Printer – ma`lumotlarni qog’ozga chiqarish qurilmasi. Printerlarning uch xili mavjud: bosma (matritsa-o’yma qolip), purkovchi, lazerli. Bosma printerda qog’ozdagi bosilayotgan satr bo’ylab harakatlanadigan maxsus qurilmaga o’rnatilgan metall ignachalar qog’oz va qurilma orasiga o’rnatilgan rangli tasmaga tegib qog’ozda iz qoldirib ma`lumotlarni hosil qiladi, shu nuqtalarning to’plami esa qog’ozga belgilar yoki shakllarni chiqarilishini ta`minlaydi. Ko’rinib turibdiki, bosma printerdan chiqarilayotgan axborotlarning rangi o’rnatilgan tasma rangiga mos bo’ladi.
Purkovchi printer- qog’ozga chiqariladigan ma`lumotlarni, maxsus idishdagi suyuqlikni juda kichik naycha teshigidan bosimli purkash yo’li bilan hosil qiladi.
Lazer printeri– ma`lumotlarni chop etishda rang solingan maxsus barabanga elektr maydonini ta`sir ettirishdan foydalanadi. Bunday printerlar tez va soz ishlaydi, qog’ozga chiqariladigan axborotli mahsulotning sifati yuqoridir. Bosma yoki purkovchi printer bir minutda bir bet ma`lumot chop etsa, lazer printerining shunday ko’rsatkichi o’n betdan ortiq. Purkovchi va lazer printerlarda ma`lumotlarni turli rangli qilib chop etish imkoniyati mavjud.
Yurgichni boshqarish va qo’shimcha boshqarish vazifalarni bajaruvchi qurilmalarning quyidagi xillari mavjud: «sichqoncha», trekbol, joystik. «Sichqoncha» – biror sirt bo’ylab surib yurgizilganda ichida joylashgan sharcha harakatga keladi, hosil bo’lgan signallar kompyuterga uzatiladi va ekranda yurgichning mos harakatlari yuzaga keladi. «Sichqonchada» o’rnatilgan tugmalar ko’magida boshqaruvchi buyruqlarni jo’natish mumkin.
Trekbol – sichqoncha»ning to’nkarib qo’yilgan holatiga o’xshaydi, undan asosan notebook xilidagi ko’chma kompyuterlardan foydalaniladi.
Joystik – tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma, u asosan faqat o’yin yoki mashq bajaruvchi dasturlarni boshqarishda qo’llanadi.
Plotter (grafyasagich) – chizmalarni qog’ozga chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma. Qog’ozda tasvirlanadigan chizmalar tushlangan pero bilan hosil qilinadi. Chizmalar 300×300 sm o’lchamgacha bo’lgan katta qog’ozlarga ham chiqarilishi mumkin.
Skaner – foto rasm, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun ishlatiladi. Demak, rasm, shakl yoki matnni albatta bevosita kompyuterda hosil qilish shart emas, balki uni oldin tashqarida tayyorlab olib kompyuterga kiritish sharoitini yaratib, bu rasmdan kompyuterda ko’rsatmali foydalanish imkoniyatini beradi. Hozirda stol usti skanerlari va qo’l skanerlari keng tarqalgan. Stol usti skanerlari o’z navbatida planshet, rulon, proeksionxillarga bo’linadi. Skanerning har bir turi qo’yilgan masalaga mos ravishda bajara oladigan vazifaga qarab o’z joyida qo’llanadi.
Strimer – vinchesterdagi eng zarur axborotlarni buzmasdan asrash uchun, uning nusxasini ko’chirib zahirada saqlash uchun xizmat qiladigan qurilma. Strimer ma`lumotlarni magnit tasmalarga juda tez ko’chirishni tashkil etadi. Magnit lentalar sifatida audio yoki video tasmalardan foydalaniladi.
Modem – kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi va aksincha telefon signallarini kompyuter signallariga aylantirishni ta`minlovchi maxsus qurilma. Demak, modem telefon tarmoqlari orqali kompyuterlarni o’zaro bog’lash imkoniyatini yaratib berar ekan. Modem kompyuterda o’zgarmas tok orqali hosil qilingan signallarni turli chastotali tovush signallarining kombinatsiyasiga aylantiradi va shu jarayonni teskari tartibda ham bajaradi. Bu esa yakka kompyuterdan foydalanganga qaraganda, ancha katta hajmdagi axborot bilan ishlash imkoniyatlarini ochib beradi.
Soundblaster – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster qurilmasining chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.
Disketa - egiluvchan magnit diskli kasseta; kompyuterning maʼlumotlar saqlanadigan qurilmasi. Hajmiga koʻra 3,5 va 5,25 dyuymli xillari bor, shunga koʻra 3 va 5 dyuymli disketa deyiladi. Disketadan maʼlumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga oʻtkazish uchun foydalaniladi.
Xulosa.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalari kirib bormagan soha bo'lmasa kerak, albatta . Bugungi davr axborot texnologiyalari davridir. Shunday ekan har bir soha vakillari axborot vositalaridan xabardor bo'lishi , uni tushuna olishi va o'z ish jarayonida uning imkoniyatlaridan foydalana olishi zarur . Shu qatorida bugungi yoshlarni tarbityasi ota - ona bilan birgalikda o'qituvchi qo'lidadir. Oqituvchilar ham bolalarga AKT dan unumli foydalana olishni va o'z o'rnida to'ri foydalanishni o'rgatishlari lozim. Chunki , axborot vositalari bo'lmish kompyuter , telefon , noutbooklar hozirgi kunda deyarli har bir yoshlarning qo'lida bor. Buning ham ijobiy ham salbiy tarflari bor . Bu ulardan qanday foydalanishimizga bog'liq.
O'qituvchilar ham ta'lim jarayonida AKT dan unumli foydalanib , dars samaradorligini oshirishlari mumkin. Zero , har qanday bola bugungi kunda AKT larga bevosita qiziqadi.
Har bir o‘qituvchi mehnat faoliyati jarayonida axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishi uchun avvalo o‘z axborot muhitini shakllantirishga zamin yaratishi kerak. Zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z muhitida axborot ob’ektlarini, ularning o‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va huquqiy tarkibini mujassamlashtiradi.
Hozirgi kunda o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. O‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda ega bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan bo‘lishi kerak.
Shu bilan bir qatorda hozirgi kunda umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va ilmiy-texnik taraqqiyot o‘zining ifodasini kechikib topmoqda. O‘qituvchi va o‘quvchilarning fikrlashi va qabul qilish faoliyatida yangi g‘oyalar, yangi zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish ma’lum bir vaqtni talab etadi. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qituvchi-darsliko‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashmoqda.
O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim olish imkoniyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qituvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni “rivojlantiruvchi” ham deb atash mumkin. Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim.
Egallangan bilimlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi. Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning yechimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni yechishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo‘lmoqda.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu o‘quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rangbarangligi – o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z aksini topishi zarur.
O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning yechimi bo‘la oladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgilanishi, har bir o‘tilgan mavzuni keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining asosiy diqqat e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar.
Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi yechim hisoblanishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1. Ta’lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida e’tirof etish.
3. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish. Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir.
Demak, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan: - o‘qitish va o‘qish jarayonining; - ta’lim muassasasi boshqarilishining; - ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; - ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda.
Shu boisdan, o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi.
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda, o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega ;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi..
Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’ekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat.
Bundan ko'rinib turibdiki har bir soha vakili axborot kommunikatsinon texnologiyalaridan xabardor bo'lishi , uning imkoniyataridan kelib chiqqan holda yosh kadrlarga zamonaviy metodlar , texnologiyalar asosida bilib bera olishi lozim ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. D.Kamolitdinova . Informatika 5-sinf uchun darslik. Toshkent ''O'zbekiston'' 2016
2. B.Boltayev , M.Mahkamov, A.Azamatov, S.Rahmonqulova Informatika va axborot texnologiyalari. 6-sinf uchun darslik. Toshkent ''o'zbekiston'' 2017
3. Sattorov A, Kurmanbayev B. Informatika va hisoblash texnikasi. Toshkent. 1996
4. uz.denemetr.com
5. hozir.org.uz
6. ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |