Topshiriq: Har bir talaba o’ziga berilgan Tashqi qurilmalar nomi bo’yicha kompyuter bilan o’zaro bog’lashni o’rganish kerak.
Tashqi qurilmalar nomi bo’yicha mavzulari
Printer
Ignali printerlar
Lazerli printerlar
Bo’yoqli printerlar
Sichqoncha
Planshet
UPS
Skaner
Trekbol.
Modem
Multimedia
Usb
HDMI
VGA
Nazorat savollari Kompyuterni tashqi qurilmalariga tarif bering.
Kompyuter tashqi qurilmasi deganda nimani tushunasiz?
Kompyuter tashqi qurilmalarini sanab bering?
2-Laboratoriya ishi Mavzu: Ikki Kompyuterning o’zaro aloqasini tashkil qilish. Ishdan maqsad: : Ikki Kompyuterning o’zaro aloqasini tashkil qilish.
Masalani qo`yilishi:ikki kopyuterni Ethernet texnologiyasi yordamida o’zaro aloqasini tashkil qilish.
Uslubiy ko`rsatmalar: Tarmoq operatsion tizimlari va Ethernet.
Ethernet ko’pchilik keng tarqalgan operatsion tizimlar bilan ishlaydi, ularga:
- Microsoft Windows 95;
- Microsoft Windows NT Workstation;
- Microsoft Windows NT Server;
- Microsoft LAN Manager;
- Microsoft Windows for Workgroups;
- Novell Netware;
- IBM LAN Server;
- Apple share;
Ethernet - keng tarqalgan arxitektura ega bo’lsa-da, boshqa keng foydalaniladigan arxitekturalar ham mavjud. Xususan, ko’pchilik tashkilotlar Token Ring tarmog’ini ishlatadilar, faqatgina IBM firmasi chiqargani uchungina emas, balki ko’pgina Ethernetda bo’lmagan xususiyatlarga ega.
1990- yilda Ethernet muhiti uchun tarmoq kartasi ishlab chiqildi. Bu karta shunday kartalar kombinatsiyasiyasidan iborat ediki, 10 BASE 2 dan foydalanishga mo’ljallangan koaksial kabellarni ham 10 BASE -T dan foydalanishga mo’ljallangn o’rama juftliklarni ham bemalol o’ziga qabul qila olar edi (albatta RJ45 modulini qo’llagan xolda).
Kompyuterlarni mahalliy tarmoq manzillarini sozlash
Mahalliy tarmoqda har kompьyuter o’zining unikal manziliga, IP manziliga ega bo’ladi. Tarmoqdagi hech bir kompьyuterni IP manzili boshqa birikini aynan bir xil bo’lmaydi. Ushbu amaliy ish davomida kompьyuterlarni qanday qilib IP manzillarini sozlashni ko’rib chiqamiz.
Kompьyuterni IP manzilini o’rnatish uchun Пуск Панель управления Сетевые подключения bo’limiga kiramiz. Ochilgan oynada ЛВС или высокоскоростной Интернет bo’limida Подключение по локальной сети yorlig’i mavjud.
Mahalliy tarmoq IP manzilini sozlash uchun Подключение по локальной сети ustida sichqoncha o’ng tugmasi bosilib unda Свойства bo’limi tanlanadi.
Bizga mahalliy tarmoq ulanish xususiyatlari oynasi ochiladi. IP manzilini o’rnatish mavjudlarini sozlash ushbu oyna orqali amalga oshiriladi. U oyna quyidagicha ko’rinishga ega:
Tarmoq xususiyatlari bo’yicha barcha ishlar ushbu oyna orqali amalga oshiriladi. Ochilgan oynaning Компоненты, используемые этим подключением bandidan Протокол Интернета (TCP/IP)ni tanlaymiz Svoystva tugmasini bosamiz.
Ushbu oyna TCP/IP Internet protokolini xusuyatlari oynasi hisoblanadi. Oynada IP manzilini olishni ikki yo’li mavjud: birinchisi, avtomatik tarzda IP manzilni olish. Bunda kompьyuterni tarmoq kabelini mahalliy tarmoqqa ulanadi natijada tarmoq serveri kompьyuterga IP manzilni o’zi taqsimlaydi.
Ikkinchi usulda IP manzil IP manzil maydoniga yoziladi. Odatda ushbu usuldan ko’proq foydalaniladi. Маска подсети agar tarmoqda kompьyuterlar soni 254 tadan oshmasa 255.255.255.0 konfiguratsiyada yoziladi.
Ushbu oynada ko’rinib turgandek kompьyuterimizga 174.166.1.102 IP manzilini yozdik. Bajarilgan amallarni saqlash uchun OK tugmasini bosamiz. SHuning bilan mahalliy tarmoq IP manzilini o’rnatish ishlari yakunlandi. endi mahalliy tarmoqda 174.166.1.102 IP manzil sizni kompьyuteringizniki bo’lda. Istalgan papka yoki diskka ruxsat (dostup) berib boshqa kompьyuterlarga ma’lumotlaringizdan foydalanishga imkoniyat yaratishingiz mumkin