Parametrlar
|
Sensor tuguni tipi
|
ML-Node-Z
|
ZigBit
|
Mikrokontroller
|
Protsessor
|
Texas Instruments MSP430
|
Atmega1281
|
Takt chastotasi
|
32.768 kGts dan
8 MGts gacha
|
4 MGts
|
Operativ xotira, Kbayt
|
10
|
8
|
Flash-xotira, Kbayt
|
48
|
128
|
Qabullab uzatgich
|
Tipi
|
IEEE 802.15.4
|
IEEE 802.15.4
|
Chastota diapazoni, MGts
|
2400-2483.5
|
2400-2483.5
|
Ma’lumotlarni uzatish tezligi, Kbit/s
|
250
|
250
|
Chiqish quvvati, dBm
|
-24 dan 0 gacha
|
-28 dan 0 gacha
|
Sezgirligi, dBm
|
-95
|
-101
|
Antenna
|
Chip
|
1 yoki 2 ta chip
|
Tashqi interfeyslar
|
ARO‘
|
12 razryadli,
7 kanalli
|
10 razryadli,
3 kanalli
|
Raqamli interfeyslar
|
I2C/SPI/UART/USB
|
I2C/SPI/UART/IRQ /JTAG
|
Boshqa parametrlar
|
Ta’minot quvvati, V
|
0.9 dan 6.5 gacha
|
1.8 dan 3.6 gacha
|
O‘lchamlari, mm
|
44x33x10
|
19x14x3
|
Temperatura diapazoni, oC
|
-40 dan 85 gacha
|
0 dan 85 gacha
|
Sensorlarning ahamiyatli funksiyalaridan biri tarmoqni tashkil etish va ma’lumotlarning uzatilishi yo‘nalishini belgilashning avtomatik tanlanishi, shuning uchun simsiz sensor tarmoqlar o‘z-o‘zidan o‘rnatiluvchi hisoblanadi. Aniqrog‘i, sensor tugun ma’lumotni uzatuvchi sensorga nisbatan, o‘zining joylashgan o‘rnini o‘zi aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Ya’ni dastlab barcha sensorlarning identifikatsiyasi yuz beradi, so‘ng marshrutizatsiya sxemasi bajariladi.
Sensor tugunlar turg‘un ahvolda bo‘lishi, shu bilan birga nisbiy mobil ham bo‘lish imkoniyatiga ega, ya’ni tarmoqning mantiqiy bog‘liqligini buzmagan holda, ba’zi kenglikda, bir biriga nisbatan mustaqil o‘zgarishi mumkin. Demak, sensor tarmoq fiksatsiyalangan turg‘un topoplogiyaga ega emas, va uning tuzilishi vaqtga bog‘liq holda o‘zgaradi.
24.4 Simsiz sensor tarmoqda ma’lumotlarni uzatish usullari
Sensor tarmoqda tugunlar muloqoti simsiz aloqa bilan amalga oshiriladi. Aloqa radio, infraqizil nurlanish (IK-porta) yoki optik signallar bilan amalga oshirilishi mumkin. Radio aloqaning eng keng tarqalgan turlaridan biri sanoat, ilmiy va tibbiy maqsad ISM (Industrial, Scientific and Medical) uchun chastota polosasini qo‘llash. Ushbu polosallar Xalqaro Elektraloqa ittifoqi radioaloqa Sektori ITU-R tamonidan ko‘plab davlatlar uchun litsenziyasiz foydalanishga ruxsat etilgan (24.2-jadval).
Ushbu chastotalardan ba’zilari simsiz lokal tarmoqlarida qo‘llaniladi (WLAN). Kichik o‘lchamdagi va kam xarajatli sensor tarmoqlar uchun signal kuchaytirgichi shart emas. Apparatlik cheklovlar, antenna samaradorligi va energiyaning sarflanishi orasidagi muvozanatni aniqlash uchun o‘ta yuqori chastota diapazonida uzatish chastotasini tanlashda ba’zi cheklovlar yuritiladi. Ko‘pincha Yevropada ISM-433 MGs chastota va Shimoliy Amerikada 915 MGs o‘lchamdagi chastota qo‘llaniladi. ISM radiochastotasini qo‘llashning afzallik tomoni shunda, o‘ning jahon bo‘yicha chastota spektrining keng tarqalishi. Ushbu tizim aniq standartga bog‘liq bo‘lmaganlikdan, sensor tarmoqlarida energiyani tejovchi strategiyalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatni taqdim etadi.
24.2-jadval. ITU-R bilan belgilangan, ISM chastota polosalari
Do'stlaringiz bilan baham: |