Monitorning regeneratsiya chastotasi videoadapter sozlangan chastotasiga mos bo`lishi juda muhimdir. Agar bunday moslik bo`lmasa ekranda tasvir umuman hosil bo`lmaydi, monitor esa ishdan chiqadi. Ba`zi monitorlarda yoyish chastotasi fiksirlangan bo`ladi. Suyuq kristalli displeylar Suyuq kristalli displeylar Boshqa fizik xossalarga asoslangan alternativ akslantirish konstruktsiyalari ham mavjud. Yassi indikatsion panellar ishlab chiqaruvchilardan texnologiyalarini olib, ba`zi kompaniyalar LCD-displey (Liquid-Cystal Display) ham deb ataluvchi suyuq kristalli displeylarni ishlab chiqishdi. Ularga miltillashsiz va kam quvvat talab qiluvchi (bu modellarning ba`zilari 5Vtda ishlasa, elektro-nur trubkali monitorlar 100Vtgacha quvvatda ishlaydi) yassi ekranlar hosdir. Yorug`lik uzatish ko`rsastkichlari bo`yicha aktiv matritsali suyuq kristalli displeylar xozirda ko`pgina elektron-nur trubkali monitorlardan yaxshiroqdir. Shuni aytib o`tish lozimki, odatda suyuq kristalli ekranlarning kengaytirish qobiliyati tipik elektron-nur trubkali monitorlarnikidan kichik bo`lib, ularning narxi ancha qimmatdir. Suyuq kristalli ekranlarning bir necha xil turlari mavjud: passiv matritsali monoxrom, passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va zamonaviy aktiv matritsali rangli (raqamli). Suyuq kristalli ekranlarlarda qutblantiruvchi yorug`lik filtri ikkita aloxida yorug`lik to`lqinini xosil qiladi va ulardan faqat qutblanish tekisligi o`zining o`qi bilan parallel bo`lganini o`tkazadi. Passiv matritsali suyuq kristalli monitorlarda har birining nomerlari qator va ustun nomerlariga mos keluvchi katak yorqinligini kataklardan o`tuvchi zaryadlar (aniqrog`i kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlar soni monitor kengaytirish qobiliyatini aniqlaydi. Masalan, 800*600 kengaytmali monitor gorizontaliga 800 ta tranzistor, vertikaliga 600 ta tranzistor joylashadi. Kataklar kelayotgan impulsga shunday reaktsiya qiladiki o`tayotgan yorug`likning qutblantirish tekisligi buriladi, bunda kuchlanish qanchalik katta bo`lsa burilish burchagi ham shunchalik katta bo`ladi. Barcha kristallarning to`liq qayta orientirlanishi tasvirning maksimal kontrasiga (keskinligiga) mos keladi, y`ani o`z yonidagi katakcha bilan farqi maksimumiga mos keladi. Shunday qilib, qo`shni katakchalardagi qutblanish tekisliklari oriyentatsiyasi qanchalik katta bo`lsa kontrast ham shunchalik katta bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |