Kompyuter qurilmalari haqida tushuncha berish


Kompyuterning asosiy qurilmalari



Download 18,02 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi18,02 Kb.
#829868
1   2   3
Bog'liq
bsat.mustaqil ish

2. Kompyuterning asosiy qurilmalari
Bilamizki , har qanday narsa ma'lum mexanizmlar yig'indisidan tashkil topgan bo'ladi. Komyuterlar ham xuddi shunday . Kompyuterlar bir necha asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan bo'ladi. hozir kompyuterning asosiy qurilmalariga to'xtalib o'tamiz.
Kompyuterning asosiy qurilmalari:monitor, klaviatura , sistema bloki. Sistema bloki ham o'z ichiga bir necha qismlarni jamlagan , yani CD-Rom, disk yuritgich, protsesssor, vinchester.
Monitor-kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarning zarur qismini ekranga yoritib berishni ta'minlaydi. Ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir.Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega:
— raqam-yozuv, simvollarni ko‘rsatuvchi monitor.
Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin.
— grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Elektrnurli trubka asosida ishlaydigan monitor(CRT, ЭЛТ monitor). Bu turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:
— katta hajmdaligi;
— og‘irligi;
— elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
— elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
2. Suyuqkristallardan tashkil topgan monitor(LCD — Liquid Crystal Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu hildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab:
— hajmi kichik;
— yengil;
— elektro-magnit nurlanishlar kam;
— elektr toki kam sarflaydi.
3. Plazmali monitorlar(PDP — gas-plazma display panel).Bu tur monitorning asosi gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir.
Bu tur monitorlar hali unchalik rivojlanmagan, sababi
— qimmat;
— energi sarfi ko‘proq.
Shunday bo‘lsa ham, bu tur monitor keyinchalik butun bozorni egallashi kutilmoqda, afzalliklariga kelsak, eng asosiysi katta o‘lchamda mavjud va tasvirlar juda aniq ko‘rsatiladi.
Bulardan tashqari yana, svetodiodlardan tayyorlangan LED(light-emitting diode) monitor, proyektor, lazer monitorlar ham mavjud, lekin bular unchalik rivojlanmagan(ko‘p ishlatilishi mumkin, lekin talab kam).
Ko‘rsatishi bo‘yicha monitorlar ikki o‘lchamli(2D)yoki uch o‘lchamli(3D)bo‘lishi mumkin.
Monitorlar har xil portlar orqali kompyuter yoki boshqa qurilmalarga ulanishi mumkin, bunday portlarga misol qilib: VGA, USB, DVI, HDMI,.. kiradi.
Monitor ishlab chiqaradigan asosiy firmalar quyidagilar:
— Acer;
— Apple;
— Asus;
— BenQ;
— Philips;
— Samsung;
— LG
Klaviatura foydalanuvchi uchun muhim qurilma bo’lib, uning yordamida kompyutrga qiymatlar, buyruqdar va boshqarish tasirlari kiritiladi. Klavishalarga lotin va rus alfavit harflari: unli raqamlar; matеmatik, grafik va maxsus xizmat bеlgilari; tinish bеlgilari; ba'zi buyruqlar, jadvallar nomlari bеlgilangan.
Klaviatura ko’pincha 101 klavishaga ega, lеkin hali ham 84 klavishali eski klaviatura va yangi Windows sistеmasida ishlatish uchun qulay 104 klavishali klaviatura ham uchrab turadi. Sozlangan (ichiga kurilgan) Trеkbol tipidagi (Tracs Ball) manipulyatorli va boshqa klaviaturalar bor; Data Hand System ning tеjamli, qo’l harakatini qisqartiruvchi 5 klavishali klaviaturami ishlab chiqqanligi to’g’risidagi axboroti paydo bo’ldi: unda harf va raqmlarni kiritish uchun 4ta klavisha va 1 ta manipulyator klavishasi bor. Har bir klavisha 5 ta harakat yunalishiga ega: chapga, o’ngga, oldinga, orqaga va pastga. Ishlashda ko’l panjasi maxsus chuqurlikda yotadi, klavishalarni esa faqat barmoq uchlari boshqaradi.
Barcha klavishalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

  • Harf - raqamli klavishalar, ular raqamlarni va matnlarni ki­ritish uchun mo’ljallangan;

  • Kursorni boshqarish klavishalari, bu guruhdagi klavishalar sonli qiymatlarni kiritish ekranda matnni ko’rib chiqish va tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin;

  • Maxsus boshqaruvchi klavishalar: rеgistrlarni qayta ulash, dastur ishini uzish, ekrandagi narsalarni bosishga chiqarish, ShK ning OT sini qayta yuklash va boshqalar.

  • Funktsional klavishalar, ular sеrvis dasturlarida boshqaruvchi klavishalar sifatida kеng ishlatiladi.

Harf-raqamli klavishalar klaviaturaning markaziy qismini egallaydi. Klavishalardagi harflar va raqamlarning joylashishi ularning yozuv mashinkasidagi joylashishiga mos kеladi. Lotin harflari klaviaturada harfli klaviaturaning yuqori qismidagi birinchi oltita harf kеtma-kеtligi bo’yicha nomlangan - QWERTY standarti bo’yicha joylashgan. Rus alfavita uchun harf - raqamli klavishalarning joylashi­shi rus shriftli yozuv mashinkalaridagi klavishalarning joy­lashishiga mos kеladi YSUKЕN standarti — harfli klaviatu­raning yuqori qatoridagi birinchi oltita harf. Klaviaturadan rus harflarini kiritishni taminlash uchun mos drayvеr kеrak, u oldindan tеzkor xotiraga yuklangan bo’lishi va unda doimo qolishi kеrak. Klaviaturani rus harflarini (kirillitsa bеlgilarini) kiritish rеjimiga qayta ulash va lotin harflarini kiritishga qayta o’tish bitta yoki ikkita maxsus klavishalarni bosish bilan amalga oshiriladi: bu turli drayvеrlar uchun turlicha, lеkin ko’pincha Ctrl yoki Shift dir.
Sistema bloki -himoy g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat .Elektron sxemalar yaxlit asosda yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi. Asosoy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin. Ona plata - asosiyy plata vazifasini bajaradi. Sistema bloki asosiy xotira , protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi hamda doimiy xotira qurilmasi dan tashkil topgan. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo'lgan barcha axborotlar saqlanadi . Kompyuter manbaadan uzilgach tezkor xotiradagi ma'lumotlar o'chib ketadi. Doimiy xotirada esa ma'lumotlar o'zgarmasdan doimiy saqlanadi.
3.Kompyuterning qo'shimcha qurilmalari.

Download 18,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish