Oson to’lov tizimining 2022 yildagi yangiliklari:
Oson hamyon endi Paynet tizimida!
Endilikda bank kartasi bo’magan shaxslar
Paynet infokiosklarida va agentlik shaxobchalarida hamyonni naqd pul bilan
to’ldirishlari mumkin.
Oson to’lov tizimida yangi funksiyalar va xizmatlar qo’shildi.
Oson ilovasiga
xalqaro hamyonlarni to’ldirish maqsadida ilovaga yangi hamyonlar qo’shildi.
Yana bir ajoyib yangiliklardan biri shuki, qachonki siz pasportingizni ID –
kartaga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, Oson to’lov tizimi orqali bemalol to’lovni
amalga ishirishingiz mumkin. Oson ilovasida “ID – karta “ uchun to’lov xizmati
qo’shilgan.
UPAY — universal elektron to‘lov tizimi.
Agar shioringiz “Tezkor! Ommabop! Oson!” bo‘lsa, u holda UPAY universal
elektron to‘lov xizmati sizning doimo yoningizda bo‘lgan, tengi yo‘q
yordamchingizga aylanadi.
UPAY
dan foydalanganda siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi:
1. www.upay.uz orqali mobil operatorlar, internet-provayderlar, kommunal xizmat
to‘lovlari, internet-do‘konlar saytlarida ham ro‘yxatdan o‘tmagan holda to‘lovni
amalga oshirish imkoniyati bor. Buning uchun plastik kartochkangiz ma’lumotlari
va mobil telefon raqamingizning o‘zi kifoya.
2. Yoningizda kompyuter yo’qmi? Unda mobil telefoningizdan 1400 raqamiga SMS
yuborib, to’lovni amalga oshirishingiz yoki
*850#
raqamiga USSD so’rovini
yuborishingiz mumkin.
3. Hozirgi kunda aksariyat mobil telefon foydalanuvchilari Android yoki iOS
platformalarida ishlovchi telefonlarga ega. Aynan to‘lovlarda tezlik, qulaylik va
zamonaviylikni ma’qullaydiganlar uchun mobil ilova mavjud. PlayMarket va
AppStore orqali UPAY dasturini yuklab oling va pullaringizni zavq bilan sarflang.
4. “Avtoxabarnoma” xizmatini sozlab olishingiz mumkin, tizim sizga u yoki
bu to‘lovlarni to‘lash haqidagi SMS-xabarnomasini yuboradi.
5. Ish ko’p, telefon/Internet/turar-joy, kommunal xo‘jaligi uchun haq to‘lash
yodingizdan ko‘tarildimi? “Avto to’lov” xizmati joriy to‘lovlarni amalga oshirish
imkonini beradi. Ko’rsatilgan muddatda tizim sizni SMS-xabarnoma orqali boxabar
etadi va SMS-tasdig‘ingizdan so‘nggina kerakli to‘lovlarni amalga oshiradi.
6. Foydalanuvchilarda kommunal xizmatlar bo’yicha qarzlarni onlayn tarzda ko‘rish
imkoniyati bor.
7. Amalga oshirilgan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar tasdig‘i sifatida saqlab
olingan kvitansiya va elektron chekni zarur bo‘lgan elektron pochta yoki
messenjerlar orqali yuborish funksiyasi mijozlar uchun yanada qulayliklar taqdim
etadi.
PayPal
- internet orqali turli toʻlov va pul oʻtkazmalarini amalga oshiruvchi
elektron tijorat kompaniyasi. 1998-yilda
Amerikaning
Kalifornia shtatida asos
solingan. Kompaniyaning asosiy faoliyati
Do'stlaringiz bilan baham: |