Kompyuterning texnikaviy va dasturiy ta`minoti orasida bog’lanish qanday amalga oshiriladi? Avvalo ular orasidagi boglanish interfeys deb atalishini bilib olishimiz lozim. Kompyuterning turli texnik qismlari orasidagi o’zaro bog’lanish — bu, texnikaviy interfeysi, dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish esa — dasturiy interfeys, texnikaviy qismlari va dasturlar orasidagi o’zaro bog’lanish — texnikaviy — dasturiy interfeys deyiladi. Interfeys (interface — Kompyuterra tegishli adabiyotda ba’zida «interfeys» atamasi o’rniga «nazoratchi» yoki «adapter» atamalari ishlatiladi. qatiy aytganda, bu to’g’ri emas, chunki «nazoratchi» (controller) interfeysni boshqaradi va uning ishlashini ta’minlaydi, «adapter» (adapter) interfeyslarning to’g’ri (mos) kelishini ta’minlaydi) — ulanish va aloqa vositalari to’plami bo’lib, u tizimlarning yoki ular qismlarining o’zaro samarali harakatini ta’minlaydi. Interfeysda odatda ulanish masalalarining mexanik (simlar soni, aloqa elementlari, ulanish tiplari, kontaktlar nomerlari va sh. o’. ) va mantiqiy (tushunarli signallar, ularning uzunligi, kutbliligi, chastotasi va amplitudasi, o’zaro harakat bayonnomalari ) darajalari ko’zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |