Targetlar target=”{frame nomi}|_self | _parent | _top | _blank”
{frame nomi} – ko’rsatilgan framega ochish;
_self – framening o’ziga ochish;
_parent – joriy oynaga faqat ssilka berilgan sahifani ochish;
_top – yuqori framega ochish;
_blank – yangi oynaga ochish;
Iframe
HTML 5
Saytlarning asosini html gippertekst tili tashkil etadi. Ko‘p yillar davomida sayt yaratuvchilar(taxminan 10 yil) html 4 dan foydalanrib kelishgan. 2004 yilda esa yirik kompaniyalar(Apple, opera, Mozilla) birlashib yangi gurux hosil qilishdi va bu guruhni WhatWG(Web Hypertext Application Technology Working Group) deb nomlashdi. So‘ng bu guruhgaW3C (World Wide Web Consortium) ham kirib keldi va yangi html 5 ni ishlab chiqarishni boshlashdi. HTML 5 da flash pleyerlar o‘rnini teglar egalladi va sayt strukturasi uchun alohida teglar qo‘shildi.18 yanvar 2011 yilda HTML 5 logotipi yaratildi va 2011 yil 1 aprelda ommaga taqdim etildi. HTML 5 ning ba'zi bir teg va atributlari haqida to‘xtalib o‘tamiz: