Kompyuter tarmoq. P. Qalxanov



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#301923
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72
Bog'liq
kompyuter tarmoqlari

uchta tarkibiy kismdan tashkil topgandir: 

•     Texnik 

•     Programmaviy 

•     Informatsion 

Internetning texnik tarkibiy kismi xar xil turdagi va tipdagi komp`yuterlar, aloka kanallari 

(telefon,  sputnik,  shisha  tolali  va  boshka    turdagi  tarmok  kanallari),  xamda  tarmok  texnik 

vositalari  majmuidan  tashkil  topgandir.  Internetning  ushbu  texnik  vositalarining  barchasi 

doimiy  va  vaktinchalik  asosda  faoliyat  ko`rsatishi  mumkin.  Ulardan  ixtiyoriy  birining 

vaktinchalik ishdan chikishi Internet tarmogi ning umumiy faoliyatiga aslo ta`sir etmaydi. 

Internetning  programmaviy  ta`minoti  (tarkibiy  kismi)  tarmokka  ulangan  xilma-xil 

komp`yuterlar  va  tarmok  vositalarini  yagona  standart  asosida  (yagona  tilda)  mulokot  kilish, 

ma`lumotlarni  ixtiyoriy  aloka  kanali  yordamida  uzatish  darajasida  kayta  ishlash,  axborotlarni 

kidirib  topish  va  saklash,  xamda  tarmokda  informatsion  xavfsizlikni  taominlash  kabi  muxim  

vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir. 

Internetning  informatsion  tarkibiy  kismi  Internet  tarmogida  mavjud  bo`lgan  turli  elektron 

xujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan 

tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy kismning  muxim  xususiyatlaridan biri, u butun tarmok bo`ylab 

taksimlanishi 

mumkin. 

Masalan, 

shaxsiy 

komp`yuteringizda 

o`kiyotgan 

elektron 

darsligingizning  matni  bir  manbadan,  rasmlari  va  tovushi  ikkinchi  manbadan,  video  tasvir  va 

izoxlari esa uchinchi manbadan yirilishi

 

mumkin. Shunday kilib, tarmogdagi  elektron xujjatni o`zaro 



moslashuvchan giper boglanishlar orkali  bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish 

mumkin  ekan.  Natijada  millionlab  o`zaro  boglangan    elektron  xujjatlar  majmuasidan  tashkil 

topgan informatsion muxit xosil bo`ladi. 

Internet 

informatsion 

muxitini 

tashkil 

etuvchi 


elektron 

xujjatlarning 

xar 

biri 


komp`yuterlarning 

ə

Radreslaridan boshka  o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu 



adres  URL  (Uniform  Resource  Locator)    adres  deb  ataladi.  Masalan,  O`zbekiston  Respublikasi 

xukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis karorlari xakida ma`lumot beruvchi elektron saxifa 

adresi 

www.gov.uz

  

Internetning  ikkita  asosiy  funktsiyasi  bor.  Buning  birinchisi  informatsion  funktsiya  bo`lsa, 



ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir. 

Internetning  informatsion  funktsiyasi  birinchi  navbatda  tarmok  foydalanuvchilariga  talab 

etilayotgan  axborotlarni  tezkorlik  bilan  etkazib  berish  bo`lsa,  ikkinchidan  u  axborotlarni  keng 

ommaga,  jaxon    mikyosida  nixoyatda  tez  suroatda  e`lon  kilish  (nashr  kilish)  imkoniyati 

mavjudligi  bilan  ifodalanadi.  Internetning  yukori  suratlar  bilan  rivojlanishi  ommaviy  axborot 

faoliyatida  va  nashrchilikda  keng  imkoniyatlar  ochib  berdi.  Masalan,  internet  yordamida  N`yu 




 

12 


Yorkdagi yoki Frantsiyadagi eng so`nggi xabarlarni Toshkentga etkazib berish, gazeta va o`kuv 

darsliklarni  tayyorlash,  nashr  kilish,  xamda  ularni  keng  o`kuvchilar  ommasiga  tarkatish, 

Xozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon, tez va samaralirok bo`ladi. 

Ma`lumot  uchun:  Xozirgi  kunda  240  saxifali  tayyor  o`kuv  ko`llanmani  tipografik  usulda 

10000 nusxada chop etish va uni tarkatish 910 million so`m mablag talab kilsa, uning elektron 

nusxasini  tayyorlash  va  internet  saxifasiga  joylashtirish  uchun  esa  78  yuz  ming  so`m  mablag 

zarur bo`ladi, binobarin undan foydalanuvchilar sonining chegarasi bo`lmaydi. 

Internetning  kommunikatsion  funktsiyasi  foydalanuvchilarning  masofadan  turib  o`zaro 

mulokot kilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tarikasida internet 

elektron  pochtasi,  internet  telefon  va  real  vakt  oraligidagi  bevosita  xabar  almashish,  Chat 

konferentsiya  yordamida  amalga  oshirilayotgan  mulokotlarni  keltirishimiz  mumkin.  Bundan 

tashkari    internetning  kommunikatsion  funktsiyasi  uning  foydalanuvchilariga  videomulokot 

kilish,  videokonferentsiyalar  uyushtirish,  bir  shaxardan  turib  ikkinchi  shaxar  ko`chalarini 

(masofadagi  Web  kameralar  yordamida)  tomosha  kilish  va  muzeylariga  tashrif  buyurish, 

xamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini yaratib beradi. 

Yukori  da  ko`rib  chikkan  internetning  informatsion  va  kommunikatsion  funktsiyalari 

umuman  olganda  odatdagi  mavjud  mulokot  vositalari  va  ommaviy  axborot  tizimlari 

funktsiyalarini  takrorlayotgandek  tuyuladi.  Aslida  xam  shunday,  fakat  endi  u  mutlako  yangi 

imkoniyat  doirasida:  tez,  kulay  va  sifatli, eng muxim i esa iktisodiy jixatdan   arzon ko`rinishda 

amalga oshiriladi. Ushbu texnologiyaning yana eng muxim  xususiyatlaridan biri, bunda axborot 

manbalari,  aloka  kanallari  va  texnik  vositalardan  bir  vaktning  o`zida  jamoa  bo`lib  foydalanish 

imkoniyatining  mavjudligidir.  Internetda  mulokot    kilish,  axborotlarni  yigish  va  e`lon  (nashr) 

kilishning arzonligi sababi xam ana shundadir. Bunday imkoniyatlar moxiyatini chukurrok bilish 

uchun  internetning  o`zi  kanday  ishlashini,  axborotlar  kaysi  printsiplar  va  usullar  yordamida 

uzatilishi, kayta ishlanishini o`rganishimiz zarur bo`ladi. 

Buni  kuyidagi  misol  yordamida  tushuntirishga  xarakat  kilamiz.  Nima  uchun  Amerika  bilan 

telefon  orkali    gaplashishning  xar  dakikasi  34  $  turadiyu,  xuddi  shu  mulokot  internet  orkali  

amalga oshirilsa bir necha o`n barobar kam xarajat talab kiladi?  

Internet  bir  -  biriga  boglangan    komp`yuterlar  yagona  tarmogidir.  Komp`yuterlar  bir  -  biri 

bilan  kanday  borlanadi  degan  savol  turilishi  tabiiydir.  Internetga  boglanishning  bir  nechta  usuli 

mavjud. Boglanish turlari o`zaro imkoniyatlari va ma`lumotlarni uzatish tezligi bilan farklanadi. 

Boglanish imkoniyati va tezligi Internetdan foydalanish narxini belgilaydi. Sifat va tezlik oshishi 

bilan narx ko`tariladi. Boglanish turlarini narxi kamayishi tartibida keltiramiz: 

• Tugridan  to`gri kirish (pryamoe podsoedinenie  vkdelennaya liniya). 

•   SLIR va RRR yordamida 

•   Chakiruv yordamida boglanish (Dialur Access, Dialur) 

•   UUCR yordamida. 

Chakiruv bo`yicha boglanishning sifatli usuli ISDN dir.  




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish