Bu displeylar LCD displey (Liquid-Crystal Display) deb ataladi. Ularda dog‘siz yassi ekran va kam ishlatiladigan quvvat (bunday displeylarning ba’zi rusumlari 5 Bt ishlatishadi, elektron – nurli trubkali monitorlar esa, - 100 Bг ishlatishadi) mavjud. Rang uzatish sifati bo‘yicha faol matritsali suyuqkristalli panellar hozirgi kunda elektron nurli trubkali monitorlar rusumlaridan o‘zib ketyapti. Shuni aytib o‘tish kerakki, suyuq kristalli ekranlarning qobiliyati elektron nurli trubkalarga qaraganda sust va ular qimmatroq turadi. Suyuqkristalli displeylarni bir necha turlari mavjud, bular: passiv matritsali rangli, aktiv matritsali rangli (analogli) va aktiv matritsali rangli (raqamli) eng zamonaviy displey. Suyuq kristalli ekranda poryarizatsion yorug‘lik filtri ikkita alohida yorug‘lik to‘lqin tug‘diradi va faqat qutblanish tekisligi uni o‘ziga parallel bo‘lgan to‘lqinni o‘tkazadi. Suyuq kristalli monitorda, birinchi o‘qiga perpendikulyar qilib ikkinchi yorug‘lik filtrni joylashtirsak, yorug‘lik o‘tishini to‘liq bartaraf etishimiz mumkin Rangli suyuq kristalli ekranida tasvirni har bir pikseliga uchta yacheykasi bo‘lgan yana bir qo‘shimcha yorug‘lik filtri bor – qizil, yashil va ko‘k nuqtalarni aks etish uchun bittadan yacheyka yorug‘lik to‘lqini suyuq kristalli yacheyka orqali o‘tadi, lekin har bir rang o‘z yacheykasiga ega. Rangli suyuq kristalli ekranida tasvirni har bir pikseliga uchta yacheykasi bo‘lgan yana bir qo‘shimcha yorug‘lik filtri bor – qizil, yashil va ko‘k nuqtalarni aks etish uchun bittadan yacheyka yorug‘lik to‘lqini suyuq kristalli yacheyka orqali o‘tadi, lekin har bir rang o‘z yacheykasiga ega. Suyuqkristallar sterjen sifatli molekulalarni ifodalaydi, ularni xususiyati suyuqlikka o‘xshaydi. Bu suyuqlik o‘zidan yorug‘likni bemalol o‘tkazadi, uni qutblanish tekisligi optik o‘qiga parallel, ammo, molekulalar elektr zaryadi ta’siri ostida o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bir vaqtda bundan o‘tuvchi yorug‘lik to‘lqinni qutblanish tekisligi yo‘nalishi o‘zgaradi. Biroq monoxrom suyuq kristalli monitorda rang filtri mavjud emas, unda bo‘linishning bir elementiga kul rang gradatsiyasini uzatish uchun bir nechta suyuq kristalli monitorlarda har bir yacheyka yorug‘ligi bilan tranzistor orqali o‘tuvchi elektr zaryadi (aniqrog‘I kuchlanish) boshqaradi. Tranzistorlarning nomerlari ekran matritsasidagi mazkur yacheykaning qator va ustunining raqamiga teng bo‘ladi. Tranzistorlar sonini (ustin va qatorlar bo‘yicha) ekran kattaligi aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |