3 guruh. Registrlarni nusxalash va almashtirish buyruqlari.
Registrlar va registrlar juftligini nusxalovchi 59 ta buyruq mavjud. Bu buyruqlarni 4 ta qism guruhga ajratish mumkin.
A. Regist tipli nusxalash buyruqlari
B. Registr juftligi tipli nusxalash
C. DE va NL buyruqlari
D. Xotiradagi registrlarni yuklash buyruqlari
4 guruh. Xotiradagi registrlarni yuklash buyruqlari.
Bu guruhning buyruqlarini manzillash usuliga mos ravishda uchta qism guruh buyruqlari sifatida qarash mumkin. Manzillash turlari:
bilvosita – ikki baytli manzil manzilli registr juftligida oldindan joylashtirilgan;
bevosita - haqiqiy manzil amal kodining orqasidan ikki baytda ko’rsatilgan;
indeksli – ma’lumotlar manzili D siljishning qiymatini IX yoki IY registr juftligida oldindan mavjud bo’lgan qo’shish usuli bilan hisoblanishi kerak
5 guruh. Xotiraga registning ichidagilarni yoki o’zgarmas sonni yozish buyruqlari .
Odatda bu guruhning buyruqlari 4-guruh buyruqlari bajaradigan amallarga qarama-qarshi bo’lgan amallarni bajaradi. Buyruqlar registr ichidagilarni xotiraga uzatishga yoki u erga o’zgarmas sonni yozishga imkon beradi. Bu buyruqlarni 3 guruhga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |