Android mobil operatsion tizimi haqida
Hozirgi kunda Ozbekiston Respublikasi iqtisodiyoti jadal suratlar bilan rivojlanayotgan vaqtda chet el korxonalari bilan hamkorlik qilish, yirik kompaniyalar mahsulotlarining kirib kelishi, xalqning texnik vositalarning oxirgi avlodi bilan ta’minlanishi ko‘rinarli darajada sezilmoqda. Xususan, kompьyuterlar, noutbuklar, mobil telefonlar, turli xildagi dasturiy taminotlar shular jumlasidandir.
Hozirgi kunda jahon bozorida mobil telefonlar Android operatsion tizimi xizmatlaridan foydalanish 75 foizni tashkil qilmoqda.
Android operatsion tizimi Linux ozagida yaratilgan portativ operatsion tizim bolib, kommunikatorlar, planshetli kompyuterlar, elektron darsliklar, raqamli pleerlar, qol soatlari, netbuklar va smartbuklarda foydalaniladi. Google tomonidan sotib olingan Android Inc. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Google operatsion tizimning rivojlanishi bilan shugullanadigan Open Handset Alliance (OHA) ittifoqini tuzdi. Android operatsion tizimi Native Development Kit Sida va boshqa tillarda yoziladigan dasturlarni yaratadi. Android operatsion tizimi yordamida Java dasturlarni tuzish mumkin.
2007 yilning noyabr oyida Google Open Handset Alliance (OHA) tuzilganligini elon qilib, birinchi ochiq mobil Android operatsion tizimini namoyish qildi.
2008 yil sentyabrda operatsion tizimning birinchi rusumini namoyish etdi. Birinchi rusum chiqqanidan song tizim bir necha marta takomillashtirildi. Bu yangilashlar tizimda aniqlangan xatolarni tuzatib, yangi funksiyalar qoshdi.
2009 yilda platformaning tortta updatelari (yangilashlari) chiqdi. Shunday qilib, fevralda turli xatolarni tuzatadigan 1.1 rusumi ishlab chiqarildi. Aprel va sentyabrda mos ravishda 1.5 Cupcake va 1.6 Donut updatelari chiqdi. Cupcake rusumi bir qancha ozgartirishlar kiritdi: virtual klaviatura, video yozish va tomosha qilish, brauzer kabi. Donutda birinchi marta CDMA 11 tizimlaridan foydalanish kiritildi. 2009 yilning oktayabrida bir nechta Google akkauntlarini, HTML5 tilidagi brauzerni qollaydigan va bir nechta yangiliklar kiritilgan Android 2.0 Eclair operatsion tizimi foydalanishga berildi. Eclair (2.1) rusumida tirik rasmlar paydo boldi va ekranni bloklashning korinishi ozgardi . 2010 yilning ortasida Google Android 2.2 Froyo rusumi ishlab chiqarildi.
2010 yilning oxirida esa Android 2.3 Gingerbread namoyish etildi. Bu updatelar ananaviy blokka tushirishning raqamli yoki harf-raqamli korinishga ozgartirdi, Kesish, nusxa kochirish, qayta qoyish funksiyalarini soddalashtirdi.
2011 yilning boshida Android 3.0 Honeycomb rusumi namoyish etildi. Uning asosiy yangiligi planshetga moslashtirilgani edi.
2011 yilning oxirida Android 4.0 Ice Cream Sandwich rusumi birinchi universal tizimni (ham planshetlarga, ham smartfonlarga moslashtirilgan) ishlab chiqdi.
2012 yilda tizimning yangi rusumi Jelly Bean chiqdi. U iyunda 4.1 raqami ostida namoyish etilib, oktyabr oxirida yangi update chiqqach 4.2ga ozgardi. Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan birinchi moslama 2008 yilning sentyabrida HTC kompaniyasining HTC Dream smartfoni boldi. Tezda boshqa smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan moslamalar ishlab chiqarish sorovlari paydo boldi. Androidning planshetlarga moslashtirilgan 3-rusumi (Honeycomb) planshet ishlab chiqaruvchilarga ham juda maqul keldi. Google kompaniyasi ham boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlikda ozining Google Nexus moslamalarini Android operatsion tizimi ostida ishlab chiqara boshladi. Aynan shu moslamalar birinchi bolib yangi rusumlarda chiqadi.
Smartfonlar va planshetlardan tashqari Android operatsion tizimi boshqa moslamalarga ham ornatiladi. Masalan, 2009 yilda sotuvga Android operatsion tizimida ishlovchi fotoramka sotuvga chiqdi. 2011 yilda Blue Sky kompaniyasi Android operatsion tizimi ostidagi aqlli imWatch soatlarini chiqardi. 2012 yil avgustda Nikon dunyodagi birinchi Androidda ishlovchi fotokamerani namoyish 12 etdi. Google Nexus seriyasida smartfon va planshetlardan tashqari Android ostidagi Nexus Q mediapleeri mavjud.
2012 yil oktyabrda Google boshqaruvchi direktori Larri Peyj Android ostidagi moslamalar soni 500 milliondan ortgani va har kuni 1,3 millionga kopayyotgani haqida xabar berdi.
2008 yil oktyabrda Google Android operatsion tizimi dasturlarining onlayn dokoni Android Market ochilishi haqida elon qildi. Kelishuvga binoan yaratuvchilar foydaning 70 foizini, operatorlar esa qolgan 30 foizini olishadi. 2009 yil fevralda AQSH va Buyuk Britaniya yaratuvchilarida Android Marketdagi oz dasturlari uchun haq olish imkoniyati paydo boldi. Sony ericsson kompaniyasi dasturlarning onlayn dokoni Android Marketda shaxsiy kanalini ishga tushirdi. U kanalda kompaniya tomonidan tavsiya etilgan dasturlar va oyinlar berilgan. 2011yil dekabrda Android Market tuzilganidan beri 10 mlrd. dastur kochirib olindi.
2012 yil martda Google kompaniyasi Kitoblar, Android Market, Musiqa va boshqa servislarni yagona Google Play servisiga birlashtirdi. Google Play internet dokoni 190 ta davlatda foydalaniladi, 700 mingdan ortiq dasturga ega, ochilganidan beri 25 mlrd.ta dastur kochirib olingan.
Android platformasi uchun maxsus Droid va Roboto shriftlari turkumi ishlab chiqildi. 1.5, OS Androiddan boshlab har bir rusum nomi biror-bir shirinlikni ifoda etadi. Versiyalar tartibi boyicha nomlar birinchi harflari lotin alfaviti harflariga mos: 1.5 Cupcake («keks»), 1.6 Donut («ponchik»), 2.0G2.1 eclair («ekler» yoki «glazur»), 2.2 Froyo («muzlatilgan yogurt» sozi qisqartmasi), 2.3 Gingerbread («imbir pryanigi»), 3.0 Honeycomb («asalari uyasi»), 4.0 Ice Cream Sandwich («muzqaymoq briketi»), 4.1 Jelly Bean («saqichli muz parchasi»), 5.0 Key Lime Pie («laymli pirog»), Lollipop («muz parchasi»), Molasses («melassa») va Nougat («nuga») [5]. Birinchi ikkitasi mashhur robotlar nomlari bolgan: 1.0 Astro («Astro Boy») va 1.1 Bender («Futurama»), ammo ularni mualliflik huquqlari sababli shirinliklar nomiga almashtirdilar.
2011 yil fevral oyi malumotlari boyicha Android operatsion tizimi iPhone 4 c iOS ni ortda qoldirib, Buyuk Britaniyada eng ommaviy smartfonlar royxatida etakchilik qildi. Ekspertlarning taxminlari boyicha, bu Android operatsion tizimining mobil operatsion tizimlari bozoridagi global etakchilikka birinchi qadamidir. IDC oxirgi malumotlariga qaraganda, hozirda «aqlli» devayslarni sotishda Androidning ulushi taxminan 75 foizni tashkil etadi, eng yaqin raqobatchisi iOS 2-orinda, taxminan 14 foiz bilan ancha ortda qolgan. 2008 yildan Android bozordagi oz ulushini muntazam oshirib keldi va iOSdan ozib ketdi hamda Symbianni siqib chiqardi.
Android operatsion tizimi yaqin yillarda IT sohasida kirib kelgan bolib, juda kop smartphonelarni boshqaruvchi operatsion tizim hisoblanadi. Android operatsion tizimining interfeysi juda qulay yaratilgan bolib, ish stoli va menyu orqali dasturlar piktogrammalari royxatini korishimiz mumkin. Eng yuqorida Soat, Zaryad, Operator antennasi signali, GPS, 3G-4G va boshqa koplab foydalanuvchiga eslatib turuvchi indikatorlar paneli joylashgan. Ushbu panelni yuqoridan pastga qarab barmoq bilan harakatlantirganda Panel vizual ravishda toliq ekranga tushadi va barcha eslatmalar toliq korsatiladi [9].
Nufuzli Gartner tadqiqot kompaniyasining hisob-kitoblariga kora, 2016 yilga kelib Android dunyodagi eng mashhur, eng kop tarqalgan operatsion tizimga aylanadi. Tahlilchilarning fikricha, kelasi tort yil ichida odamlar orasida mobil qurilmalardan foydalanish judayam katta tezlikda oshib boradi. Bugungi kunda butun dunyo boylab Android bazasida ishlovchi qurilmalarning soni 608 millionga teng bolsa, 2016 yilga kelib bu korsatkich 2,3 milliardga etadi. Aksincha, Microsoft korporatsiyasining Windows operatsion tizimi bazasida ishlovchi gadjetlar soni hozirgi kunda 1,5 milliarddan iborat bolsa, oradan tort yil otib bu raqam 2,28 milliardga etadi. Ana oshanda Android bu borada Windowsdan ozib ketadi. Ekspertlarning takidlashicha, 2016 yilga kelib foydalanuvchilar shaxsiy kompyuterlarga qaraganda koproq smartfon, planshet kabi mobil qurilmalardan foydalanadigan boladi.
Hozirda smartfonlar va planshetlar bozorida iOS va Android operatsion tizimi asosidagi qurilmalar etakchilik qilyapti. YAna Windows Phone bor, hozirgi vaziyatda turli usullarda bozordan oz bolsada orin egallashga harakat qilayotgan, Apple va Microsoftdan farqli ravishda, toliq ekotizimga ega bolgan, Googleda, hozircha, faqat smartfon va planshetlar uchun operatsion tizim mavjud xolos. CHrome OS bunga kirmaydi, chunki u faqat veb dasturlar uchun va veb applar hali-veri nativ appllarning ornini bosolmaydi.
Apple turli qurilmalarni ozi ishlab chiqarsa ham unda foydalanuvchi uchun lozim bolgan barcha qurilmalar uchun taklif bor: desktop kompyuteri sifatida Mac-mini, iMac, Mac-pro; noutbuklar Macbook, Macbook-air, Macbook-pro; iPhone, ipod-touch, ipad va hokazo. Microsoft ham Windowsning songgi versiyalaridan song planshet uchun ham operatsion tizimga ega. Ushbu kompaniya qurilmalaridan dunyoning deyarli barcha davlatlarida foydalanish mumkin (ular CHrome Book kabi internet talab qilmaydi).
Googleda esa hozirda faqat smartfon/planshetlar uchungina tolaqonli operatsion tizim mavjud. Noutbuk yoki desktop kompyuterlaridan foydalanuvchilar uchun Google biror qurilma taklif qilmaydi. Foydalanuvchilar yo yuqoridagi ikki kompaniya mahsulotlaridan foydalanishlari yoki Ubuntu kabi Linuks operatsion tizimidan foydalanishga majbur. Albatta, ikki xil tizimlarda hech qachon tolaqonli integratsiya bolmaydi. Qanaqadir tizimdagi asosiy funksiyalar uchun sinxronizatsiya (kontaktlar, musiqa) qilish mumkin, lekin boshqa turdagi kontentlarda muammo tugiladi.
Hozirgi kunda Apple qurilmalari Ayklaud orqali ancha chuqur integratsiya qilingan. Masalan, Contacts, Messages, Notes, Reminders, Calendar, Mail, Photos, Podcasts kabi applar avtomatik sinxronizatsiya boladi. Boshqa imkoniyatlari ham mavjuddir. Apple bemalol yangi-yangi applarni ham iOSga, ham MacOSga qosha oladi, ularning birgalikda ishlashini taminlash ham muammo emas. Bundan tashqari, bu kabi imkoniyatlar foydalanuvchini ushlab qolish uchun katta sabab boladi. Applening asosiy yutuqlaridan biri ham shu: kompaniyaning bitta qurilmasini sotib olgan foydalanuvchi uning boshqa qurilmalarini ham sotib olishni boshlaydi.
Microsoft va Apple kabi Google ham desktop operatsion tizimini ishlab chiqarishi va Android bilan toliq integratsiya qilishi lozim. Google bemalol Linuks asosida yaxshi operatsion tizim yaratishi, unga applarni ozining dokonidan sotib/yuklab oladigan qilishi, yangi operatsion tizimga Androiddagi asosiy applarni chiqarishi va ularning sinxronlashtirishni taminlashi unchalik muammo emas.
Mavjud Android foydalanuvchilarining kopchilik qismi esa yangi operatsion tizim qoyilgan noutbuklarni sotib olishi ehtimoli juda katta. Google esa yana bitta tizimga ega boladi; internet u darajada tez bolmagan davlatlarda ham unga ishqibozlar kop boladi. Agar Google yangi tizimda ishlaydigan noutbuklarni ishlab chiqaruvchilarga tekinga bersa va narxi ham Android smartfonlari kabi arzon bolsa, tizimning ommaviylashishi ham tezlashadi. Yana Google TV bilan integratsiya ham juda yaxshi imkoniyat beradi.
Hozirda Ozbekistonda Android tizimida ishlovchi gadjetlarning aksariyati Samsung, HTC kabi kompaniyalarda ishlab chiqarilgan. Respuplikada ham Artel savdo belgisi ostida ushbu operatsion tizimda ishlovchi mobil telefonlar ishlab chiqarilishi yolga qoyildi.
2013 yil birinchi choragida «Samsung electronics» ning operatsion tizimdan foydasi 7,7 mlrd. dollarga etdi. Kompaniya foydasining osishiga ortacha narx toifasidagi smartfonlarning xaridorgir bolishi asos boldi, deb xabar qiladi «Reuters».
Bu «Samsung» daromad korish borasida rekord ornatib kelayotgan ketma-ketiga beshinchi chorak, ushbu muddat ichida kompaniya 46 mlrd. Dollar tushumga erishgan. Tahlilchilar tahmin qilishlaricha, ikkinchi chorakda ham koreyslar rekord qoyishlari ehtimoli katta - Galaxy S4 savdosi oldingi rekordlardan ham ozib ketishi kutilmoqda.
Galaxy S va Galaxy Note «Samsung» tushumlarining keskin osishiga kata hissa qoshib, uni oliy darajadagi smartfonlar bozorida «Apple»dan keyin ikkinchi orinni egallashiga xizmat qildi. Lekin, «elita»dan tashqari, Koreya kompaniyasi rivojlanayotgan mamlakatlardagi xaridlar imkoniyati oz mijozlarini ham unutgani yoq. Kompaniya ularga ortacha narx toifasidagi modellar - Samsung Rex I Galaxy Pop kabilarni taklif qildi.
Mutaxassislar «Samsung» muvaffaqiyatlarini kompaniyaning aynan arzon smartfonlar bozoridagi faolligi bilan boglaydilar.
Yakunlangan chorakda «Samsung electronics» ning ottizdan ziyod modellariga talab juda katta boldi. Ushbu modellar deyarli barcha narx toifalarida bolib, bunday kuchli talab kompaniyaning yakuniy muvaffaqiyatini va yangi rekordini taminladi. SHu bilan birga, 2012 yilning oxirida bolgan yangi yil savdolarida «Samsung» ozining asosiy raqobatchisi bolgan «Apple»ningbozorini «sindirib» ulgurgan edi.
Beshta turli tahlil qilingan sharhlarga tayanib, «Reuters» takidladiki, «Samsung» 2013 yil birinchi choragida 68-70 million dona smartfon sotgan, 2012 yilning shu davrida esa 63 millionta smartfon sotilgan edi.
«Reuters» tahlilchilari taxminiga kora, 2014 yilning dastlabki uch oyida Apple iPhone savdosi 30 foizga qisqarib, tahminan 30 million dona qurilma sotilgan. 2012 yilning oktyabr-dekabr oylarida «Apple»chilar 47,8 millionta iPhone sotishgandi.
Android operatsion tizimida nafaqat planshetlar yoki telefonlar, balki boshqa turdagi texnikalar ham ishlashi mumkin. Bularga misol qilib, zamonaviy ofislarda ornatilgan TimeMan qurilmasini keltirish mumkin. Xodimlarning kirishi va chiqishi barmoq izlarini skanerga qoyish orqali yoki maxsus ID kartani infraqizil nurli datchikka qoyish orqali qayd qilib boriladi. Datchikdan olingan malumotni malumotlar ombori bilan solishtirish, ekranga shaxs haqida malumotni chiqarish kabi operatsiyalar esa aynan Android operatsion tizimida bajariladi. Banklardagi bankomat tizimlari, zamonaviy uylarni qoriqlash xizmatlari ham shunga misol boladi.
Umuman olganda, Android operatsion tizimi internet uchun hamda korish (rasm, web-sahifa, video) uchun juda qulay bolgan tizimdir. Bu esa oz navbatida hozirgi foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi tizimning aynan ozidir.
Fragmentlashuv muammosi, yani bitta operatsion tizimning turli qurilmalar uchun turlicha shaklda ishlab chiqarilishi masalasi Androidning eng katta muammosi bolib kelgan. CHunki, Androidga asoslangan qurilma yaratmoqchi bolgan har bir ishlab chiqaruvchini oz mahsuloti uchun original, noyob korinish va funksiyalarni birlashtirishni istaydi. Natijada yaxlitlik yoqolib, talqinlar soni haddan ziyod kopayib ketdi.
Google esa, Stiven elop qayd etganidek, keyingi yillarda bu holatni ozgartirishga harakat qildi. Android SDK ni qollashning yangi talablarida Android ornatilgan qurilmalar ishlab chiqaruvchilari bu operatsion tizim asosida boshqa, hosila tizimlar yaratishdan tiyilishlari korsatib otilgan.
Stiven elop sozlariga kora, Nokia Windows Phone asosida yarata olgan innovatsion echimlaridan tola qoniqtiradi. Kompaniyaning oxirgi mahsuloti Microsoft yaratgan WP 8 OTga asoslangan Nokia Lumia 920 ning muvaffaqiyati bu qoniqishning asosli ekanligini korsatadi.
2014 yilning ikkinchi choragida sotilgan Google internet-korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Android mobil operatsion tizimi asosida ishlovchi intelektual telefonlar soni 2010 yilning xuddi shu davriga nisbatan 379 foizga osdi. Canalys tadqiqot agentligi tomonidan berilgan hisobotga kora, 2011 yilning ikkinchi choragida jahon bozoriga 51,9 million dona Android-smartfon sotuvga chiqarilgan. Jahon smartfonlar bozori esa hisobot davrida 73 foizga osib, joriy yilning boshida butun dunyo boylab 107,7 million dona smartfon sotilgan. Xususan, bunda Android-smartfonlar 48 foizni tashkil qildi va u bu sohada yakka etakchiga aylandi.
Nokia bilan hamkorlikda Windows Phone 7 bazasida ishlovchi qurilmalar rusumini ishlab chiqarish arafasida turgan Microsoft esa joriy yilning ikkinchi yarmida bozorning atigi bir foiz ulushiga egalik qildi. Ushbu vaqt mobaynida Windows Phone 7 bazasida ishlovchi 1,5 million dona smartfon sotilgan.
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi otgan uch oy mobaynida jahon bozoriga 17 million dona smartfon etkazib berdi. Bu korsatkich otgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 421 foizga kopdir. SHunday qilib, koreya kompaniyasi telefonlar savdosida faqatgina Apple korporatsiyasidan orqada qolmoqda xolos. New York Times nashrining Bits blogida qiziqarli xabar paydo boldi. Uni xabar emas, balki muallifning bir taxmini desak togri boladi: chunki postda Amazon kompaniyasining Android operatsion tizimi boyicha tajribasi bor dasturchilarni ishga taklif qilayotgani va bu narsa Kindle bukriderining Androidga asoslangan yangi rusumi ustida ish olib borilayotganidan darak berishi haqida soz boradi.
Otgan yillar davomida Amazon kompaniyasi ozining juda ixcham, shu bilan birga arzon bolgan Kindle elektron bukriderini sotuvga chiqarib, ancha muvaffaqiyat qozondi. Ammo, iPad 2 atrofidagi shov-shuvlar, bir necha onlab Androidga asoslangan yangi planshet modellarining asta-sekin bozorlarni egallab borishi Amazon Kindle ning kelajagi qanday bolishi haqida turli gap-sozlarga sabab boldi. Shuni ham etiborga olish kerakki, Android platformasida yuz minglab ilovalar taklif qilingan bir sharoitda umuman yangi operatsion tizim ishlab chiqish uchun Amazon kompaniyasidan juda kop vaqt talab qilinadi.
Bazi bir foydalanuvchilar Androidning kop tarmoqli imkoniyatlari va yashirin funksiyalari borligini taxmin qiladilar. Odatda Android operatsion tizimining imkoniyatlari yoshlarga va orta yoshli foydalanuvchilarga moljallangan. Android operatsion tizimining bir nechta yashirin funksiyalari mavjud. Ular quyidagilar:
- kontaktlar royxatiga murojaat qilish. Androidda telefon qongirogining qulaylik darajasi OC Symbianga nisbatan kamroq. Lekin bu masala ancha tez xal bolishi mumkin. Kop telefon qilinadigan obektni ish stoliga chiqarib qoyish mumkin. Kontakt tugmasini bosganda kerakli abonentga qongiroq yoki xat yozish mumkin boladi;
- ovoz bilan raqam terish yoki topish. Ish stolining birida Androidning Google tugmasi ornatilgan. Klaviaturada esa mikrafon korinishidagi tugma bor. Mikrafon foydalanuvchi ovozini yozish uchun xizmat qiladi va ekranda tanlangan tilda aks etadi;
- tezkorlik bilan Android funksiyalariga kirish uchun ekranning menyusidan foydalaniladi;
- Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan qurilma foydalanuvchisining ozi ish stolining sonini boshqara oladi. Bir nechta ish stoli yaratish uchun ish stolini bosh joyini menyu chiqmaguncha uzluksiz bosib turiladi;
- ishga tushirilgan ilovalarni korish uchun home tugmasini muddatli bosib turiladi;
- ish stoli. Agar foydalanuvchi bir necha ish stoli ornatgan bolsa va smartfonni ishga tushirgan paytda aynan birini bolishini istasa, ish stoli Home tugmachasini bosishda paydo boladi;
- Google xizmatlari istemolchidan yangi kontakt yoki kalendarga yangi yozuv tizim axborotlarini saqlashni soraydi. Telefonda yoki Googleda akkaunt ochishni soraydi. Android operatsion tizimining boshqa operatsion tizimlardan ustunligi quyida keltirilgan:
- Android operatsion tizimi iOS ga nisbatan ochiq platforma hisoblanadi, bu holat unda koproq funksiyalarni amalga oshirishga imkon beradi;
- iOS va Windows Phone 7 dan farqli ravishda, Androidda fayllarni qabul qilish va uzatishga imkon beruvchi Bluetooth oqimini tola amalga oshirish mavjud. FTP-serverini, tarmoqqa ulanish nuqtasi rejimi (PAN xizmati) va Bluetooth orqali guruhli birinchi darajali tarmoqni amalga oshirish mavjud;
- Android operatsion tizimi ostida ishlaydigan mobil qurilmalarda USB va xotira kartalarini olmasdan turib boshqa uzatish usullari tezlik cheklanishlaridan qatiy nazar kompyuter fayllarini juda tez telefonga otkazishga imkon beruvchi, MicroSD-kardrider mavjud;
- iOS va Windows Phone 7 sinxronlashtirish dasturi orqali amalga oshirishdan tashqari, biror-bir fayllarni telefonga/telefondan togridan-togri uzatish mumkin emas, Android operatsion tizimidagi telefonlar esa xotira kartasi fayllar tizimini USB mass storage device («fleshka») kabi uzatish imkoniga ega;
- avvaldan dasturni tekshirilmagan manbalardan (misol uchun, xotira kartasidan) ornatish taqiqlanishiga qaramay, ushbu cheklash apparat sozlashlarida dasturlarni telefonlar va planshetlarga ornatishga imkon beradi, hamda barcha hohlovchilarga Android uchun ilovalarni bepul yozish va oz apparatida test sinovlaridan otkazish imkonini beradi. SHu bilan birga, iOS va Windows Phone 7 da hatto oz dasturlarini tarqatish istagi bolmaganda ham loyihachining qayd etish royxatini sotib olishi kerak bolardi;
- Androiddan ARM, MIPS, x86 kabi turli apparatli platformalarda foydalanish mumkin;
- ilovalarda boshqa muqobil Google play dokonlari mavjud, misol uchun Amazondan Appstore for Android, Opera Store, YAndex.Store. Android operatsion tizimidan foydalanish korsatmalari mavjud, ular quyidagilar:
1.Adobe Flashdan talabga muvofiq foydalanish kerak, bu internetdan foydalanishning muammolari oz-ozidan hal qilinadi. Brauzerni ochib, menyu tugmasidan "Enable plug-ins" buyrugi tanlanadi va undan "On demand" qatori tanlanadi (2.1 rasm).
2. WiFi dagi uyqu rejimini ochirish samarali hisoblansada, lekin kun davomida WiFi ga ulanib va undan tez-tez foydalanish batareyani tejaydi. Menyu ga kirib, royxatdagi simsiz ulanishlar va torlarni (Wireless & networks) tanlab, songra "Never" ni tanlash kerak. 3G va 4G ulanish batareyaning energiyasini tejaydi (2.2-rasm).
2.1 rasm. Plaginni 2.2-rasm. WiFi dagi 2.3-rasm. Home
ochirish va yoqish. uyqu rejimini ochirish. Screen ni ornatish.
3. Home Screen ni ornatish. Buni amalga oshirish uchun bir necha usullar bor. Bekgraund yoki tabiiy aboyni tanlashdan tashqari yana kopgina kerakli malumotlar olish imkoniyati bor. Kopchilik vidjet larda ob-havodan boshlab oyinlargacha mavjud. Mobil telefonga yuklangan ilovalarni korish uchun bosh
Home Screen tugmasi bosiladi (2.3-rasm).
2.4-rasm. SD kartaga 2.5-rasm. Sideloading 2.6-rasm. Olingan
malumotni otkazish. ga ruxsat berish. malumotlarni ochirish.
4. SD kartaga malumotni otkazish. Androidning 2.2 (Froyo) versiyasidan boshlab barcha malumotlarni SD kartada saqlash mumkin. Bu yol bilan telefon resurslarini boshatadi (2.4-rasm).
5. Sideloading ga ruxsat berish. Bu soz hohlagan biror manbani Android bozoridan ornatish deganidir (2.5-rasm).
6. Olingan malumotlarni ochirish. 1 500 000 dan ziyod Android bozori bor.Ularni imkoniyati juda katta. Home Screen menyu royxatidan kerakligi tanlanadi (2.6-rasm).
7. Ringtonlar uchun togri joy topish tanlovi. Android telefonlarda sevimli musiqalarni ornatish imkoniyati mavjud. Keragini MP3 ga yoki oddiy formatda olib uni kompyuterda saqlash mumkin (2.7-rasm) .
2.7-rasm. Ringtonlar uchun togri joy topish tanlovi.
8. Displeydagi yorqinlik darajasini ozgartish. Bu ham vidjet yaratish imkonini beradi (2.8-rasm).
9. Turli xildagi tovushlar darajasini ornatish. Tovushni boshqarishdan tashqari menyu ham telefonning imkoniyatini kengaytiradi. Bu erda yana yashirin fayllar ham bor.
2.8-rasm. Displeydagi yorqinlik 2.9-rasm. Telefonni kalit soz bilan
darajasini ozgartish. himoya qilish.
Telefonni kalit soz bilan himoya qilish. Android operatsion tizimining 2.2 rusumidan boshlab, telefonni blokirovka qilish imkonini beradi Masalan, grafik blokirovkani ochish pinkod harfli-sonli kalit sozlarni qilis imkoniyatiga ega (2.9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |