Kompyuter injiniringi fakulteti kompyuter tizimlari kafrdrasi bitiruv malakaviy ishlarini yozish, rasmiylashtirish va himoya qilish bo


BMIGA TAQRIZ BERISH VA UNI HAMOYAGA TAYYORLASH



Download 248,5 Kb.
bet10/16
Sana27.06.2022
Hajmi248,5 Kb.
#709542
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
BMI uslubiy ko`rsatma

8. BMIGA TAQRIZ BERISH VA UNI HAMOYAGA TAYYORLASH


Tugallangan BMI himoyaga qo`yilishdan avval kafedraga taqriz qilinishi uchun taqdim etiladi. Taqrizdan so`ng talaba kamchiliklarni bartaraf etgan holda himoyaga tayyorgarlik ko`radi.
Ilmiy rahbarning taqrizi ilova 6 (6A ilovasiga asosan) va 7 ilova (7A ilovasiga asosan) larda keltirilgan shaklda rasmiylashtiriladi.
Talaba taqrizni diqqat bilan o`qib chiqishi va BMI tarkibi bo`yicha keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etishi kerak.
Taqrizda quyidagilar ko`rsatiladi:

  • ishning umumiy xarakteristikasi va uning ijobiy tomonlari;

  • ishni mustaqil bajarilganlik darajasi;

  • taxlilning yetishmasligi,

  • kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha va BMI ni ximoyaga tayyorlash bo`yicha aniq tavsiyalar berish.

BMI taqrizida oldindan baho ko`rsatilishi mumkin. Asosiy baho himoyadan keyin qo`yiladi. Agar ish ximoyaga qo`yilmagan bo`lsa, taqrizga asosan unda keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etib yana kafedraga taqdim etishi lozim.
BMI ni bajarish paytida talabaning manfaatidan kelib chiqgan xolda uning mavzusini o`zgartirishga yo`l qo`yilmaydi.
BMI ning matni adabiyotlardan ko`chirilgan, savollar aniq va ravshan ochib berilmagan, matnda xatoliklarga yo`l qo`yilgan bo`lsa ish himoyaga qo`yilmaydi.
BMI ni ximoya qilish paytida talaba ishning matnini qay darajada bilishini ko`rsatishi, unda keltirilgan formula xamda grafiklarga izoh keltirishi, taqrizda keltirilgan savollarga javob berishi kerak.
Agar talaba taqrizda keltirilgan kamchiliklarga javob bera olmasa, keltirilgan nazariy xamda amaliy xulosalarga tushuntirishlar bera olmasa BMI ni qayta himoya qilish bir yildan keyin amalga oshiriladi.

9. MA’RUZANI TAYYORLASHDA KO`RSATMALAR


BMI yakunlovchi bosqichida unga ijobiy taqriz berilib ish ximoyaga tavsiya qilingandan so`ng talaba BMI ximoyasi uchun ish bo`yicha o`z ma’ruzasiniga va berilishi mumkin bo`lgan savollarga tayyorgarlik ko`rishi lozim.
Yaxshi tayyorlangan ma’ruza himoyaning ijobiy o`tishining 50 % ni ta’minlaydi. Shuning uchun kafedra tomonidan talabalarga ma’ruzani tayyorlashdagi asosiy talablar yetkazilishi kerak.
Ma’ruzada quyidagilar bo`lishi kerak:

  • Mavzuning nomi;

  • Uning dolzarbligi;

  • Maqsad va vazifalari;

  • Tadqiqot ob’yektining qisqacha tavsifi;

  • Ishning qichqacha mazmuni, ishni bajarish davomida olingan asosiy natijalari;

  • BMI da qo`llanilgan metod va metodologiyalar;

  • Xulosalar.

Ma’ruzaning davomiyligi 10-15 minutdan oshmasligi lozim. Jadvallar, grafiklar, sxemalar, diagrammalar, plakat shaklida taqdim etilishi mumkin.
Ma’ruzaning tarkibiy qismi:

  • BMI mavzusining dolzarbligi, undagi masalalarning anikligi xamda ularning mavzuga alokadorligi;

  • mavzusini ochib berishda xamda undagi masalalarni xal kilishda talabaning mustakil yondashuvi;

  • mavzuni yoritishda foydalanilgan ilmiy adabiyotlar, ilmiy na- shrlar, normativ-xukukiy xujjatlar, statistik ma’lumotlar, taxlilining to`liqligi va chuqurligi;

  • talaba tomonidan yig`ilgan va shakllantirilgan birlamchi xamda ikkilamchi ma’lumotlarning xajmi va yangilik darajasi;

  • talaba tomonidan tuplangan va shakllantirilgan ma’lumotlar asosida olingan natijalarning ishonchliligi;

  • ishning xulosa qismida bo`limlar bo`yicha qisqacha xulosalar keltirish kerak va olib borilgan tahlillar natijalarining amaliy axamiyati ko`rsatilishi kerak.

BMI ximoyasi davomida talabaga berilishi mumkin bo`lgan savollar mavzuga taaluqli bo`lib, olib borilgan tadqiqotlar hamda ularning natijalariga bog`liq bo`ladi. Savollar soni ma’ruzaning mazmuni va sifatiga bog`liq bo`ladi.
Komissiya a’zolariga talabaning bergan javoblari aniq va asosli bo`lishi kerak.

Download 248,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish