Ishni bajarish tartibi:
Tarmoqlararo ekran parametrlarini o'rnatish va sozlash.
Birinchi navbatda, tarmoqlararo ekranning holatini buyruqlar qatoridan ko'rish kerak. Buning uchun win + R tugmalarini birgalikda bosiladi, so'ngra cmd buyrug'ini kiritiladi va Enter tugmasi bosiladi. Shundan so’ng oyna ochiladi. Unga quyidagi kodni kiriting: "C:\Users\user>netsh advfirewall set allprofiles state off" va Enter tugmasini bosing
CLI kodini o'rnatish
Agar kodning oxiridagi "off" holatini "on" holatiga almashtirilsa, tarmoqlararo ekranni faollashtiriladi
Tarmoqlararo ekranni faollashtirish
Tarmoqlararo ekranni ochish juda oddiy. Buning uchun "Пуск" tugmasi bosiladi, qidiruv satriga "firewall" so’zi kiritiladi hamda tugmacha bosiladi yoki 6.3- va 6.4-rasmda ko’rsatilgan buyruqlar satri orqali kirish mumkin. Shundan so'ng, quyidagi oyna ochiladi
Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
Buyruqlar satri orqali firewallga kirish
Windows Defender tarmoqlararo ekranning asosiy oynasi
Bu yerda siz asosiy sozlamalarni sozlashingiz mumkin va qo'shimcha funksiyalarni sozlash uchun "Дополнительные функции" bo'limiga o'tishingiz kerak
Firewallni faollashtirish oynasi
Firewallni faollashtirishni yana bir usuli ko’rsatilgan bo’lib, bunda firewallni turli holatlar uchun yoqish, o’chirish mumkin.
Tarmoqlararo ekranning asosiy va qo’shimcha sozlamalari
2. Sozlamalarga muvofiq ruxsat berilgan va ta’qiqlangan harakatlarni bajarish.
Tarmoqlararo ekran kiruvchi yoki chiquvchi trafikni filtrlash orqali kompyuter xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi. Buning yordamida internetga kirishni ma'lum dasturlardan tashqari har kimga cheklash yoki u o'rnatilgan kompyuterga faqat tashqi tarmoqdan yoki faqat ichki tarmoqdan, faqat ma'lum bir portda, aniq ip-manzillardan ulanishingizga ruxsat berishingiz va boshqa harakatlarni amalga oshirishingiz mumkin.
Tarmoqlararo ekran bu qoidalar to'plamidir. Qoida - bu ulanishga ruxsat berish yoki rad etish tavsifi. Ular kiruvchi va chiquvchi bo'lishi mumkin, mos ravishda ushbu kompyuterga yoki ushbu kompyuterdan tarmoqqa ulanishni tartibga soladi.
Masalan, saytga tashqi tarmoqdan kirishni xohlasangiz, tarmoqlararo ekran qoidasini sozlashingiz kerak.
Buning uchun Win + R tugmachalarini bosing va buyruq satriga firewall.cpl buyrug’ini kiriting. Keyin chap ustunda "Дополнительные параметры" ni tanlaymiz
Tarmoqlararo ekranning qo'shimcha parametrlari
Ochilgan xavfsizlik oynasida "Правила для входящих подключений" bo'limiga o'ting va keyin "Создать правило" tugmachasini bosing
Kiruvchi ulanishlar uchun qoida yaratish
Misol uchun, 80-port uchun qoida yarataylik shuningdek siz ma'lum bir dastur uchun qoida yaratishingiz yoki standart Windows xizmatlari uchun standart qoidadan foydalanishingiz mumkin. Bundan tashqari, to'liq moslashtirilgan qoidalar yaratishingiz mumkin.
Port uchun qoida yaratish
Trafikni filtrlash uchun protokol turini tanlaymiz, u tcp yoki udp bo'lishi mumkin, port har qanday bo'lishi mumkin yoki barcha portlarni ochib yopishingiz mumkin (6.11-rasm).
Protokol turini tanlash
Keyinchalik, biz qoidani aniq nima qilish kerakligini, ya’ni biz ko'rsatgan portlarda trafikka ruxsat berish yoki rad etish kerakligini aniqlaymiz (6.12-rasm).
Ulanish shartlarga javob berganda bajariladigan harakatni tanlash
Ushbu qoida qaysi tarmoq uchun qo'llanilishi kerakligini ko'rsatamiz. Domen, xususiy yoki jamoat tarmog’i
Qoidani qo'llash uchun profilni tanlash
Oxirgi bosqichda qoida nomini ko'rsating. Keyin ushbu portga ulanishingiz mumkin. Belgilangan chegarani tekshirish uchun siz Google Chrome ga o'tishingiz kerak. Keyin havolaga kiring. Brauzer siz kiritgan manzilni ochmaydi va quyidagi oyna paydo bo'ladi. "Ваш доступ в Интернет заблокирован" degani, Internetdan foydalanish huquqi bloklanganligini anglatadi
Internetga ulanish bloklanishi.
Agar siz yuqorida o'rnatilgan bloklash parametrini bekor qilsangiz va brauzerni yangilasangiz, brauzer ko'rsatilgan manzilga o'tishini ko'rishingiz mumkin
Belgilangan manzilga brauzer orqali kirish.
Dastur uchun cheklash yoki qoida yaratishda siz "Outbound Rules" bo'limiga o'tishingiz kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |