Kompyuter tarmoqlari telekommunikatsiya texnologiyalari, 5 semestr


Sensor tarmoqlarining asosiy tushunchalari va tamoyillari



Download 9,67 Mb.
bet90/134
Sana16.04.2022
Hajmi9,67 Mb.
#556457
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari Dilmurodan

24.1 Sensor tarmoqlarining asosiy tushunchalari va tamoyillari

Sensor tarmoqlari asosiy tushunchalarini keltirib o‘tamiz.


Sensor (ingl., sensor) - nazorat ta’sirini (yorug‘lik, bosim, temperatura va hokazo) qabul qiluvchi, qurilma, o‘ning sonli va sifat belgilarini o‘lchaydi va ushbu o‘lchamlarni signalga o‘zgartiradi. Signal elektrik, kimyoviy yoki boshqa turda bo‘lishi mumkin.
Datchik (ingl., transducer) – bir turdagi energiyani boshqa turga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladigan qurilma. Demak, sensor ham datchik hisoblanadi va qayta ishlash uchun hisoblash tizimiga yoki kontrollerga beriladigan fizik ma’lumotni elektrik ma’lumotga o‘zgartiradi.
Aktuator (ingl., actuator) – bajaruvchi qurilma, boshqariladigan ob’ekt holatini o‘lchash uchun kelib tushgan signalga ta’sir bildiruvchi, bajaruvchi qurilma. Aktuatorda energiya turlarining o‘zgarishi yuz beradi, masalan, elektrik energiya, yoki siqilgan havo energiyasi (suyuqlik, qattiq jism) mexanik turga o‘zgarishi.
Sensor tugun (ingl., sensor node) – kamida bir sensordan iborat (yana bir yoki bir nechta aktuator bo‘lishi mumkin) qurilma hamda hisoblash va simli yoki simsiz tarmoq imkoniyatlariga ega.
Sensor tarmoq – haqiqiy fizik ob’ektdan olingan ma’lumotga javobni berish maqsadida, ma’lumotni qayta ishlash, uzatish, etkazib berish va so‘rovlar olish uchun boshqa tarmoqlar bilan, o‘z aro hamkorlik qiluvchi, tarmoqlangan sensor tugunlar tizimi. Demak, sensor tarmoq, o‘zida kamida sensorga, aktuatorga va kommunikasion tugunlarga ega. Sensor tarmoqni qo‘llanadigan asosiy soha bu ob’ektlar ichida o‘lchanadigan fizik parametrlarning nazorati va kuzatiluvi va ba’zi holatlarda – ushbu ob’ektlarni boshqarish (o‘larda belgilangan jarayonlarni faollashtirish). Sensor tarmoq misollari: erkin kiruvchi sensor tarmoqlar (USN – Ubiquitous Sensor Network), transport vositalari uchun tarmoqlar (VANET – Vehicular Ad Hoc Network), munisipial tarmoqlar (HANET – Home Ad hoc Network), tibbiyot tarmoqlari (MBAN(S) – Medicine Body Area Network (services)) va boshqalar. Sensor tarmoqlari ishlashida bajariladigan, asosiy harakatlar, 24.1-rasmda berilgan (shartli bo‘lmagan jarayonlar punktir bilan ko‘rsatilgan)



Protsess

Boshqaruv sign-i shakllantirish

Aktuator

Raqamli-analog o‘zgartirgich

Signalga ishlov berish

Analog-raqamli o‘zgartirgich

Signalga ishlov berish

Sensor

24.1-rasm. Sensor tarmoqlarida ma’lumotlarni yig‘ish va boshqaruv.

Tarmoqning bir elementidan boshqasiga xabarlarni retranslyasiyalash imkoniyati hisobidan sensor tarmoqlari bir necha metrdan bir nechta kilometrgacha qo‘llanilishi mumkin. Sensor tarmoq bir tugundan boshqasiga xabarlarni retranslyasiyalash imkoniyatiga ega, agarda ushbu tugunlardan birontasi tizimdan chiqsa, sensor tarmoq sifatni yo‘qotmasdan, qo‘shni tugunlar orqali ma’lumotning uzatilishin ta’minlaydi. Tarmoqing o‘zi informasion oqimning eng ma’qul yo‘nalishin belgilaydi (24.2 rasm).


O‘z-o‘zidan tashkillashtiriladigan (lotin tilida, ad hoc –«joylashuv o‘rni bo‘yicha») aloqa tarmog‘i – tugunlar soni vaqt bo‘yicha tasodifiy bo‘ladigan tarmoq, va u 0 dan ba’zi maksimal ko‘rsatkichgacha o‘zgarishi mumkin. Bunday tarmoqda tugunlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik vaqt bo‘yicha tasodifiy bo‘lishi mumkin va bu kabi tugunlar orasida ma’lumotni uzatish va tashqi tarmoq bilan aloqa uchun yuzaga keladi.



Sensor tuguni

Shlyuz


Tashqi tarmoq

24.2-rasm. Sensor tarmoqlarida axborotlarni marshrutizasiyalash


Simsiz sensor tarmoq (SST) (ing. WSN – Wireless Sensor Network) – radiokanallar orqali o‘z-aro birlashgan, bajaruvchi qurilmalar va sensorlar ko‘pligidan iborat tarmoqlangan, o‘zidan o‘zi tashkillashtiriladigan sensor tarmoq.
Simsiz sensor tarmoqlari afzalliklari:

  • o‘zidan o‘zi qayta tiklanish va o‘zidan o‘zi tashkillashtiriladigan imkoniyatga ega;

  • kichik o‘lchamda uncha katta bo‘lmagan oraliqga ma’lumotni uzatish imkoniga ega;

  • uzakichlarning quvvati (retranslyasiyalash yo‘li bilan);

  • tugunlarning past narxda bo‘lishi va o‘larning kichik o‘lchami;

  • kam energiya sarfi va avtonom manbalardan ozuqlanish imkoniyati;

  • o‘rnatishdagi qulaylik, kabellarni o‘rnatishga zarurlik yo‘qligi (simsiz texnologiya va batareyadan ozuqlanish hisobidan);

  • bunday tarmoqlarni mavjud bo‘lgan va qo‘llanilayotgan ob’ektlarga qo‘shimcha ishlarni bajarmasdan o‘rnatish imkoniyati;

  • texnik xizmat ko‘rsatishning past bahoda bo‘lishi.

Bugugi kunda simsiz sensor tarmoqlari amaliyotda keng tarqalmoqda.



Download 9,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish