«kompyuter injiniring» fakulteti «dasturiy injiniring» kafedrasi


Android operatsion tizimida dastur tuzish uchun dastrulash muhitini tayyorlash



Download 3,03 Mb.
bet5/8
Sana26.02.2022
Hajmi3,03 Mb.
#470402
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi

Android operatsion tizimida dastur tuzish uchun dastrulash muhitini tayyorlash

Dasturlashning har bir sohasida dastur yozish uchun dasturlash muhiti kerak. Bu sohada Google Android Studio hamda uning Android Development Tools (ADT)ni ishlatishni tavsiya etadi. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishda Android Studio hamda ADTni o‘rnatish hamda sozlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Hozir ko‘pchilik foydalanuvchilar o‘z kompyuterlarida Windows 7 operatsion tizimidan foydalanadilar.


    1. – rasm. Java SDK oynasi.

Dasturlash Javada olib borilayotgani uchun unga mos bo‘lgan SDK (yoki JDK)ni yuklab, o‘rnatish lozim bo‘ladi. JDKning 8 – rusumi mavjud bo‘lib, u nisbatan mukammal emas. SHuning uchun 7- rusumini o‘rnatish tavsiya etiladi. Java.com saytining Java Platform, Standart edition bo‘limidan JDK Download havolasi bosiladi. So‘ngra operatsion tizim tanlanib yuklanadi. Android SDK. Android SDK o‘zida Android dasturlarini yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha uskunalarni jamlagan. Uskunalarni 4.2 – rasmda ko‘rsatilgan manzillardan olish mumkin.


    1. – rasm. Yuklab olish manzillari.

Android SDKni olgandan keyin uni o‘zgarmaydigan biror o‘zak katalogga joylashtirish kerak, ya’ni sozlangan Android papkasini ko‘chirish tavsiya etilmaydi. Bunda, eng yaxshi va qulay variant bu :\android ko‘rinishidir. Aynan shu papkada yuklab olingan SDK arxivini arxivdan chiqarib joylashtiramiz va :\android\android-sdk-windows kabi manzilni ko‘ramiz.
Android Studio. Qulay va chiroyli ko‘rinishga ega bo‘lgan Android Studiodasturlash muhitini mana bu erdan yuklab olamiz.




    1. – rasm. Android Studioni yuklash.

Google kompaniyasi Android Studio rusumini tavsiya etadi. Shuning uchun mana shu rusumni yuklab olib Android papkasi ichida arxivdan ochish kerak.
ADT plagini. Android Studio dasturi ochilgandan so‘ng unda tezkor ravishda Android dasturlarini yaratish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Buning uchun Android Studioning maxsus ADT (Android Development Tools) plaginini olishga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun Android Studioni ochib, birinchi yuklangan paytda Android Studio ishchi katalogni qaerda joylashtirilishini so‘raydi. Ushbu katalogni ham Android papkasi ichiga joylashtiriladi, ya’ni \workspace.


    1. – rasm. Android Studioning ishchi papkasini ko‘rsatish.

Demak, Android Studio yuklandi. Endi ADT plaginni yuklash kerak. Menyudan quyidagini ishga tushirish kerak: Help > Install New Software


    1. – rasm. Android Studioda ADTni o‘rnatish.

OK ni bosib, Developer Tools oynasi chiqishini kutish kerak. So‘ngra Deceloper Toolsga belgi qo‘yib Nextni bosish kerak.


    1. – rasm. Android Studioda ADTni o‘rnatish.

O‘rnatiladigan komponentlar ro‘yxatini tekshirib, Nextni bosish kerak. Litsenziya shartini o‘qib, Finish tugmasi tanlanadi. Natijada komponentlarning yuklanishi boshlanadi. Agar biror bir ogohlantiruvchi oyna chiqsa, OK tugmasi tanlanadi. Bu jarayon taxminan 1-2 minut vaqtni egallaydi. So‘ngra Android Studio qaytib yuklanadi. Qayta yuklangandan so‘ng muloqat oynasi ochiladi. Birinchi punktda ba’zi bir sabablarga ko‘ra SDK yuklanmagan bo‘lsa Android Studio avtomatik ravishda o‘zi yuklab olishi mumkin. Ikkinchi punktda esa SDK ning manzili ko‘rsatiladi, bu manzil \android-sdk-windows. Nextni va Finishni bosiladi.


    1. – rasm. Android Studioda ADTni o‘rnatish

Android Platformasi. SDK Managerni ochilganda komponentlar ro‘yxatini chiqadi.
Ushbu ro‘yxatda Androidning har xil rusumlari uchun qo‘llaniladigan komponentlari ro‘yxati berilgan. Ulardan o‘rnatilganlari to‘g‘risida, Status ustunida Installed deb yozilgan bo‘ladi, qolganlarida esa Not installed degan yozuvni ko‘rish mumkin. Ro‘yxatdan muhim komponentlarni yuklab olish uchun ularni belgilash kerak. Ular quyidagilar:
– Tools papkasi;
– extras papkasidagi Android Support Library komponenti;
– 4.* rusumlari uchun SDK Platform hamda emulyator ishlashi uchun ARM eABI v7a System Image komponenti;
– qolgan versiyalar uchun asosan SDK Platformaning o‘zi. Har bir komponent va platformalar yuklab olish uchun katta hajmga ega. SHuning uchun boshlang‘ich o‘rganish ishlarida faqat 2.3.3 (API10) rusum uchun kerak bo‘lgan komponentlarni olish etarli. Agar internetda trafik chegaralanmagan bo‘lsa, u holda barcha punktlarni yuklab olish tavsiya etiladi. Keyingi ochiladigan oynada Install X packages tugmasi bosiladi, so‘ngra Accept All ni bosib Install tugmasi orqali yuklab olinadi.


    1. – rasm. SDK Manager komponentlarini yuklash.

Sozlash jarayoni tugadi va Androidda birinchi loyixani yaratish mumkin. Androidda dastur yaratishdan oldin uni muhitga tekshirish va testdan o‘tkazish lozim. Buning uchun Android Virtual Device (AVD) – Android smartfoni emulyatori yordam beradi.
Birinchi navbatda AVDni sozlab olish kerak. Buning uchun Android Studioda Windows menyusidan Android AVD Manager tanlanadi. Ochilgan oynaning Target ro‘yxatida yuklab olingan Androidning turli rusumlari joylashgan. Undan 2.3.3 platformasi tanlanadi. Creat AVD tugmasini bosib, AVD Manager oynasi yopiladi. Endi yangi loyixa yaratishga o‘tamiz. Buning uchun Android Studioning File menyusidan New-Project bosiladi va ochilgan oynadan Android Application Project tanlanadi. Next tugmasi bosilgandan so‘ng Proektning fayllari parametrlarini kiritish boshlanadi.


    1. – rasm. Yangi loyixa yaratish.

– Application Name – yaratiladigan dasturning nomi;
– Project Name – yaratiladigan loyixaning nomi;
– Package name – shu loyixada ishlatiladigan sinflar uchun prefiks vazifasini bajaradi. Build SDK da qanday Android rusumi uchun loyixa yaratilayotgani keltiriladi. Next oynasi bosilganda Activity oynasi ochiladi. Mana shu erda izoh keltirib o‘tish lozim. Android operatsion tizimida dasturlashda Activity, Layout va View tushunchalari mavjud. Activity – bu shakl, ya’ni barcha ob’ektlar joylashadigan oyna tushuniladi. Layout – bu ob’ektlarni tartib bilan joylashtiruvchi guruh. View esa aynan mana shu ob’ektlar (Button, edit va h.k.). Next va Finish tugmalari bosiladi va Android Studio oynasiga o‘tiladi.
Android Studio oynasi bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lib, o‘rtadagi oynada yaratilayotgan loyihaning ko‘rinishi hamda kodlari joylashgan. Bizga kerakli fayllar esa oynaning chap qismida joylashgan. Ular daraxtsimon ko‘rinishga ega:
- src papkada yaratilgan va yozilgan barcha kodlar joylashadi;
– gen papkasida ishlab chiqarilgan fayllar joylashgan bo‘lib, bu fayllar dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak. SHuning uchun bu papkaga tegilmaydi;
– Android 2.3.3 papkasida ushbu rusumning kutubxonalari joylashgan;
– assets va res papkalarida esa boshqa turli tipdagi fayllar joylashgan;
– AndroidManifest.xml – dasturning config fayli hisoblanadi.


    1. – rasm. Android Studio oynasi.

Android dasturini ishga tushirish, kompilyasiya qildirish uchun Package explorer oynasidan “Proekt” nomi tanlanadi va Ctrl+F11 tugmasi bosiladi va ochilgan muloqat oynasidan Android Application tanlanadi. Android operatsion tizimi ekranida dastur elementlari quyidagi sxemada keltirilgandek joylashadi:


    1. – rasm. Dastur elementlari.

Android Studio muloqat oynasining o‘rtadagi qismi, ya’ni asosiy qismi bilan tanishamiz.


    1. – rasm. Android Studio muloqat oynasi.

Ko‘rinib turgandek, yuqorida main.xml yozuvi bor. Bu loyixaning Activity oynasi, undagi Viewlar uchun javob beruvchi xml fayli hisoblanadi. Ushbu faylni ikki xil ko‘rinishda ko‘rish mumkin:
- grafik ko‘rinishda – bunda Activitydagi barcha Viewlar, shakllar, yozuvlar, grafik ob’ektlar dasturda ko‘ringanidek joylashadi. Bu konstruktor vazifasini ham bajaradi;
- XML ko‘rinishda – bunda yuqorida sanab o‘tilgan barcha view elementlari, nomi, IDsi, hajmi, joylashuvi, rangi va boshqa xususiyatlari XML baza ko‘rinishida namoyish etiladi.
Ushbu ikki xil ko‘rinishga pastki Graphical Layout va main.xml tablari orqali o‘tish mumkin. Ekranning chap tomonida esa Viewlar palitrasi joylashgan bo‘lib, ixtiyoriy element kursor bosilgan holatda Activityga joylanishi mumkin. Palitraning elementlarini qanday ko‘rinishda namoyish qilinishi esa 4.12 – rasmda ko‘rsatilgan.


    1. – rasm. Android Studioda palitraning elementlarini ko‘rinishini namoyish qilish muloqat oynasi.

Muloqat oynasining o‘ng tomonida Outline oynasi mavjud bo‘lib, bu oynada joriy activity uchun Viewlardan qay biri olib qo‘yilganligini ko‘rish mumkin.




  1. Download 3,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish