tuzilmasi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha ishlab chiqiladi. ko‘p mashinali hisoblash komplekslari (KHK); kompyuter (hisoblash) tarmog‘i.
Eng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarishi uchun mo‘ljallangan:
Uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o‘zgartirish;
Qabul qilishda: qabul qilingan signalni xalaqitlardan filtrlash va dedektorlash uchun yani tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o‘zgartirish.
Ma’lumotlarni uzatishda bajariladigan o‘zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bolangan.
Modulyatsiya-bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) o‘zgartirishdir.
Demodulyatsiya bu modulyatsiya qilingan signalni(balki aloqa kanalidan o‘tish payitida xalaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qilinadigan signalga teskari o‘zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko‘pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
Chastotali-Frequense shiftp keying ;
Fazali-Rhaqe shiftp keying;
Kvadrat amplitudali-Quadrature Amrlitude Modulation
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma’lumotlarini) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o‘zgaradi, bunda uning amplitudasi o‘zgarmaydi. Eng sodda holdama’lumotlar bitimining 1va 0 qiymatlariga, ma’lumotlar uzatilishining birinchi bayonnomalari v.21 da qabul qilingani kabi chastotaning ikkita qiymati mos keladi,
masalan 980 gs va 1180 gs . chastotali modulyatsiya xalaqitlarga juda turundir uztishda signalning faqat amplitudasi buziladi. Fazali modulyatsuiya modulyatsiya qilinadigan kattalik bulib signal fazasi hisoblanadibunda uning chastotasi va amplitudasi o‘zgarmaydi.faza modulyatsiya qilingan signalning xalaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir. Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning xalaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir shuning uchun xalaqitlarga chidamliroq lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo‘llaniladi, bunda uzatilayotgan
ma’lumotlar taktida bir vaqtning o‘zida signalning fazasi xam amplitudasi ham o‘zgaradi. Modemlarda ma’lumotlarni uzatish va ularni o‘zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi. Ko‘pgina modemlar ma’lumotlarni uzatish jarayonini ta’minlashdan tashqari telekomunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali tizimlarni xam bajaradi masalan tovushni raqamlash va raqamlangan tovushlarni qayta tiklash operatsiyalari faksning axborotlarini axborotlarini qabul qilish va uzatish chaqirilayotgan abonentning nomerini aniqlab beradi.
Avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifasini bajaradi.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quydagicha farqlanadi:
Konstruksiyasi bilan-avtonom va operatura ichiga qurilgan.
Aloqa kanalli va interfays bilan kontaktli va kontaktsiz.
Vazifasi bilan turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan aralash ma’lumotlarni uzatish uchun modemlar.
Ma’lumotlarni va fakslarni uzatish uchun faksmodemlar.
Avtonom modemlarni ko‘pincha tashqi apparatura ichiga mos qurilgani esa tashqi modem deb yuritiladi.
Тashqi modem bu odatda katta bo‘lmagan quticha ko‘rinishidagi mustaqil konstruksiya bo‘lib u manba bloki apparaturaga va telefon kanaliga ulash uchun razyomlar va indikatorli oyna bilan jixozlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |