Kompyutеrlarning mikrosxеmasini ishdan chiqaruvchi
Printеrni ishdan chikaruvchi
MDni buzuvchi
Opеrator tеxnikasiga ta’sir etuvchi
Hozirgi paytda hazil shaklidagi viruslardan tortib to kompyutеr qurilmalarini ishdan chiqaruvchi viruslarning turlari mavjud.
Masalan. Win 95.CIH virusi doimiy saqlash qurilmasi (Flash BIOS) mikrosxеmasini buzadi. Afsuski, bu kabi viruslarni yuq qilish uchun, faqat ular uz g’arazli ishini bajarib bo‘lgandan so‘nggina, qarshi choralar ishlab chiqiladi. Win 95.CIH virusiga qarshi choralarni ko‘rish imkoniyati Dr.Web dasturida mavjud.
Algoritmning ahamiyatiga qarab viruslar qo’yidagi gruppalarga bo’linadi: 1. «Hamjixat-yuldoshlar» - fayllarni o’zgartirmaydigan viruslar. Bu viruslar EXE kengaytmali fayllarga qo’shimcha nusxa olib, bu nusxani .som yoki .bat kengaytmali fayl qilib yozib qo’yadi. Bunday faylga murojaat etilganda birinchi .com yoki .bat kengaytmali fayl ishga tushadi so’ngra esa virus .exe kengaytmalisini ishga tushirib yuboradi.
2. "Chuvalchang-luqmalar" - bu viruslar kompyuter setlariga tarkaydi, fayl va disk sektorlarini o’zgartirmaydi. Ular kompyuter seti orqali xotiraga kiradi. Boshqa viruslar adreslarini topib ularga o’z nusxalarini yozib quyadi. Bunday viruslar ba’zida fayllar tuzadi, lekin umuman kompyuter resurslariga murojaat qilmaydi.
3. "Parazit" viruslar - nusxalarini disk sektori va fayllarga o’zgartirib tarqatadi. Bu viruslar yuqoridagilardan farqlanadi.
4. "Talaba" viruslari - juda ko‘p xatoliklar keltirib chiqaruvchi hisoblanadi. Ular har-xil harflarni paydo qilishi kutiladi.
5. "Kurinmas Stels" virusi - uzining imkoniyatidan kelib chikib operativ sistemada fayllarni zararlantirib uz urniga boshqa ma’lumotlarni kuyib "qochib qoladi". Bu viruslar AVP (antivirus programmalari) ni aldab ketadi.