Kompyuter injinering fakulteti 961-19 gurux 3-kurs talabasi Bekchanov Boburning Kampyuterni tashkil qilish fanidanYozgan Mustaqil Ishi
Mavzu:Kampyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslar
Mundareja: 1.Kirish. 2.Kampyuterlarni tashkil etilishi. 3.Raqamli texnikaning mantiqiy asoslari 4.Raqamli funksiyaning berilish usullari. 5.Mantiqiy amallar. 6.Xulosa. 7.Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Hozirgi kunda axborot rеsurslari, axborotlashtirilgan jamiyatning asosi hisoblanadi. Jamiyat axborotlashtirish yo‘nalishida ilgari odimlashi bilan, uning axborot rеsurslari ham rivojlanib, takomillashib boradi. Axborot rеsurslari jamiyatning milliy boyligi bo‘lib jamiyatning rivojlanish salohiyati va mavqеini bеlgilab bеradi. Axborot rеsurslari qanchalik aniq va to‘la ravishda ro‘yxatga olinsa, ulardan foydalanish shunchalik samarali bo‘ladi.
Dunyodagi boshqa mamlakatlar singari O‘zbеkistonda ham axborot rеsurslarini shakllantirish va rivojlantirishga katta e’tibor bеrilmoqda. Jumladan, o‘tgan vaqt mobaynida O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risda”gi 256-sonli, 2006 yil 2 fеvraldagi “Davlat axborot rеsurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 27-sonli hamda 2007 yil 16 fеvraldagi “Davlat axborot rеsurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxatiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 34-sonli qarorlari qabul qilindi.
O‘zbеkiston Rеspublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risidagi” qonunida axborot rеsursi tushunchasiga quyidagicha ta’rif bеrilgan. Axborot rеsursi — axborot tizimi tarkibidagi elеktron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi. Davlat axborot rеsurslari (DAR) davlat organlarining axborot rеsurslaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat byudjеti mablag‘lari hisobidan yaratilgan axborot rеsurslaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari hamda maxfiy axborotni o‘z ichiga olgan axborot rеsurslaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslarning bеlgilagan tartibda taqdim etiladigan hujjatlashtirilgan axborotidan shakllanadi DAR pasporti davlat axborot rеsurslari rеyеstriga kiritish maqsadida to‘ldirilib, unda tashkilot, DAR va uning boshqa axborot tizimlari bilan o‘zaro ishlash imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bеriladi.
Abak - eng birinchi, ilk hisoblash qurilmasi bo‘lib, dastlab u tarnovlari bor sopol plastinka shaklida bo‘lgan. Tarnovlar ichiga raqamlarni namoyon qiluvchi toshlar taxlangan. Uning paydo bo‘lish davri eramizdan avvalgi to‘rtinchi ming yillikka to‘g‘ri keladi. Paydo bo‘lish hududi Osiyo hisoblanadi. Asrimiz o‘rtasida Yevropada abak kataklarga bo‘lingan jadvallar bilan almashtiriladi. Ular yordamida hisoblash chiziqlardagi hisoblar deb atalgan, Rossiyada esa XVI-XVII asrlarda hozir ham ishlatiladigan ilg‘or kashfiyot - qo‘l hisoblagichlari ham paydo bo‘ldi.
Shu bilan bir vaqtda hisoblashni avtomatik tarzda bajarishga ega bo‘lgan boshqa asbob, soat ham ixtiro etildi. Ishlash tamoyilidan qat’iy nazar, soatlarning hamma turlari (qum, suv, mexanik, elektr, elektron) vaqtning teng bo‘laklaridan so‘ng ko‘chishni yoki signallarni ishlab chiqarish (generatsiya qilish) va bunda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni qayd qilish, ya’ni signallar va ko‘chishlarni avtomatik tarzda qo‘shib borish qobiliyatiga ega. Bu tamoyil hatto faqat qayd etuvchi uskunasiga ega bo‘lgan quyosh soatlarida ham (bunda generator nomini Yer-Quyosh tizimi bajaradi) kuzatiladi.
Mexanik soat - vaqtning berilgan teng intervallaridan so‘ng ko‘chishni avtomatik tarzda bajaruvchi uskuna va bu ko‘chishlarni qayd qiluvchi uskunadan iborat asbobdir. Eng dastlabki namunalari XIV asrga mansub va ular monastirlarga tegishli bo‘lgan (minora soatlari).
Har qanday zamonaviy kompyuterning asosida, xuddi elektron soatlarda bo‘lganidek, vaqtning teng intervallaridan so‘ng kompyuter tizimidagi hamma uskunalarni harakatga keltirish uchun ishlatiluvchi elektr signallarini ishlab chiqaruvchi taktli generator yotadi.
Qo‘shish amalini bajaruvchi jahondagi birinchi uskuna mexanik soat asosida yaratilgan edi. 1623 yili uni T’yubingen dorilfununi (Germaniya) sharq tillari kafedrasining professori Vilgelm Shikard yaratdi. Bizning davrimizda uskunaning ishchi modeli chizmalar bo‘yicha qayta tiklandi va o‘zining ishlay olish qobiliyatini ko‘rsatdi. Ixtirochining o‘zi esa o‘z maktublarida mashinani "qo‘shiluvchi sonlar" deb atagan. 1642 yili fransuz mexanigi Blez Paskal (1623-1662) sonlarni qo‘shuvchi ixchamroq uskunani ishlab chiqdi. U asosan Parijlik sudxo‘rlar va sarroflar (pul almashuvchilar) uchun seriyali ravishda ishlab chiqarilgan jahondagi birinchi mexanik kalkulyator bo‘lib qoldi.
1673 yili nemis faylasufi V.Leybnits (1646-1717) qo‘shish va ayirish amallarini ko‘p marta takrorlash yo‘li bilan ko‘paytirish va bo‘lish amallarini ham bajaruvchi mexanik kalkulyatorni yaratdi
Ma’rifat davri sifatida ma’lum bo‘lgan XVIII asr mobaynida yangi, ancha takomillashgan modellar paydo bo‘ldi, ammo hisoblash amallarini mexanik boshqarish tamoyillari o‘sha-o‘shaligicha qoldi. Hisoblash amallarini dasturlashtirish g‘oyasi yana o‘sha soatsozlik sanoatidan keldi. Monastirlarning qadimiy minora soatlari qo‘ng‘iroqlar tizimi bilan bog‘langan mexanizmni berilgan vaqtda ishga tushiradigan qilib sozlaganlar. Bunday dasturlashtirish o‘ta qat’iy edi. Bitta amalning o‘zi har kuni bir vaqtda bajarilar edi. Mexanik uskunalarni perforatsiya qilingan qog‘oz tasma yordamida moslanuvchan dasturlash g‘oyasi 1804 yili "Jakkard" to‘quvchilik dastgohida amalga tadbiq qilingan edi, shundan so‘ng hisoblash amallarini dasturiy boshqarishgacha bir qadam qoldi.
Bu qadam ingliz matematigi va ixtirochisi Charlz Bebbidj (1792-1871) tomonidan uning tahlil mashinasida qo‘yiladi. Afsuski, bu mashina kashfiyotchi tomonidan uning hayoti davrida oxirigacha qurib bo‘linmadi. Ammo u bizning davrimizda olimning chizmalari bo‘yicha qayta tiklandi va shuning uchun biz tahlil mashinasi haqida real mavjud bo‘lgan uskuna haqida so‘zlagandek gapirishimiz mumkin. Tahlil mashinasining o‘ziga xosligi shunda ediki, unda birinchi bo‘lib axborotni buyruqlar va ma’lumotlarga bo‘lish tamoyili amalga oshirilgan edi. Tahlil mashinasi ikkita yirik qism "ombor" va "tegirmon"dan iborat bo‘lib, ma’lumotlar "ombor"ning mexanik xotirasiga shesterenkalar bloki o‘rnatish yo‘li bilan kiritiladi, keyin esa perforatsiyalangan kartalardan (xuddi Jakkard to‘qimachilik dastgohida bo‘lganidek) kiritilgan buyruqlar yordamida "tegirmon"da qayta ishlanadi.
Charlz Bebbidj ijodining tadqiqotchilari tahlil mashinasining loyihasini yaratishida mashhur shoir Lord Bayronning qizi, grafinya Ogusta Ada Lavleys (1812-1852)ning alohida rolini, albatta, ta’kidlab o‘tadilar. Hisoblash amallarida perforatsiyalangan kartalarni ishlatish g‘oyasi (1843) aynan unga tegishlidir. Xususan, o‘z maktublaridan birida u "tahlil mashinasi algebrik kashta-bezaklarni to‘qimachilik dastgohi gullar va yaproqlarni qayta tikilgandek to‘qiydi" deb yozgan edi. Ledi Adani to‘liq asos bilan jahondagi birinchi dasturchi deb atash mumkin. Bugun dasturlashning mashhur va ma’lum tillaridan biri uning nomi bilan atalgan.
Agarda zamonaviy kompyuterlarning o‘tmishdoshi qanday ob’ektlar bilan ishlagani ustida fikr yuritib ko‘rilsa, raqamlar yo reykali va halqali mexanizmlarning chiziqli harakati ko‘rinishida, yoki tishli hamda richakli mexanizmlarning burchakli harakati ko‘rinishida taqdim etilganligini tan olish kerak bo‘ladi. U holatda ham, bunisida ham bular harakat bo‘lib, bu uskunalarning o‘lchamlari va ish tezligida aks etmasligi mumkin emas edi. Faqat harakat (ko‘chish)ni qayd etishdan signallarni qayd etishga o‘tishgina o‘lchamlarni sezilarli darajada kamaytirish va harakatlar tezligini oshirish imkonini berdi. Biroq bunga erishish yo‘lida yana bir nechta muhim tamoyillar va tushunchalarni kiritishga to‘g‘ri keldi.