On
, IP-manzili
192.168.3.1
, niqob
255.255.255.0
deb belgilang.
6.6.
Config bolimida RIP tugmasini bosing, shundan so’ng marshrutlash
protokoli parametrlarini sozlash uchun RIP Routing oynasi ochiladi.
6.7.
Network maydoniga tarmoq raqami
192.168.1.0
ni kiriting va Add
tugmasini bosing.
6.8.
Network maydoniga tarmoq raqami
192.168.3.0
ni kiriting va Add
tugmasini bosing. Shundan so’ng Router0 ning ushbu oynasi 6.3-
rasmda tasvirlangandek ko’rinishga kelishi kerak.
6.9.
Router0 oynasini yoping.
4.2-rasm. RIP protokoli parametrlarini sozlash.
7.
Router0 marshrutizatorini sozlang:
7.1.
Ishchi sohadan Router1 marshrutizatorini tanlang.
7.2.
Router1 oynasidan Config bolimiga o’ting va FastEthernet0/0
tugmasini bosing.
7.3.
FastEthernet0/0 interfeysi uchun port holatini
On
, IP-manzili
192.168.2.254
, niqob
255.255.255.0
deb belgilang.
7.4.
Config bolimida FastEthernet1/0 tugmasini bosing.
7.5.
FastEthernet1/0 interfeysi uchun port holatini
On
, IP-manzili
192.168.3.2
, niqob
255.255.255.0
deb belgilang.
7.6.
Network maydoniga tarmoq raqami
192.168.2.0
ni kiriting va Add
tugmasini bosing.
7.7.
Network maydoniga tarmoq raqami
192.168.3.0
ni kiriting va Add
tugmasini bosing.
7.8.
Router1 oynasini yoping.
8.
Lupadan foydalanib, Router0 marshrutizatorida masrshrutlash jadvalini
tekshiring: jadvalda 192.168.1.0, 192.168.2.0 va 192.168.3.0 mavjud
bo’lishi shart, oynaning o’zi esa 4.3-rasmda tasvirlangandek ko’rinishda
bo’lishi kerak.
4.3-rasm. RIP protokoli marshrutlash jadvali.
9.
Lupadan foydalanib, Router1 marshrutizatorida masrshrutlash jadvalini
tekshiring: ushbu jadvalda ham 192.168.1.0, 192.168.2.0 va 192.168.3.0
mavjud bo’lishi shart.
10.
Bog’lanishni tekshirish uchun, PC0 kompyuterdan PC1 kompyuterga oddiy
paket yuboring. Agar birinchi urunish omadsiz kechsa, ikkinchi paketni
yuborishga harakat qilib ko’ring. Agar ikkinchi paket ham yuborilmasa – u
holda router va kompyuter sozlamalarini tekshirib ko’ring.
2-misol.
Endi marshrutizatorlarni global tarmoqda qo’llashni o’rganamiz. Buning
tarmoqni 4.4-rasmdagidek quramiz. Tanlangan qurilmalar:
Router 2621XM – 3 dona;
Switch 2950-24 – 3 dona;
Server-PT – 1 dona;
PC-PT – 10 dona.
4.4-rasm. Tarmoqning umimiy ko’rinishi.
Kompyuterlar va kommutatorlar, shuningdek, kommutatorlar va marshrutizatorlar
ekranlashmagan o’rama juft (UTP) kabeli bilan o’zaro bog’langan. Server
ekranlashmagan o’rama juftli kross kabel orqali marshrutizatorga bog’langan.
Marshrutizatorlar o’zaro Serial DTE kabeli orqali bog’langan. Router 2621XM
marshrutizatorlarini bunday turdagi kabel bilan bog’lash uchun unga mos tarmoq
interfeysini unga o’rnatishimiz lozim. Buning uchun routerni maxsus tugma orqali
o’chiramiz va unga MM-8A/S interfeysini o’rnatamiz (4.5-rasm).
4.5-rasm. MM-8A/S interfeysini routerga o’rnatish.
Har bir routerga shu tartibda ineterfeys o’rnatilgandan so’ng ularni Serial
kabel bilan bog’lash mimkin bo’ladi.
Router sozlamalariga o’tamiz. Ularni iiki xil usulda sozlash mumkin.
1-usul. Ularni sozlash uchun CLI (Command Line Interface) da buyruqlarni
qo’lda yozish orqali. Bu usulda Router 1 ning fastEthernet 0/0 porti quyidagicha
sozlanadi:
4.6-rasm. FE0/0 portini CLI orqali sozlash
2-usul. IP-manzillarni interfeysga qo’lda kiritish yotdamida (4.7-rasm).
4.7-rasm. FE0/0 portiga IP-manzillarni qo’lda kiritish orqali sozlash.
Qolgan barcha interfeyslar shu ko’rinishda sozlanadi. Quyida interfeyslar
uchun IP-manzillarni keltiramiz (4.8-rasm).
4.8-rasm. Qurilmalarga IP-manizllarning biriktirilishi.
Kompyuterlarni sozlashda ularga IP-manzillar 6.9-rasmda ko’rsatilgan
tartibda belgilanadi, Default Gateway ga esa mos Router interfeysining IP-manzili
yoziladi. Berilgan tarmoqda server bitta bo’lganligi sababli DNS barcha
kompyuterlar uchun bir xil bo’ladi: 215.35.169.50 (4.9-rasm).
4.9-rasm. PC0 konfiguratsiyalari.
Serverning sozlamalariga o’tamiz. Serverning config bo’limidagi Settings
qismi sozlamalari:
Fast Ethernet interfeysining sozlamalari quyidagicha bo’ladi:
DNSni sozlash qoldi. DNS web-serverga murojaat uchun kerak bo’ladi.
Name bo’limiga sayt nomi, Address ga esa serverning IP-manzili yoziladi va Add
tugmasi bosiladi. Shuning bilan server sozlamalari yakunlandi.
Asosiy qism, rouerda statik marshrutlashni sozlash qoldi. Statik
marshrutlash CLI orqali sozlanadi.
Har bir roter uchun quyidagicha sozlamalarni amalga oshiramiz:
Router>enable
Router#configure terminal
Router(config)#ip route 0.0.0.0 0.0.0.0 serial 1/0
Router(config)#exit
Router#wr
Router>enable
Router#configure terminal
Router(config)#ip route 0.0.0.0 0.0.0.0 serial 1/1
Router(config)#exit
Router#wr
Statik marshrutlash sozlandi faqat ping buyrug’i orqali ulanishni tekshirish
qoldi. PC4 dan PC0 ga ping yuboramiz:
Natija shuni ko’rsatyaptiki barchasi to’g’ri ishlayapti.
Ushbu amaliy mashg’ulotda global tarmoq marshrutizatorlari haqida nazariy
bilimlar berildi hamda Router yordamida tarmoqda marshrutlashga doir misol
keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |