Kefedrada o‘tkazilgan ilmiy seminarlarda qatnashish
Men 2022 yil 9-aprel kuni ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim.
“Dasturiy injiniring” kafedrasida 2021-2022 o‘quv yilida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini jadallashtirish maqsadida har haftaning shanba kunida kafedra qoshida ilmiy doktorantlar maktabi doirasida seminar tashkil etildi. Belgilangan rejaga asosan kafedra assistenti tomonidan dissertatsiya ishining bajarilish holati, dastlabki tahlil natijalari va ilmiy yangiliklari borasida ilmiy seminar o‘tkazildi. Ilmiy seminarda kafedra professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchi doktorantlar ishtirok etdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va PhD doktorantlari tomonidan tadqiqotchiga ilmiy tadqiqot ishidan dastlabki ilmiy tahlil natijalar borasida savollar berildi. Shuningdek, ilmiy tadqiqot ishining jozibadorligini oshirish maqsadida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy maslahatlar berildi.
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etishni o‘rganish
Men 2022 yil 12-13-14-aprel kunlari ilmiy amaliyot o‘tash uchun Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali Komp’yuter injiniring fakulteti “Dasturiy injiniring” kafedrasiga bordim.
Kafedra o‘qituvchilarining dars mashg‘ulotlariga kirish jarayonida va ushbu o‘qituvchilardan qo‘shimcha ma’lumotlar so‘ragan holda yangi pedagogik texnologiyalarni, ular haqida to‘liq ma’lumotni va ularning qanday qo‘llanilishini o‘rganib oldim. Hozirda keng qo‘llanilayotgan pedagogik texnologiyalar bu: keys-texnologiyalari, muammoli ta’lim
Keys-texnologiyalari. Keys texnologiyalari matn, audioko‘rinishli va multimedia o‘quv –uslubiy materiallar to‘plami (keyslar)dan foydalanish va o‘quvchilarga mustaqil o‘rganishlari uchun o‘qituvchi-tyutor tomonidan doimiy maslahatlarni berishga asoslangan.
Muammoli ta’lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o‘quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, yehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta’lim va o‘qitishning ilgari ma’lum bo‘lgan usullarini qo‘llash qoidalarining yangi tizimidir. Muammoli ta’lim ko‘proq o‘quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va ye’tiqodining shakllanishini ta’minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta’lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta’lim bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |