O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter arxitikturasi fanidan"
Mustaqil ish №2
MAVZU:Turli soxalar uchun mo’ljallangan so’per komyuterlar va kompyuter tizimlari.
Bajardi; C 101-19- KI-guruh talabasi
Hasanov O’tkir
Qabul qildi:Axrorov M
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng, rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Shu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalaring ishlab chiqarishga, iqtisodga, biznesga, va o’qitish jarayonlarga tatbiqi tobora kengaymoqda. Har bir inson o’z faoliyatida kompyuterlardan unumli foydalana bilishi zarur bo’lib qoldi . Men quyida zamonoviy kompyuterlarning sinflari, tarkibi va imkonyatlari haqidagi ma’lumotlarga to’xtalib o’taman.
Dastlabki EHMlarning yaratilishi davrida, mashhur matematik Jon fon Neyman 1945-yildayoq kompyuter qurilmalari ma’lumotlarni qayta ishlash uchun qanday tarzda universal va maqbul bo’lishi kerakligini aytib o’tgan edi. Shu bois kompyuter tuzilishining asoslari fon Neyman printsipi deb yuritiladi. Deyarli barcha zamonaviy kompyuterlar mazkur printsip asosida ishlaydi. Fon Neyman printsipiga ko’ra kompyuter quydagi qismlardan tashkil topgan bo’lishi lozim:
Arifmetik- mantiqiy qurilma –arifmetik va mantiiqiy amallarni bajaradi.
* Boshqarish qurilmasi - dastur bajarilish jarayonini tashkil qiladi va barcha boshqaruv vazifalarini bajaradi.
* Yodda saqlash qurilmasi yoki joriy xotira – ma’lumot yoki dasturlarni o’zida saqlaydi.
* Tashqi qurilmalar ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni taminlaydi. Hisoblash uchun yaratilgan kompyuterlarning imkonyatlari hozirgi kunda behisob desak adashmayman.Shunday imkoniyatlarga Pentium kompyuterlari ham egadir. Bu kompyuter mashhur Inernational Business Mashines Corporation korxonasining mahsulidir.
Shaxsiy kompyuterlarning ommalashishida mikroprotsessorlar ishlab chiqaruvchi intel va MS DOS, Windows-95, Windows-98, Windows-2000, XR, MS Word, MS Excel va boshka amaliy dasturlarni yaratgan, hamda rivojlanayotgan Microsoft firmasining munosib ulushi bor.Turli sohalarda qo’llanilish uchun kompyuterlar albatta zamonaviy va kuchli bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.Shuning uchun men kompyuter sinflarini ham keltirib o’taman, mavzuimning dolzarbligi ham aynan shunda:
Do'stlaringiz bilan baham: |