Simvolli ma’lumotlar. Matnlarni ishlashda, ma’lumotlar bazalarini boshqarishda va boshqa shularga o‘xshash xollarda simvolli ma’lumotlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Simvolli ma’lumotlarga misol qilib ASCII (American Standard Code for Information Interchange) va UNICODE kodlarini keltirish mumkin. Ularning uzunliklari mos xolda 7 (8) va 16 razryadli bo‘lishi mumkin (1.1- jadval).
Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida – ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
1.1-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali.
Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari.
Pentium 4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik ishorali va ishorasiz butun sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi nuqtali sonlarni ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 – razryadli kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar bilan ishlay oladi (1.2-jadval). Unda ko‘p sonli arifmetik buyruqlarni, bul amallarini va taqqoslash amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-razryadli ASCII simvollari bilan ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan qatorlarni ko‘chirib yozish va qidirib topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud.
1.2-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari.
Buyruqlarning formatlari va xillari. Buyruq – amal kodi, ushbu amalda qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi [3,10,18]. 1.16-rasmda buyruqlar to‘plami sathiga oid buyruqlar formatlarining bir nechta xillari keltirilgan.
1.16-rasm. Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili.
a) adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq;
ikki adresli buyruq; g) uch adresli buyruq.
Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |