1 – maruza
Kompyuter grafikasi tarixi
Kompyuter grafikasi – kompyuter yordamida yaratilgan, asosan, maxsus grafik apparat va dasturiy taminotlar vositasida yaratilgan tasviriy ifoda, ya’ni suratlar va filmlardir. Bu kompyuter ilmiy olamidagi ulkan va eng so’nggi sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi iborasi 1960- yilda birinchi bo’lib Boeing kompaniyasi kompyuter grafikasi tadqiqotchilari Verne Hudson va William Fetter tomonidan kashf etilgan. Iboraning qishqartma shakli CG (Computer Graphics) bo’lsada, ba’zan uni CGI («Computer Generated Imaginary», ya’ni kompyuterda hosil bo’lgan tasavvur) deb talqin qilinadi.
Kompyuter grafukasining o’z ichiga oladigan asosiy yo’nalishlari: interface design (interfeys dizayn), sprite graphics (sprayt grafiks), vector graphics (vector grafika), 3D modeling (3D modellash), shaders (sheyders), GPU design (GPU dizayn), computer vision (kompyuter vision) va boshqalar hisoblanadi. Uning asosiy metodikasi asosan, geometriya, optika va fizika fanlariga mutloq bog’liqdir. Kompyuter grafikasining vazifasi san’at va tasviriy ifodani foydalanuvchiga samarali va mazmunli aks ettirish va harakatllanuvchi dunyodan olingan obyektga ishlov berishdan iborat. Kompyuter grafikasi yordamida kompyuterni tushunib, u bilan o’zaro hamkorlikda hayoliy tasvirimizni yaratish oson kechadi. Kompyuter grafikasi rivojlanishi ko’pgina axborot vositalariga sezilarli darajada ulkan ta’sir ko’rsatdi va animatsiya, film, reklama, video o’yinlar umumiy olganda, grafik dizayn olamidagi inqilobga sabab bo’ldi.
Umumiy ma’lumot.
Kompyuter grafikasi atamasi juda keng ma’noni – “kompyuterdagi yozuv va tovushdan tashqari deyarli barcha narsalarni” ifodalay oladi. Odatda, kompyuter grafikasi atamasi bir qancha ma’nolarni ifodalaydi:
tasviriy ifodaning kompyuter tomonidan namoyish etish va harakatlantirish (boshqarish);
suratni yaratish va harakatlantirishda qo’llaniladigan turli xil texnologiyalar;
kompyuter ilmi sohasiga kiruvchi (uni ichidagi, mansub) soha bo’lib, qaysiki raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarishning usullarini o’rganadi.
Kompyuter grafikasi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Kompyuter tasviri hozirda televideniyeda, gazetalarda, masalan, ob- havo yangiliklari yoki tibbiy tekshiruv va jarrohlik muolajalarining barcha turlaridako’ng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Yaxshi ishlangan grafika murakkab statistikalarni tushunish va talqin qilishga qulay bo’lgan tarzda ifodalay oladi. Axborot vositalarida bunday grafikalar gazetalar, yangiliklar, hisobotlar va boshqa ko’rgazmali materiallarda foydalaniladi. Hayoliy narsani ko’rsatib berish uchun ko’plab muchli manbaalar rivojlantirildi. Kompyuter tasavvurni hosil qilishni bir necha turlarga ajratadi: 2 o’lchamli (2D), 3 o’lchamli (3D) va jonlangan grafika (animated graphics). Texnologiya rivojlanib borishi bilan 3D kompyuter grafikasi ham keng ommalasha boshladi, biroq 2D kompyuter grafikasi haligacha keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarish(harakatlantirish) usullarini o’rganadigan kompyuter ilmi sohasi kompyuter grafikasimi yuzada keltirdi. O’tgan o’n yil obaynida axborot vizualizatsiya va 3 o’lchamli hodisalar (arxetukura, metrologiya, meditsina, biologiya va hokazo) asosi hisoblangan maxsus vizualizatsiyalar kabi ixtisoslashgan sohalar keng miqyosda rivojlandi.
Кompyuter grafikasi. 2 va 3 o’lchovli grafika
Кompyuter grafikasi va animasiyasi tushunchasi.
Кompyuter grafikasi o’zoq yillar davomida vujudga kelib, 1960 yillarda ham to’laqonli grafik tizimlar mavjud bo’lgan. Hozirgi kunda kompyuter grafikasi (КG) va kompyuter animasiyasi (КA) atamalaridan foydalaniladi. Кopyuter grafikasi tushunchasi statik tasvirlar bilan ishlashning barcha ko’rinishlari o’z ichiga olsa kompyuter animasiyasi dinamik o’zgaruvchi tasvirlar bilan ishlaydi.
Кompyuter grafikasi – EHM boshqaruvida grafik ob’ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o’zgartirish va tahrirlashdir.Кompyuter animasiyasi – ekranda tasvirlarni “jonlantirish”, kompyuterda dinamik tasvirlar sintezidir.Кompyuter grafikasi – informatikaning mahsus qismi bo’lib, dasturiy-apparat hisoblash komplekslari yordamida tasvirlarni yaratish va qayta ishlash usullari va vositalarini o’rganadi.
Virtual fazoda xajmli ob’ektlarni yaratish usullarini o’rganuvchi soha uch o’lchovli (3D) grafika deb nomlanadi. Odatda unda tasvir yaratishning vektorli va rastrli usullaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |