23. Zaryad taqsimoti va YaMR haqida ma’lumot bering
24. Chem offece dasturi yordamida birikmalarning YaMR-spektrlarini o‘rganish
25. HyperChem dasturida yarim empirik IQ-spektrlari
IQ-spektrlar hisobi Tebranish turlarini mukammal o‘rganish va animatsion holatda ko‘rish uchun kvant-kimyoviy hisoblashlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hyperchem - tebranishlarni vizual ko‘rsatib bera oladigan, eng qulay programmalar majmuasi hisoblanadi. Lekin, shuni takidlab o‘tish kerakki, eksperimental va nazariy IQ-spektrlar intensivliklari faqat ayrim DFT (Density Functional Theory- funksional zichlik nazariyasi) usullari bilan hisoblangandagina mos tushushi mumkin. Ammo, eksperimental va nazariy IQ-spektrlardagi to‘lqin soni (ν, cm-1) qiymatlari yarim empirik, noempirik (ab initio) va funksional zichlik nazariyasi (DFT) usullari bilan hisoblaganda ham 200 cm-1 - gacha farq qilishi mumkin. Shuning uchun ham IQ-hisoblashlarda ko‘paytiriluvchi koeffitsientlardan (weiting factors) foydalaniladi. Instrumentlar panelidan chizish (Draw) tugmasini bir marta bosib, bir nuqtadan uch tomonga chiziq chizamiz:
Chizish (Draw) tugmasini ikki marta bosib, elementlar jadvali ochiladi va undan kislorod atomi belgilab olinadi. Bu amalni instrumentlar panelidagi kislorod atomini (O) belgilash orqali ham amalga oshirsa bo‘ladi. Undan keyin, kursorni chizilgan chiziqlardan birining uchiga bosiladi. Elementlar jadvalidan uglerod atomi belgilab olinib, qolgan ikkita chiziq uchiga va chiziqlar birlashgan nuqtaga bosiladi.
Shundan keyin, belgilash (Select) tugmasini ikki marta bosiladi, natijada kerakli joyga vodorod atomi qo‘shilgan, propanol-2 strukturasi hosil bo‘ladi:
Chizilgan geometriyani yarim empirik (semi-empirical) hisoblash usuli yordamida optimizatsiya qilish uchun menyular satridagi Setup–ga kiriladi vaRM3 metodi belgilab olinib, hisoblash (Compute) qicmidan Geometry Optimization yozuvi bosiladi.Muqobillash (optimizatsiya) algoritmi sifatida Polak-Ribiere algoritmi belgilanadi. OK tugmasini bosish bilanoq geometriya optimal holatga keltiriladi.
Shundan keyin molekulaning IQ-spektrini hisoblash mumkin. Buning uchun, hisoblash (Compute) qicmidan Vibration, Rotation analisys yozuvi belgilanadi. PM3 yarim empirik hisoblash usuli yordamida olingan tebranishlar spektrini hisoblash (Compute) qicmidagi Vibrational Spectrum yozuvini belgilash orqali qarab chiqishimiz mumkin.
Vibrational Spectrum darchasi yuqori qicmida 4087 – 41 cm-1 sohadagi hisoblangan tebranish to‘lqin sonlari keltirilgan. Quyi qicmida esa, ularning intensivliklari keltirilgan. Yuqori qicmidan bironta tebranish belgilab olinadi va qo‘llash (Apply) tugmasi bosiladi. Natijada, ma’lum bir guruh tebranishi animaiya
qilinadi. Ayni guruh tebranishini kuzatish jarayonida, shu guruhning ko‘proq tebranishini va shuning natijasida molekuladagi boshqa guruhlarning ham qicman tebranishini kuzatish mumkin. Ayrim xolatlarda, bunday mexanik tebranishlar (kinematik faktor) ham yutilish sohasining kuzatilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |