MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRING” FAKULTETI
"TABIIY FANLAR" KAFEDRASI
FIZIKA FANIDAN
5 - REFERAT
Katta adron kolayderi va
uning ishlash prinsipi.
Topshirdi: Odiljonova M
Guruxi: 651-17
Qabulqildi: katta o`qtuvchi Movlonov P
FARG’ONA – 2017
Katta adron kolayderi va uning ishlash
prinsipi
.
Reja:
1. Katta adron o’zi nima?
2. Fizika fani oltin davr ichida.
Bundan yuz yilcha muqaddam koinot cheksiz fazo, unda yulduzlar bir tekis
taqsimlangan, degan tasavvur hukmronlik qilardi. O‘tgan asrning 20-yillarida
amerikalik astronom Edvin Xabbl ko‘zga ko‘ringan barcha galaktikalar bizdan turli
yo‘nalishlar bo‘yicha juda katta tezlik bilan uzoqlashayotganini aniqladi. Bu olam
tuzilishi nazariyasini qayta qarab chiqishni taqozo etdi. Shu kashfiyot sabab bo‘lib
butun koinot bundan 15-20 milliard yil oldin ro‘y bergan “katta portlash”ning
natijasidir, degan xulosaga kelindi.
Uzoq yillar bu qat’iy nazariya sifatida qabul qilib kelindi. Keyinroq bunday
nazariyani tasdiqlovchi dalillar ham topila boshlandi. Shulardan birinchisi NASA
(AQSH kosmik tadqiqotlar markazi) sun’iy yo‘ldoshi — “Sove” uzoq kosmosning
turli tomonlaridan kelayotgan fon nurlanishining haroratini aniqladi. Bunday
nurlanish qadimda kuzatilgan “katta portlash”ning qoldiq nurlanishi ekani ma’lum
bo‘lib, uning qiymati nazariy hisob-kitoblar orqali topilgan issiqlik qiymati bilan bir
xil chiqdi. Ushbu dalil “katta portlash” ro‘y berganini tasdiqladi.
Shundan so‘ng, 90-yillarning oxirida olimlar Brukxeven (AQSH)dagi elementar
zarrachalar tezlatgichida elektronlardan ozod qilingan oltin atomini yorug‘lik
tezligining 99,9 qismiga qadar o‘zaro qarama-qarshi yo‘nalishda tezlatib,
to‘qnashtirish orqali sun’iy «katta portlash»ni vujudga keltirmoqchi bo‘lishdi. Bunda
“katta portlash”dan keyingi jarayonning dastlabki daqiqalaridagi holatini kuzatish
maqsad qilingan edi. Bu ikki bosqichda — “Feniks” deb ataluvchi birinchi loyiha
Kolumbiya universitetining professori Nagamiya rahbarligidagi 355 mutaxassisdan
iborat jamoa tomonidan, “Star” nomli ikkinchi loyiha esa Berkli Lourens
laboratoriyasidan Jon Xarris boshchiligidagi 350 nafar fizik tomonidan olib borilishi
ko‘zlangandi. Biroq ko‘pchilik mutaxassislar bunday sinov jiddiy xavf ostida amalga
oshirilishini e’tirof etishdi. Shunga qaramay, olimlar qayta o‘tkazilgan hisob-kitoblar
natijasida reaktsiya jarayonida jiddiy xavf kutilmasligini ta’kidlab, sinovni
o‘tkazishga qaror qildilar. Biroq o‘shanda kollayder quvvatining pastligi tufayli
kutilgan natijani olishning imkoni bo‘lmadi.
Bizning asrimizda ayni shu masalani hal qilish uchun 2002 yilning 11 avgust kuni
Shveysariya va Fransiya chegarasida qurilgan dunyodagi elementar zarrachalarning
eng yirik tezlatgichi — katta adron kollayderi (KAK) ishga tushirildi. Salkam 10
milliard dollarga tushgan va juda katta quvvatga ega bo‘lgan bu kollayder dunyoda
eng yirik yadro fizikasi laboratoriyasi — CERN (Consell Europeen pour la Recher-
che Nucleare)da qurildi. U o‘rtacha 100 metr chuqurlikda, uzunligi 27 kilometr
bo‘lgan xalqa ko‘rinishidagi tezlatgich bo‘lib, unda qarama-qarshi yo‘nalishda 7 tev
(terra elektron volt, ya’ni trillion elektron volt) energiyagacha tezlatilgan proton das-
talari to‘qnashtiriladi. Ana shunday to‘qnashish natijasida ajralgan energiya 14
trillion elektron voltni tashkil etadi. Bunday katta energiyaning ajralishi oqibatida
ro‘y beradigan hodisalar ma’lum darajada “katta portlash” manzarasini tasdiqlay
olishi tadqiqotchilar, fizik va astrofizik olimlar uchun juda muhim edi.
Bunday protonlar kollayderning 27 kilometr uzunlikdagi aylanasi bo‘ylab
joylashtirilgan 3 mingta igna shaklidagi dasta ko‘rinishida harakatlanadi. Har bir
to‘plam 100 milliardga yaqin protonlardan tashkil topib, to‘qnashuv “nuqta”larida
ular bir necha santimetr uzunlikda, diametri esa 16 mikron (eng ingichka soch tolasi
qalinligida) bo‘ladi. Protonlar parchalangach, vujudga kelgan kvarklar turli tomonga
sochilib ketadi. Biroq kvarklar uzoq muddat yakka holda bo‘la olmasligi tufayli o‘ta
qisqa vaqtda birlashib, yangi “og‘irroq” zarra ko‘rinishida katta tezlik bilan atrofga
sochilayotganda, kollayder detektorlari tomonidan ularning parametrlari qayd qilib
boriladi.
Darvoqe, adron kollayderining favqulodda hodisalarsiz ishlashi ta’minlangach,
astronom olimlar olamning paydo bo‘lishiga oid kosmologik moment — “katta port-
lash”dan so‘nggi dastlabki davrga oid eng muhim jarayondan voqif bo‘lishga umid
bog‘lamoqdalar.
Vijdonimiz oldida o‘zimizni oqlamoqlik uchun ko‘pincha maqsadga erishish uchun
kuchimiz yetmadi deb, o‘zimizni ishontirmoqchi bo‘lamiz. Holbuki, amalda biz kuchsiz
emas, irodasizmiz.